Aylanma kapital juda ko‘p funksiyalarni bajaradi. Ularning orasidan quyidagilami alohida ajratib ko'rsatish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
• rag'batlantirish;
• taqsimlash;
• ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’minlash;
• ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash va boshqalar.
Aylanma mablag'larni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
• o'zlik va ularga tenglashtirilgan mablag'lar;
• qarziy va jalb qilingan mablag'lar.
O'z navbatida, aylanma mablag'lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirishning o'z manbalari tarkibigaquyidagilar kiradi:
• ustav kapitali;
• foyda;
• emission daromad.
Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarakterlovchi umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar aylanma mablag'lar aylanishining soni va aylanma mablag'lar bir marta aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:
Zaxiralarning aylanuvchanligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Debitorlik qarzlarini to'lashning kunlardagi o'rtacha davomiyligi sotib oluvchilarning schyotlar bo'yicha to'lash tezligini aks ettiradi va u quyidagicha aniqlanadi:
XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyati samaradorligini ta’minlashda va moliyaviy tahlilda sof aylanma kapitalni monitoring qilish muhim rol o'ynaydi. Umumiy ko'rinishda sof aylanma kapital aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o'rtasidagi farqdan iborat. Qisqa muddatli passivlarning tarkibiy tuzilmasida kelgusi davr daromadlari ham kiritilib, ular XYuSning o'zlik pul mablag'lari bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sof aylanma kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin:
Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti xarakterlab beradi va u quyidagicha aniqlanadi:
Aylanma mablag'lami boshqarishda ularni likvidlik darajasi bo'yicha strukturizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadlar uchun likvidlilikning quyidagi ikki ko'rsatkichidan faol foydalaniladi: