Asosiy atamalar izohi


Axborot tashuvchi vositalar



Yüklə 98,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.12.2023
ölçüsü98,11 Kb.
#171850
1   2   3   4
asosiy atamalar

Axborot tashuvchi vositalar
– inson tomonidan axborotlar saqlanadigan
vositalar, masalan, kitoblar, gazetalar, magnitli tasmalar, kompyuterlarning
maxsus vositalari.
Axborotlarni qayta ishlash
– bir axborot obyekti ustida zarur amallar
bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilish.
Axborotlarni qayta ishlash vositalari
– inson tomonidan ishlab chiqa
rilgan turli qurilmalar bo‘lib, ular ichida axborotni qayta ishlashning eng
asosiy va samaradori kompyuterdir.
Axborot turlari
– analog (uzluksiz) va diskret (uzlukli).
Belgi
– bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan
obyektga aniq mazmun berish kelishuvi.
Oshkor kelishuv
– belgining ko‘rinishi uning mazmunini fahmlash im
konini beruvchi kelishuv bo‘lib, bu holda belgilar piktogrammalar (tasviriy
yozuvlar) deb ataladi.
Oshkormas kelishuv
– belgi shakli va mazmuni orasidagi bog‘lanish
kelishuv asosida belgilanishi. U holda bu belgilar ramz (simvol)lar deb
ataladi.
Kodlash
– axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun aniq
bir qoidalar asosida boshqa ko‘rinishga o‘tkazish.
Dekodlash
– kodlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish.
Kod
– axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga mos qo‘yiladigan
bitta belgi yoki belgilar ketmaketligi.
Notekis kodlash
– belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lgan
kodlash.
Tekis kodlash
– belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lgan
kodlash.


Shifrlash
– axborotni mahfiy saqlash uchun kodlash.
Deshifrlash
– shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish.
Raqamlar
– sonlar alifbosiga kiritilgan (bir xonali) belgilar.

Yüklə 98,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin