Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
Mashg‟ulotning mazmuni: Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar –
sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks fitopreparatlarni
(fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar
natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning
yaxshi tomonlari, boy tarixi. Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i,
amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.