Moychechak-Romashka aptechnaya. O‟simlik gulidan tayyorlangan preparatlar (damlama
va uni saqlovchi romazulon va rotokan kompleks preparatlari) yallig`lanishga qarshi, spazmolitik
va mikroblarga qarshi ta'sir ko`rsatadi. Ular stomatit, laringit, angina va boshqa kasalliklarda
og`iz va tomoqni chayish uchun, me'da-ichak kasalliklarida (gastrit, enterit) qo`llanadi.
Na'matak-SHipovnik. Mevasi va undan tayyorlangan preparatlar (damlama, sharbat)
immunobiologik tizimni jonlantiradi, yallig`lanishga qarshi, to`qima regeneratsiyasi (yara
bitishini) kuchaytirish xossasiga ega. Na'matakdan olingan askorbin kislota va boshqa vitaminlar
avitaminoz xastaligida buyuriladi.
Otquloq- SHavel konskiy. O‟simlik ildizidan tayyorlanadigan qaynatma va poroshok kichik dozada burisht
iruvchi, katta dozalarda esa ich suruvchi ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun bu preparatlar ich
ketishida, dizenteriyada buyuriladi. Stomatit, laringit va anginada tomoq chayiladi.
Oqqaldirmoq-Mat-machexa. O‟simlik bargidan tayyorlangan damlama yallig`lanishga
qarshi va balg`am ko`chiradigan ta'siri bo`lgani uchun yuqori nafas yo`llari yallig`lanishida
yo`talni yumshatish maqsadida keng miqyosda ishlatiladi.