Yogoch va yogoch tayanchli kopriklardan tashqari bolgan barcha turdagi va konstruksiyadagi kopriklar
2033
1,0
Yogoch va yogoch tayanchli metall kopriklar
2034
5,0
Betondan, toshdan, choyandan bolgan (trubalar) quvurlar va temir beton novlar (lotoklar)
2036
1,0
Umum foydalanish avtomobil yo’llarining yer polotnosi
2057
1,0
Umum foydalanish yo’llarining qoplamalari:
-sementobeton
-asfaltobeton
-qoraheben va qora shagal
-beton yoki tosh asosga qoyilgan mozaikali yoki bruschatkali yo’laklar (mostovoe)
2058
2059
2060
2061
2,5
3,3
5,0
2,0
Avtomobil yo’llarining qayta tiklash yo’l tashkilotlari ishlab chiqarish faoliyatining muhim predmeti hisoblanadi. Yo’llarni qayta tiklash boyicha bajarilgan ishlarga bolgan xarajat, ularni qabul qilib olingandan song ikki yonalish boyicha hisobdan chiqariladi.
Тa’mirlangan yo’llar yeyilishining kamayishiga: №02-1 «Yo’llar va yo’l inshootlarining yeyilishi» subschetining debitiga va №85-1 «Yo’llar va yo’l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga.
Yo’llar va yo’l inshootlarining inventar qiymatlarining ortishiga:
№01-1 «Yo’llar va yo’l inshootlari» subschetining debitiga va №85-1 «Yo’llar va yo’l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga.
Bu schetlarning ja’mlari ham davriy ravishda «Balansning avtomobil yo’llari tasarrufi» moddasida tegishli tarzda aks ettiriladi.
Mablaglarning kop qismi yo’llarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga ta’mirlash uchun sarflanishi va shunga mos ravishda ta’mirlash qiymatlarining ortib borishi shunday holatni yuzaga keltiradiki, natijada ba’zi yo’llarni ta’mirlashga mablaglar yetishmovchiligi tufayli ta’mirlashlar orasidagi davrlarning chozilib ketishiga va tabiiy yemirilish oqibatida yo’llarning transport tasarruf sifatlarining pasayib ketishiga olib keladi. Eng umumlashgan korinishda bu holat kop yo’l tashkilotlarida «Yo’llar va yo’l inshootlarining yeyilishi» moddasida aks etadigan summasining yildan yilga ortib borishida oz aksini topadi.
Yo’llarning eskirishi natijasida transport tasarruf korsatkichlarining yomonlashuvi vaqti kelib shunday darajaga yetadiki, bunda yo’llar xarajatlanuvchi tarkib ishining loyiha boyicha kozda tutilgan korsatkichlarini va bu degan soz, yo’llar qurilishiga sarflangan kapital mablaglarning loyihada aniqlangan samaradorligini ta’minlay olmay qoladilar.
Тa’mirlash loyihalarida, bu ishlarni bajarish uchun tuzilgan smetalarda, avtomobil yo’llarini ta’mirlash xarajatlari me’yorlarida umumiy xarajatlar summasida oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlari ajratib korsatilmaydi. Shunga qaramay birinchi turdagi xarajatlarni me’yorlash mumkin, chunki uning miqdori va davriyligi yo’l qoplamasining turi, tarkibi, yo’ldagi harakat rejimiga muvofiq ravishda aniqlansa, ikkinchi turdagi xarajatlar miqdori avtomobil yo’llari doimiy elementlarining zamonaviy harakat talablariga javob bera olmasligi (harakatlanish qismining kengligi, qiyaliklar, korinish masofalarining ta’minlanishi, sun’iy inshootlarning yuk kotarish qobiliyatlari va gabarit olchamlari) kabi korsatkichlarga bogliq boladi. Bunday nomutanosibliklarni yoqotish uchun bajarilishi kerak boladigan ishlar hajmi, ularni amalga oshirilish muddatlari har bir yo’l uchun mutlaqo individual bolib, tabiiy yeyilish oqibatlarini yoqotish boyicha bajariladigan ishlar hajmi va muddatlaridan kora koproq boshqa omillarga bogliq boladi.
Amaldagi harakat intensivligi yo’lga berilgan texnik kategoriyaning yuqori chegarasidan ortib ketgan hollarda, yo’lni yuqoriroq texnik kategoriyaga otkazish uchun uni qayta qurish masalasini qoyishga rasmiy ravishda asos paydo boladi, ya’ni uni rekonstruksiya qilishga. Uning konkret bajarilishi muddati esa sarflanishi kerak bolgan kapital mablaglarning samaradorligi hisob kitoblari bilan asoslanishi kerak.
Yo’l xojaliklarining, byudjet moliyalashtirishidan tashqari, ya’ni xojalik hisobida bolgan asosiy fondlarni qayta tiklash amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarni oddiy qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun mablaglar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga bilgilangan me’yorlar va hajmda asosiy fondlarning yeyilishini aks ettiruvchi amortizatsiya ajratmalarini kiritish yo’li bilan hosil etiladi (yigilib boriladi).
Amorizatsiya ajratmalarining umumiy uyushmasi u yoki bu inventar ob’ekt uchun butun xizmat muddati mobaynida toliq yemirilish sodir bolgach, uni tasarrufidan chiqarilganda almashtirish uchun, hamda xizmat muddati davomida kapital ta’mirlashlar uchun va ba’zan tasarruf jarayonida ularni ba’zan tasarruf jarayonida ularni modernizatsiya qilish uchun mablaglar yigilib borishini ta’minlashi kerak. Bir yillik amortizatsiya ajratmasining miqdori, amortizatsiya umumiy uyushmasini uning bir yillik xizmatiga togri keladigan miqdorida aniqlanadi.
bu yerda, F – asosiy fondlar qiymati;
Kr – butun xizmat muddati uchun kapital ta’mirlashlar qiymati;
M – xuddi shu muddat mobaynida modernizatsiyaga qilinadigan xarajatlar;
Fo – asosiy fondlarning qoldiq qiymati;
Т – me’yoriy xizmat muddati.
Yillik amortizatsiya uyushmasining assoiy fondlar qiymatiga bolgan foiz nisbatiga amortizatsiya ajratmalarining me’yori deyiladi, ya’ni
Amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari asosiy fondlarning tabiiy va ma’naviy eskirishlarini hisobga olgan holda belgilangan.
2 tonnagacha yuk kotaruvchi yuk avtomobillari uchun amortizatsiya me’yorlari ular qiymatidan har 1000 km bosib otilgan masofa uchun belgilangan.
Binolar va inshootlar boyicha amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari ularning konstruksiyasi va kapital qurilganligiga bogliq ravishda gishtni va temir beton binolar uchun 2,4-4,7%, yogochdan bolgan binolar uchun 7,0% etib belgilangan. Uy joy binolari uchun amortizatsiya ajratmalari faqat ularni kapital ta’mirlash uchungina hisoblanadi.
Barcha asosiy fondlarga amortizatsiya ajratmalari oyma-oy hisoblab boriladi, faqat belgilangan tartibda konservatsiyaga otkazilgan ob’ektlar bundan mustasno. Тa’mirlashda yoki toxtab turib qolgan mashinalar uchun amortizatsiyani hisobga olish toxtatilmaydi. Ijaraga berilgan asosiy fondlar uchun amortizatsiya ajratmasi ijaraga beruvchi tomonidan hisoblanadi.
Amortizatsiya ajratmalari fondlarining xizmat muddatidan qat’iy nazar hisoblanaveradi. Agar asosiy fondlar tarkibiga kiritilgan ob’ekt, xizmat muddati tugamasdan turib ishdan chiqsa, u holda uning ma’lum bir qismi qiymati yaratiladigan mahsulotga otmasdan qolib ketadi. Natijada zarar koriladi va bu zararning miqdori asosiy fondning likvidatsiya qilinish vaqtiga bolgan qoldiq qiymati bilan, uni likvidatsiya qilishdan tushgan mablag ortasidagi farqga teng boladi. Bu zarar moliyaviy faoliyat natijasiga, ya’ni foydalar va zararlar schetiga otkaziladi. Bunday holatlarda tasarruf etilishi toxtatilgan ob’ektlarni oz vaqtida hisobdan chiqarish muhim ahamiyatga ega. Aks holda, ularning ishdan chiqishi bilan bogliq bolgan zararlar yashiringan holda qolib, ob’ektlar avvalgidan asosiy fondlar hisobida turaveradigan va qurilish va yo’l mashinalari tasarrufi xarajatlari boyicha qurilish montaj ishlari tannarxining ortishiga sababchi boladilar. Va aksincha, belgilangan me’yorlarga nisbatan ob’ektlarning ishlash muddatlarining uzayishi yo’l qurilish (ta’mirlash) tashkilotiga amortizatsiya ajratmalari korinishidagi qoshimcha mablaglarga ega bolish imkonini beradi.
Asosiy fondlar boyicha amortizatsiya ajratmalari me’yorlangan miqdorda qurilish mahsulotining narxiga kiradi. +qurilish va ta’mirlash qurilish ishlari uchun moliyalashtiruvchi tashkilot smeta narxlari boyicha tolovlarni amalga oshirar ekan, u qurilish (ta’mirlash qurilish) tashkilotiga, asosiy fondlardan togri foydalanish sharoitida, tegishli amortizatsiya uyushmalarini ham tolab turgan boladi. Ammo amalda hisoblangan va mahsulot tannarxiga kirgizilgan amortizatsiya miqdori amalda mavjud bolgan asosiy fondlar va ulardan foydalanish rejimiga bogliq ravishda smeta narxiga kiruvchi uyushmadan kora koproq yoki kamroq bolishi mumkin. Asosiy fondlarning ortiqcha bolishligi yoki ulardan yomon foydalanish amalda mahsulot narxiga kiruvchi me’yorlangan darajadagidan kop amortizatsiya hisoblanishiga va bu modda boyicha zararning paydo bolishiga olib keladi.
Asosiy fondlarning har bitta ob’ektiga amalda ulardan qanday foydalanilayotganligidan qat’iy nazar amortizatsiya hisoblanadi. Shu sababli qurilish va yo’l mashinalari ishini tashkil etishni yaxshilash, ularga texnik xizmat korsatish va ta’mirlash usullarini takomillashtirish mashinalarning yillik ish kunlari sonini orttirib, amortizatsiya ajratmalari salmogining kamayishi hisobiga mashina smena tannarxining kamayishiga olib keladi.
Yo’l tashkilotlari butun amortizatsiya ajratmasi uyushmasidan mustaqil ravishda, ularni ishlab chiqarish va fan texnikani rivojlantirish yoki shunday ishlarga moljallangan boshqa fondlarga yonaltirish orqali foydalanadilar.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun xizmat qiladigan korxonaga tegishli bolgan mablaglar manbalarining biri bolib hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini toldirib turish uchun, foydadan tasdiqlangan normativlar asosida, ishlab chiqarishni, fan texnikani rivojlantirish fondiga mablaglar ajratiladi. Undan tashqari ushbu fondga hisobdan chiqib ketayotgan asosiy fondlarni realizatsiya etiladigan boladigan tushumlar toliq yonaltiriladi.
Korxonalar ozlarining ishlab chiqarishni, fan texnikani rivojlantirish fondlaridan, ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish, uni texnik jihatdan qayta jihozlash va rivojlantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish tadbirlarni joriy etish, yangi texnikani joriy etish uchun bankdan olingan ssudalar uchun qarzlarni tolash, qisqasi asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish (tiklash) maqsadlarida erkin va bemalol foydalanadilar.