Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili


-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli (keltirilgan raqamlar o`lchami mlrd. frank)



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə9/15
tarix20.03.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#88861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Asosiy makroiqtisodiy modållarning qiyosiy tahlili mundarija kir

2.1.1-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli (keltirilgan raqamlar o`lchami mlrd. frank).
Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd. franklik qishloq xo`jalik mahsulotlarini sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste`mol va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun o`zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik daromadning 1 mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, yana 2 mlrd. franki esa yer rentasi to`lashga sarflanadi. Shunday qilib makroiqtisodiy bozorlarning balanslashishi ro`y beradi. Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar ekzogen va endogen o`zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan zahiralarni tavsiflovchi va oqimlarni tavsiflovchi o`zgaruvchilarga ajratiladi. Birinchi guruh ko`rsatkichlar tadqiqot ob`ektining ma`lum sanadagi holatini tavsiflaydi. Bularga kapital bilan qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi kabi ko`rsatkichlar misol bo`ladi. Ikkinchi guruh ko`rsatkichlar ma`lum davr oralig`ida iqtisodiy jarayonlarning kechishini tavsiflaydi. Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YaIM hajmi, iste`mol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflatsiya sur`ati kabi ko`rsatkichlar misol bo`ladi. Oqimlar ma`lum davr mobaynida zahiralarning o`zgarishini keltirib chiqaradi. Masalan yil davomida qilingan investitsiyalar iqtisodiyotda to`plangan kapital hajmi, o`z navbatida esa mehnatni kapital bilan qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi.
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o`rtasidagi nisbatga bog`liq bo`lib, ular hajmlarining o`zgarishi baholarning o`zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o`zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta`sir ko`rsatadi. Bunday o`zaro bog`liqlik umumlashtirilgan holda ko`rib chiqiladigan milliy bozorga ham taaluqlidir.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog`liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko`lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi bilan baholar umumiy darajasining o`zgarishi o`rtasida bog`liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o`sishi, ba`zi davrlarda esa pasayib ketishini izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo`lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS aggregate demand –aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o`zgarishining oqibatlarini o`rganish uchun bazaviy model bo`lib hisoblanadi .AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab –uy xo`jaliklari, korxonalar hukumat va chet ellik xaridorlarning baholar ma`lum darajada bo`lganda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar umumiy hajmiga bo`lgan talabidir. Yoki, boshqacha qilib aytganda, yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlarni sotib olishga `qilingan umumiy xarajatlar yig`indisidir .Formula ko`rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I +G +Xn
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o`rtasidagi bog`liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig`i deb ataladi .Buni chizma ko`rinishida tasvirlash mumkin.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin