Asosiy qisim Jomboy tuman "Agrobank" atb faoliyati to’g’risida


Jomboy tuman “Agrobank” ATB faoliyati to’g’risida



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/4
tarix17.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84710
1   2   3   4
hisobot 202 (3)

1.Jomboy tuman “Agrobank” ATB faoliyati to’g’risida.
Iqtisodiyotda ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o`ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur`atlar bilan o`sishini, inflatsiyani prognoz ko`rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta`minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun Agrobank ATB keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi .Ya’ni hozirgi davrda pul mablag’laridan to’g’ri va samarali foydalanish uchun banklarning tashkil etilishi juda ko’plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bunga yaqqol misol sifatida Agrobank larning tashkil etilishini olishimiz mumkin ya’ni bankda pul mablag’larini omonot sifatida qo’yib kata miqdordagi pul mablag’lariga ega bo’lish mumkin. Bundan tashqari kata miqdordagi pul mablag’larini kartada olib yurish imkoniyatlari ham anchagina qulaylik yaratdi . Ya’na shuni ta’kidlash kerakki chet davlatidagi pul mablag’larini Respublikamizda muomilada bo’lishida banklarning o’rni katta hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Egasining nomi yozilgan , hujjatsiz ( naqdsiz) shakldagi, nominal qiymati 1168 (bir ming bir yuz oltmish sakkiz ) so’m bo’lgan 1 909 292 722 ( bir milliard to’qqiz yuz to’qqiz million ikki yuz to’qson ikki ming yetti yuzi yigirma ikki ) dona oddiy aksiyalaedan iborat.
Aksiyalarni joylashtirish usuli -yopiq obuna orqali .
Aksiyalarning ushbu chiqarilishi 25 (yigirma beshinchi ) chiqarilishidir.
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashining 2019 yil
15 noyabrdagi yig’ilishida qo’shimcha aksiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qarori tasdiqlangan .

  1. 15 noyabrdagi 27/2-sonli Bayonnoma.

1. Ushbu chiqarilishdagi egasining nomi yozilgan aksiyalar turi (oddiy yoki imtiyozli) oddiy;
2. Ushbu aksiyalar chiqarilishining shakli: hujjatsiz;
3. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarning nominal qiymati (so’m) 1 168 (bir ming bir yuz oltmish sakkiz ) so’m;
4. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarning soni (dona): 1909 292 722 (bir milliard to’qqiz yuz to’qqiz million ikki yuz to’qson ikki ming yetti yuzi yigirma ikki ) dona;
5. Ushbu chiqarilishning umumiy hajmi (so’m ) : 2 230 053 899 296 ( ikki trillion ikki yuz o’ttiz milliard ellik uch million sakkiz yuz to’qson to’qqiz ming ikki yuz to’qson olti ) so’m.
6. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar egalarining huquqlari : Bank oddiy aksiyalari egasi quyidagi huquqlarga ega:
-Bankning aksiyadorlari reestriga kiritilishi;
-Depo hisobvarag’idan ko’chirma olish ;
-Bank foydasining bir qismini dividentlar tarzida olish;
-Bank tugatilgan taqdirda o’zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
-Bankni boshqarishda ishtirok etish ;
-Bankning Ustaviga muvofiq emitentning moliya-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va haqqoniy axborot olish;
-olgan dividentini erkin tasarruf etish ;
- qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida , shuningdek sudda o’z huquqlarini himoya qilish ;
-qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlarning savodsiz yoki g’arazli xatti –harakatlari tufayli ko’rgan zararlarning to’lanishini talab qilish ;
-o’z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish ;
-qimmatli qog’ozlar sotib olish vaqtida zarar ko’rish va (yoki) foydaning bir qismini yo’qotish ehtimoli bilan bog’liq tavakkalchilikni sug’urtalash ;
-amaldagi qonunchilik va bank Ustavida ko’zda tutilgan boshqa huquqlarga.
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni olinishiga nisbatan jamiyat
Ustavidagi va yoki chiqarilish to’g’risidagi qarordagi xar qanday cheklashlar:
Mazkur emissiya doirasida chiqarilgan aksiyalar “ O’zbekiston Respublikasi bank sektorining moliyaviy barqarorligini oshirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4487-sonli va 2019 yil 24 oktyabrdagi “ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga
Oshiralayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4498- sonli qarorlariga asosan O’zbekiston Respublikasi Tiklanish taraqqiyot jamg’armasiga yopiq obuna orqali qonunchilikda o’rnatilgan tartibda joylashtiriladi . Jamiyat Ustav kapitalining miqdori (so’m): 2 162 962 627 920 (ikki trillion bir yuz oltmish ikki milliard to’qqiz yuz oltmish ikki million olti yuzi yigirma yetti ming to’qqiz yuzi yigirma) so’m. Ilgari joylashtirilgan aksiyalar soni (turlari bo’yicha taqsimlangan xolda ko’rsatiladi ): 1 851 851 565 (bir milliard sakkiz yuzi ellik bir million sakkiz yuzi ellik bir ming besh yuzi oltmish besh ) dona.
Shundan:
Egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar soni: 1 851 351 565 dona
Egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar soni : 500 000 dona.
Ilgari joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar soni ( turlari va ko’rinishlari bo’yicha taqsimlangan xolda ko’rsatiladi ): 5 000 (besh ming ) dona egasining nomi yozilgan, hujjatsiz foizli obligatsiyalar joylashtirilgan.
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining usuli (ochiq yoki yopiq obuna ): Bunda ovoz beruvchi aksiya egalari aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega . Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining muddati:
Chiqarilayotgan aksiyalar Kapital bozorini rivpjlantirish agentligi tomonidan davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab 60 (oltmish) kun davomida joylashtiriladi . Aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – Aksiyalar chiqariluvchi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi xabar va imtiyozli huquqninng amal qilish muddati bildirishnomasi qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartib va muddatlarda ommaviy axborot vositalarida elon qilingan kundan etiboran o’n birinchi kun , biroq imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati o’tgunga qadar bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to’g’risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizlar olingan bo’lsa , aksiyalarni joylashtirish ushbu arizalar kelib tushgan kundan keyingi ish kunida boshlanadi .
Aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – Mazkur chiqarilishning so’nggi aksiyasi joylashtirilgan kun . Biroq, Aksiyalarni joylshtirishni tugatish sanasi , mazkur chiqrilishKapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat ro’yxatiga olingan kunndan bishlab 60 (oltmish) kundan oshmasligi lozim .


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin