Asosiy qisim


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari



Yüklə 50,72 Kb.
səhifə4/11
tarix13.06.2023
ölçüsü50,72 Kb.
#129279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aziza kur work

1.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari

Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so‘z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi.


Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo‘ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.
Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir.
Tilning lug‘ati qanchalik boy bo‘lsa ham grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. Tilnnng lug‘at boyligi o‘z-o‘zichaaloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug‘at boyligidagi so‘zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi.
Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo‘llanishi nuqtai nazardan so‘z; grammatika uchun so‘z shakllari, shuningdek, so‘z birikmasi va gap; so‘z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so‘z hisoblanadi.
So‘z, so‘z birikmasi va gap grammatik tomondan ko‘pgina xususiyatlarga ega. So‘zning o‘z morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So‘z birikmasi ham so‘z kabi so‘z o‘zgarishi (ko‘proq ergash so‘z o‘zgaradi) shakllariga ega. Gap o‘z qurilishiga ko‘ra so‘zdan sifat jihatdan farqlanadi: so‘z o‘zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so‘z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so‘zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.
Shunday qilib, tilning har bir jihatining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rib chiqishning o‘zi ularning o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar ham shunga o‘xshash murakkabdir.
Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi.
Fonetikaning sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir gapda ma’lum ohangda bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar majmuasi ma’lum ohangga ega bo‘lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, ohang gapda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘z o‘zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi.
Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasalishi hisobiga to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so‘zlarning leksik ma’nosi yasama negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi.
Morfologiya leksikologiya va so‘z yasalishi bilan jips bog‘langan. Morfologiya,asosan, so‘zning grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. So‘zning grammatik ma’nosi doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo‘ladi, har bir so‘z, bir tomondan, shu so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lum o‘ziga xos leksik-grammatik guruhningbelgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so‘zning o‘z leksik ma’nosi bo‘ladi. So‘zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika za­minida o‘rganiladi.
So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma’nosiga ega bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlarn mavjud. So‘zning morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilshunoslik fanining so‘z yasalishi bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi.
Morfologiya va sintaksis har tomonlama o‘zaro bog‘lanadi. Morfologiyada, asosan, so‘zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o‘rganiladi; sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanib so‘z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o‘rganiladi. So‘z morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish ob’ekti har xil bo‘ladi. Sintaksisning o‘rganish ob’ekti gapdir; unda so‘z gap yoki so‘z birikmasida boshqa so‘zlar bilan ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan holda o‘rganiladi. Mor­fologiyada so‘z gapdan tashqarida ham o‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so‘zlar bilan o‘zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog‘liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so‘z va gapning o‘zida yashaydi. So‘zlar so‘z o‘zgarish tizimiga ega bo‘lgani tufayli gaplar aloqa vazifasinibajaradi. Shakl yasalishi va so‘zyasalishimorfologiyada o‘rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qoidalarini o‘rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir.So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usulini aniqlashda shu so‘z birikmasiga kirgan so‘z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir.Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo‘limi ekanini ta’kidlash uchun etarli.
Keltirilgan fikrlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga predmetlararo ichki bog‘lanishni hisobga olgan holda ona tilini o‘rgatish metodikasini belgilaydi.
1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so‘z yasash, grammatik) tomonlari o‘zaro bog‘liqligini va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishlari zarur.
1-4-sinflarda ona tilini o‘rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi va grammatikaning o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o‘rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo‘limlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi.
2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo‘ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so‘zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo‘lishi, gapda grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi kerak.
Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o‘quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o‘rganishda tilning aloqa vazifasi etakchi ekani nazarda tutiladi, ya’ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o‘rganishda so‘zning ma’no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so‘z ma’nosini farqlashdagi o‘rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi.
“So‘z” mavzusi o‘tilayotganda o‘quvchilar tomonidan so‘zning talaffuzi, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o‘qituvchi so‘zning nom bo‘lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o‘quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim.
“Gap” mavzusini o‘rganish vaqtida esa ishning asosiy yo‘nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishning etakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o‘suvchan, bir-biriga o‘zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo‘lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.

Maktablarda ona tili o‘rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo‘ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qo‘p qirrali bo‘lib, ularni bajarish o‘quvchilar ongini o‘stirishga, ularga g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo‘naltirilgan. Ona tilini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o‘quv predmeti sifatida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.


Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari haqidagi (so‘z yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili kursi fonetik, gra­fik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi.
Tilni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda boshqa ko‘pgina o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikmalar (predmetlararo ko‘nikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko‘nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o‘quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko‘nik­malar bilan predmetlararo ko‘nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi.
Beriladigan bilim va o‘quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar maktab dasturlari va davlat ta’lim standartida qayd etilgan.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganish uchun tilni ongli egallashga va o‘quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo‘ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o‘quvchilar so‘zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, so‘zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to‘g‘ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o‘zlashtiradilar, shuningdek, ularga so‘zning tovush va gra­fik shakli o‘rtasidagi nisbat (bog‘lanish)ni ongli aniqlash, so‘zni to‘g‘ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan ham so‘zni ongli o‘zlashtirish, uni to‘g‘ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar tanlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari I sinfdan boshlab so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o‘rganadilar.
Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So‘zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so‘zda bir-biriga ta’sirini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tushunadigan va so‘zlarni to‘g‘ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan hajmda ma’lumot berilgan.
Dasturda “Leksika” bo‘limi alohida berilmagan, ammo o‘quvchilar so‘zlarning leksik-semantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so‘z turkumlari va so‘z tarkibini o‘rganish jarayonida ma’lumot oladilar.
Boshlang‘ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o‘zaro bog‘liq holda o‘rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so‘z yasalishi haqidaelementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o‘zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o‘rganishni taqozo etadi. Tilni o‘rganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini o‘quvchilar nutqini o‘stirish vazifasini hal etishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” bo‘limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o‘z ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to‘rt sinfda o‘rganiladi. Har bir sinfda etakchi mavzular ajratiladi. 1-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so‘zning morfemik tarkibi va gapni o‘rganish muhim hisoblanadi. So‘z yasalishiga doir bilimlar asosida o‘quvchilarda so‘zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o‘sadi. 4-sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish birinchi o‘ringa qo‘yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalarini, fe’llarning tuslovchi qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish malakalari shakllantiriladi).
Bog‘lanishli nutq ustida to‘rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq holda reja asosida ish olib boriladi.
Onatilidarslaridatilhodisalarima’nosi (semantikasi),qurilishi, vazifasi jihatidan o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo‘ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang‘ich ta’lim darsliklari va metodik qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o‘tamoqda.
Boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartining “Kirish” qismida “Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o‘rgatadi”, − deb alohida ta’kidlangan.
Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishni, o‘qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, “Boshlang‘ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talab”da ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg‘unlik to‘la ta’minlangan bo‘lmog‘i kerak. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizastiyalash, boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash imkonini beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi mazmuni ta’lim mazkur bosqichiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda “Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir”, deyiladi. Shundan kelib chiqqan holda “Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limining maqsadi, vazifalari sifatida DTSda quyidagilar belgilab berilgan:
1. ...bolaning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
2. ...o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon eta olishga o‘rgatish.
3. ...yozma nutq belgilarini talaffuzda ifodalash, matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasini shakllantirish.
4. O‘qish sur’atini oshirish, ta’limning shu bosqichi uchun xos bo‘lgan sidirg‘a o‘qishni egallashlariga erishish.
5. Fikrni yozma bayon etish bo‘yicha belgilangan quyidagi ko‘nikmalarni egallash:
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
b) tavsifning mavzuga muvofiqligi va mukammalligi;
v) tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;
g) imloviy savodxonlikni egallashlariga erishish1.
Bularni amalga oshirish ona tili ta’limi stiklidagi fanlarning, ya’ni savod o‘rgatish, o‘qish va ona tilining vazifasidir.
Bu vazifalarni ado etish ta’lim ko‘p jihatdan mazmunni to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Ona tili ta’limi mazmuni aniq va ilmiy-nazariy jihatdan to‘g‘ri belgilansagina, oldinga qo‘yilgan talablar to‘liq bajariladi.
Ma’lumki, DTS ida belgilab berilgan ona tili ta’limi mazmuni aniq mavzular va til materiallari asosida dastur va darslikda o‘z ifodasini topadi. Ular biri ikkinchisining ijrochisi bo‘lib, bir-biriga muvofiq kelishi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf ona tili mazmuni metodist olimlarning ko‘p yillik kuzatishlari, tajribalari, tajriba natijalarining tahlili asosida takomillashtirilib kelinmoqda. Ayniqsa, ona tili o‘qitishning amaliy ahamiyatiga alohida etibor qaratilmoqda.



Yüklə 50,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin