Ma’ruza. Jismoniy tarbiya sohasida ma’ruzalar sport turlari va jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari hamda jismoniy tarbiya uslubiyoti fanlaridan olib boriladi. Xususan jismoniy tarbiya va sportning tarixi, jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari va jismoniy tarbiya uslubiyoti hamda sport trenirovkasi jarayonining qonuniyatlari, jismoniy tarbiyada ta’lim va tarbiya, harakatlarga o‘rgatish, umumiy va maxsus tayyorgarlik jarayonlari tahlil etilai.
Oliy ta’limda ma’ruzani quyidagi turlaridan foydalaniladi: akademik ma’ruza, ma’ruza-hikoya, ma’ruza-suhbat, ma’ruza-munozara, ommaviy ma’ruza va muammoli ma’ruza. Bu ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi.
Buning uchun ma’ruzachida reja va bayonnoma bo‘lishi lozim. Ayniqsa, ma’ruzada ishlatiladigan izohlar, ko‘chirmalar, ma’lumotlar, misollar uchun yozma ravishda alohida kartochkalar tayyorlangan bo‘ladi. O‘qituvchi ma’ruza o‘qir ekan, talabalarga mavjud materiallarni etkazish bilan birga, ularga ba’zi vazifalarni berib, kutubxona, laboratoriya va arxivlarda ishlash uchun yo‘llanma berishi ham kerak. Talabalarga ma’ruza o‘qish va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda Oliy ta’lim hayotidagi tajriba ham nazariy, ham amaliy jihatdan umumlashtirib borilmoqda.
Seminarlar o‘zlashtirilayotgan yangi materiallarning bir qismi talabalar tomonidan qanday o‘zlashtirilishini tekshirib ko‘rish maqsadida o‘tkaziladigan dars shaklidir. Seminar mashg‘ulotlari ma’ruza uslubi orqali berilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va mustahkamlash maqsadida barcha ijtimoiy fanlar uchun tadbiq etiladi. Seminar mashg‘ulotlari, odatda ma’sus mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, uning rejai ilgariroq e’lon qilinadi va seminar mavzuiga bog‘liq adabiyotlar ko‘rsatiladi. Talabalar seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanayotganlarida ko‘rsatilgan adabiyotlarni olib o‘qiydilar, zarur xronologik materiallardagi qoida-qonunlarni atroflicha ishlab chiqib, uni bir umumiy bayonnoma holiga keltiradilar. Talabalarga seminar uchun tayyorgarlik ko‘rganlarida ma’ruza yozish tavsiya etiladi. Bu ma’ruzada talaba mavzu bo‘yicha o‘zining shaxsiy mulohazalarini ham aytishi kerak.