To‘pni tashlab berishga o‘rgatish uslubiyati To'pni yon chiziqdan tashlab berish - o'yinchilar qo'llari bilan bajarishga ruxsat etiladigan yagona texnik usulidir. Tashlab berish harakati futbol qoidalari talablari bilan belgilangan. Uni o'rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Biroq, to'pni sezilarli uzoq masofaga otish uchun maxsus ko‘nikmani (asosan to'pni yugurib yoki oldinga tashlanib otish) hamda qorin, elka-kamari va qo'llarning mushak guruhlarining ma'lum bir miqdorda kuchli bo'lishini talab etadi. Shuning uchun bu holatda ishlatiladigan mashqlar harakat ko'nikmalarini birgalikda shakilantirishga va tegishli jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Mavzuga oid adabiyotlar: 1. Goncharova O. Yosh sportchilarning jismoniy kobiliyatlarini rivojlantirish Uz.DJTI, 2005 y.
Normurodov A.N. Engil atletika. Toshkent:O‘quv -uslubiy qo‘llanma. ToshDShI 2002 yil.
Niyozov I. Engil atletika. Farg‘ona: O‘quv qo‘llanma. Fargona nashriyoti 2005 yil.