Asosiy savollar: Informatika fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Informatika fanining asosiy tushunchalari



Yüklə 20,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü20,5 Kb.
#38699
1-Mavzu


Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari

  • Asosiy savollar:
    1. Informatika fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
    2. Informatika fanining asosiy tushunchalari


  • Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:

  • Informatika, axborot, texnologiya, axborot texnologiyasi, algoritm, dastur, kompyuter, axborotning sifatlari, axborotning xossalari, axborotlashgan jamiyat, Bit, Bayt, Kbayt, Mbayt, Gbayt

  • 1-asosiy savolning bayoni:

  • Informatika fani hozirgi vaqtda inson faoliyatining turli sohalarida qo`llanilayotgan fanlardan biri bo`lib, u XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi.

  • Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug`llanuvchi fandir. Informatika fan sifatida informatsion rayon (axborotlashgan jarayon)larning qonuniyatlarini o`rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo`lib, ma`lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to`plash, qidirish va iste`molchiga berishgacha bo`lgan jarayonlarni o`zida aks ettiradi.



  • Informatika atamasi fransuzcha «informatique» so`ziga mos kelib, u fransuzcha ikkita so`zdan «information» (axborot) va «automatique» (avtomatika) so`zilaridan hosil bo`lib, axborotni avtomatik qayta ishlash ma`nolarini anglatadi. Informatika atamasi 60-yillarda Frantsiyada kompyuterlar yordamida axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish bilan shug`llanadigan soha uchun ishlatilgan. Ingliz tilida bu fan Somputer sciene (kompyuter texnikasi haqidagi fan, kompyuter ta`limi, kompyuter bilimlari) deb yuritiladi.

  • Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlagan bo`lsada, uning alohida fan sifatida ajralishi 40-50 yillarga to`g`ri keladi.

  • Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o`rganuvchi fandir.

Informatika fanining mazmuni quyidagilardan iborat:

  • axborotlarni to`plash, uzatish va qayta ishlashning

  • umumiy tavsifi;

  • axborotli jarayonlarning texnik va dasturiy ta`minoti;

  • axborot texnologiyalarining turlari va ko`rinishlari;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning tuzilishi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalarini ta`lim jarayoniga qo`llash va uning ahamiyati;

  • o`quv va nazorat qiluvchi dasturlar va ular bilan ishlash;

  • matnli va grafikli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari;

  • multimediali texnologiyalar bilan ishlash;

  • tarmoq texnologiyalari bilan ishlash;

  • internet texnologiyasi bilan ishlash;

  • masofaviy ta`limni yo`lga qo`yish va boshqalar.

 

Informatika fanining maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • kompyuterni kundalik aqliy faoliyatda yordamchi sifatida foydalanishni yo`lga qo`yish;

  • axborot madaniyati va uning ahamiyati haqida bilim berish;

  • zamonaviy telekommunikatsiya, virtual voqelik, multimedia tushunchalarini shakllantirish;

  • axborot texnologiyalaridan foydalana olish;

  • informatika vositalaridan foydalanish xavfsizligi masalalari, aqliy mulk va dastur ta`minotidan foydalanishning huquqiy tomonlari bilan tanishtirish va boshqalar.

  • Informatika fanini o`rganish natijasida axborotlarni to`plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullarini hamda tezkor kompyuterlar va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari ko`magidan foydalanish malakasi hosil bo`ladi.

  • 2-asosiy savolning bayoni:

  • Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot tushunchasidir. Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko`p qo`llaniladigan tushuncha bo`lib, informatika fani ayni shu axborot ustida bo`ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning qonun - qoidalarini o`rganib boradi.

  • Axborot deganda atrof – muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xususiyatlari va holatlari to`g`risidagi ma`lumotlar tushuniladi. Axborot so`zi lotincha «informatsiya» so`ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan ma`nolarni bildiradi. Axborot bu - biz barcha sezgi a`zolarimiz orqali qabul qila oladigan ma`lumotlar to`plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar haqidagi ma`lumotlar yig`indisidir. Shuning uchun

Yüklə 20,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin