Asosiy tushunchalar: Biotexnologiya



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə1/4
tarix05.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108078
  1   2   3   4
biotexnologiya yutuqlari va kamchiliklari


Asosiy tushunchalar:

  • Biotexnologiya bu biror-bir organizm yoki ularning qismlari va boshqa biologik tizimlardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish jarayonidir.

  • Zamonaviy biotexnologiyaning koʻpgina sohalari DNK texnologiyasiga tayanadi.

  • DNK texnologiyasi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash, analiz qilish, DNKni kesish va joylashtirishdan iboratdir.

  • DNK texnologiyasi DNK nukleotidlari ketma-ketligini aniqlashpolimeraza zanjir reaksiyasiDNKni klonlash va gel elektroforezi kabi jarayonlarni qamrab oladi.

  • Biotexnologiya yutuqlari butun jamiyat tomonidan hal qilinishi zarur boʻlgan yangi amaliy muammolar va axloqiy savollarni vujudga keltirishi mumkin.

Kirish
Biotexnologiya soʻzini eshitganingizda miyangizga qanday tushuncha keladi? Balki, yangiliklarda uchragan Dolli laqabli klonlangan qoʻy, genetik modifikatsiyalangan organizmlar yoki gen terapiyasi kabilarni oʻylarsiz.

Edinburgdagi Shotlandiya milliy muzeyida saqlanayotgan Dolli laqabli klonlangan qoʻy tulumi.
Dolli laqabli qoʻyning tulumi. Dolli birinchi klonlangan sutemizuvchi hayvon boʻlib, boshqa bir qoʻyning ayni “nusxasi”dir.
Manba: “Dolly the sheep, National Museums of Scotland, Edinburgh” (Dolli laqabli qoʻy, Shotlandiya milliy muzeyi, Edinburg) / Mayk Pennington olgan surat (CC BY-SA 2.0). Rasm CC BY-SA 2.0 litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Agar yuqoridagilar siz oʻylagan narsalar boʻlsa, mutlaqo haqsiz. Ularning barchasi biotexnologiya sohasining misollaridir. Ammo pivo tayyorlash, hosilni koʻpaytirish va penitsillin antibiotigi-chi? Ushbu jarayonlar va mahsulotlar minglab yillardan beri mavjud va ular ham biotexnologiya mahsuli hisoblanadi.
Biz bu maqolada dastlab biotexnologiya taʼrifiga toʻxtalib, u qanday qilib turli xil usullar orqali tirik organizmlardan foydali mahsulotlar olishini koʻrib chiqamiz. Keyinroq DNK texnologiyasi, DNKni manipulyatsiya qilish va undagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash texnikasi bilan tanishamiz. DNK texnologiyasi biotexnologiyaning koʻplab zamonaviy shakllari uchun oʻta ahamiyatlidir.
Biotexnologiya nima?

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin