Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Qiyshiq burchakli va to’g’ri burchakli aksonometrik proyeksiyalar



Yüklə 320,5 Kb.
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü320,5 Kb.
#108351
1   2   3
foydali-fayllaruz aksonometrik-proyeksiyalar

T o’g’ri burchakli izometriya. Standart izometriyada narsalar o’zgarish kooeffisiyentisiz bajariladi, ya’ni barcha o’qlar bo’yicha ex=ey=ez=1 qilib olinadi. Shunda narsa o’ziga nisbatan 1,22 marta kattalashtirib tasvirlanadi.

To’g’ri burchakli diametriya. Koordinata o’qlarida transportirda aniq yoki taxminiy 70 va 410 li burchaklarni yasash mumkin (-shakl, a,b). z o’q chiziladi va unga uchta teng bo’lak o’rinlari belgilanadi. 2 nuqtadan 23 radius bilan, 0 da 02 radius bilan yoylar chizilib, A nuqta topiladi va u 0 bilan tutashtiriladi. A nuqtadan A2 radius bilan yoy chizib, R radiusdagi yoy bilan kesishtiriladi va hosil bo’lgan B nuqta O bilan tutashtiriladi (-shakl, a).



O’zaro perpendikulyar chiziqlar o’tkazilib, gorizontal chiziqqa 0 dan ikki tomonga teng sakkizta bo’laklar qo’yiladi. Sakkizinchi nuqtalardan pastga chizilgan chiziqlarga 1 va 7 bo’laklar olib qo’yiladi hamda hosil qilingan A va B nuqtalar O bilan tutashtiriladi (-shakl, b).


Qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalar. Qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalar ham standartlashtirilgan bo’lib, qiyshiq burchakli izometriya va qiyshiq burchakli dimetriyalarga bo’linadi.
Qiyshiq burchakli izometriya. Bu proyeksiya to’g’ri burchakli izometriyadagi kabi barcha o’qlar bo’yicha o’zgarish kooeffisiyentisiz, ya’ni x=y=z=1 qilib chiziladi.
Qiyshiq burchakli izometriya: frontal izometriya va gorizontal izometriyadan iborat.
Frontal izometriya. Koordinata o’qlari –shakl, a,b,c larga tasvirlangandek uch xil ko’rinishda bo’ladi. Bu yerda faqat y o’q 300, 450 va 600 ga o’zgarishi mumkin.
Aylanalarning frontal izometriyada tasvirlanishi -shakl, a,b,c larga ko’rsatilgan bo’lib, V da uchala chizmalarda aylana o’z kattaligida tasvirlanadi. Qolgan tekisliklarda y o’qning o’zgarishi natijasida aylanalarning shakli ham o’zgaradi.
y o’q 300 da olinsa (-shakl, a), H dagi ovalning katta o’qi AB=1,37 d, kichik o’qi CD=0,37 d ga teng bo’ladi. W da AB=1,22 d kichik o’q CD=0,71 d bo’ladi.
y o’q 450 da olinsa (-shakl, a), H va W da aylanalar bir xil ovallar ko’rinishida bo’lib, ularning katta o’qi AB=1,30 d ga, kichik o’qi CD=0,54 d ga teng bo’ladi.
y o’q 600 da olinsa (-shakl, c), H dagi ovalning katta o’qi AB=1,22 d ga, kichik o’qi CD=0,71 d ga teng tasvirlanadi. W da esa AB=1,37 d, kichik o’qi CD=0,37 d bo’ladi.





Ovallarning katta o’qi AB=1,22 d ga, kichik o’qi CD=0,71 d olinsa, ular to’g’ri burchakli izometriyadagi kabi chiziladi (-shakl, a,b va q). Ovallarning katta o’qlari AB=1,37 d, kichik o’qi CD=0,37 d ga teng bo’lsa, ularni chizish -shakl, d, da katta o’qi AB=1,30 d ga, kichik o’qi CD=0,54 d bo’lsa, uni chizish -shakl, e da ko’rsatilgan. Bu yerda ovallarning katta va kichik o’qlarining tasvirda joylashishiga ahamiyat berib chizish tavsiya etiladi.
Katta o’qi AB=1,37 d, kichik o’qi CD=0,37 d ga teng bo’lgan ovalni chizish (-shakl, d) uchun 300 li burchak teng ikkiga bo’linib, katta o’qyo’nalishi aniqlanadi. Katta o’qqa perpendikulyar qilib, kichik o’q o’tkaziladi va unga aylana markazidan 1,5d ga teng masofa ikki tomonlama o’lchab qo’yiladi. O1 dan 12 yoy, O2 dan 34 yoylar chizilib, ular bir oz davom ettiriladi. Katta o’q va aylana kesishgan nuqtalardan OC/2 masofa o’lchab qo’yilsa, O3 va O4 lar topiladi. O1 va O2 lar O3 va O4 lar bilan tutashtirib davom ettirilsa, oval yoylarida o’tish nuqtalari M,N,K,L lar belgilanadi. O3 va O4 lardan ovalning uchlari yumaloqlanadi.
Katta o’qi AB=1,30 d ga, kichik o’qi CD=0,54 d li ovalni chizish ( -shakl, e) uchun d diametrli aylana chiziladi va 450 li burchak teng ikkiga bo’linsa, katta o’q yo’nalishi aniqlanadi. Katta o’qqa perpendikulyar qilib kichik o’q o’tkaziladi. Aylana markazi O dan kichik o’qqa 1,25 s ga teng masofalar ikki tomonlama o’lchab qo’yiladi. O1 dan 12 yoy, O2 dan 34 yoylar chizilib biroz davom ettiriladi. Aylananing katta o’q bilan kesishgan nuqtalari O1 va O2 larni O3 va O4 lar bilan tutashtirib, oval yoyida o’tish nuqtalari M,N,K,L lar topiladi va ularning ishtirokida oval uchlari yumaloqlanadi.
Silindrik detalning frontal izometriyasini chizishda, u proyeksiyalarda qanday tasvirlanishiga qaramay, doimo aylanalar V ga parallel joylashtirilib chiziladi ( -shakl, b). Detalning teshigini ochib ko’rsatish maqsadida uning chorak qismi qirqiladi, kesimni shtrixlash sxemasi -shakl, c da berilgan.



Adabiyotlar:


  1. Yüklə 320,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin