Asosiy va qo’shimcha kattaliklar. Kattaliklar, ularning o’lchamlari, birliklar, xalqaro birliklar tizimi, birlik va o’lchamlarni yozish va belgilash qoidalari, kattalik birliklarini hosil qilish


O‘lchash noaniqligi bo‘yicha atamalar va ta’riflar



Yüklə 285,7 Kb.
səhifə11/16
tarix03.05.2023
ölçüsü285,7 Kb.
#106464
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3.O‘lchash noaniqligi bo‘yicha atamalar va ta’riflar


O‘lchashlar noaniqligi:o‘lchash natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan va o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr.
Standart noaniqlik:standart og‘ish sifatida ifoda etilgan o‘lchash natijasining noaniqligi.
A xil bo‘yicha (noaniqlikni) baholash:Qator kuzatuvlarni statistik tahlil qilish yo‘li bilan noaniqlikni baholash metodi.
V xil bo‘yicha (noaniqlikni) baholash:Qator kuzatuvlarni statistik taxlil qilishdan farq qiluvchi usullar bilan noaniqlikni baholash metodi .
To‘liq noaniklik:Chegarasida o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashgan o‘lchash natijasi atrofidagi oraliqni aniqlovchi kattalik.
Izohlar

  1. . Taqsimotning bu qismiga qamrov ehtimoli yoki oraliq uchun ishonch darajasi sifatida qaralishi mumkin.

  1. . To‘liq noaniqlik, shuningdek, umumiy noaniqlik deb ham atalishi mumkin.

Qamrov koeffitsienti:To‘liq noaniqlikka erishish uchun yakuniy standart noaniqlikning ko‘paytiruvchisi sifatida foydalaniladigan son bilan ifodalangan koeffitsient.
Kuzatib borish:Belgilangan noaniqliklarga ega bo‘lgan solishtirishlar-ning ajralmas zanjiri vositasida muvofiq etalonlar, ko‘pincha milliy va xalqaro etalonlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatidan iborat bo‘lgan o‘lchash natijalari yoki etalon qiymatlarining xossalari
Presizionlik:Sinovlarning kelishilgan sharoitlarda olingan mustaqil natijalarining bir biriga yaqinligi.
Izohlar

  1. Presizionlik faqatgina tasodifiy xatoliklarning taqsimlanishiga bog‘liq va o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy yoki qabul qilingan qiymatiga bog‘liq emas.

  2. Miqdoriy presizionlik ko‘pincha noaniqlik sifatida ifodalanadi va sinov natijalarining standart og‘ishi ko‘rinishida hisoblanadi. Kamroq presizionlikka ko‘proq standart og‘ish muvofiq keladi.

3. «Sinovlarning mustaqil natijalari» ifodasi, bu natijalar xuddi shu yoki aynan o‘xshash sinov ob’ektlaridan olingan qandaydir avvalgi natijalar ta’sir ko‘rsatmaydigan tarzda olinganligini bildiradi. Presizionlikning miqdoriy tavsiflari hal qiluvchi tarzda kelishilgan shartlarga bog‘liq.

Yüklə 285,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin