ASOSIY VA YORDAMCHI XOTIRA QURILMALARI
Asosiy xotira. Xotiraning adreslari. Baytlarning tartiblanishi
Asosiy xotira – kompyuterning dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan komponentidir. Xotira ma’lum bir uzunlikka ega bo‘lgan axborotlarni saqlovchi yacheykalardan iborat bo‘ladi. Hozirgi kompyuterlarning xotirasi 8-bitli, ya’ni bir baytli yacheykalardan iborat bo‘lib, xotiraga ana shu baytlarning adreslari orqali murojaat qilinadi. Baytlarni guruhlarga birlashtirilib so‘zlar (rus tilida – слово) hosil qilinadi. 1, 2, 4 va 8 baytli, ya’ni 8, 16, 32 va 64-bitli yoki razryadli so‘z uzunliklariga ega kompyuterlar mavjud [1,5,11]. Ushbu qo‘llanmada kompyuter xotirasining so‘z uzunliklarini, protsessorlar ichki registrlarining uzunliklarini ifodalashda va boshqa holatlarda razryad iborasi qo‘llanilgan.
2.1-rasmda 8-razryadli so‘z uzunligiga ega asosiy xotira tasvirlangan.
2.1-rasm. 8-razryadli so‘z uzunligiga ega 64 Kbaytli asosiy xotira.
2.2-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari teskari tartibda joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira.
2.3-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira.
Buyruqlarni xotiradan o‘qish misolida, xotiraga murojaat qilish qanday amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. 2.4-rasmda asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni ko‘rsatilgan.
2.4-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni.
2.5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi.