Iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash bo’yicha olib borilgan qat’iy chora-tadbirlar mamlakatda ishlab chiqarilatgan yalpi ichki mahsulot tarkibiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha ishlar hali hamon davom etmoqda. Asosiy vositalar tahlili bir necha yo’nalishda olib borilishi mumkin, ularni majmuaviy ishlab chiqish esa asosiy vositalar va uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibi, dinamikasi va foydalanish samaradorligini baholashga imkon beradi
Asosiy vositalar – ixtiyoriy ishlab chiqarishning eng muhim omillaridan biridir. Ularning
holati va samarali foydalanish bevosita korxonalar xo’jalik faoliyatining yakuniy natijalariga
ta’sir qiladi. Korxonaning asosiy vositalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona
foydalanish barcha texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash, jumladan mahsulot ishlab
chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxi va tayyorlashda sarflanadigan mehnat sig’imini
pasaytirishga imkon beradi
Asosiy vositalar tarkibi va dinamikasi tahlili
Jadval ma’lumotlari ko’rsatadiki, ishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalarning ulushi yil boshidagi 75% dan yil oxirigacha 78% gacha o’sib, noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar ulushi mos ravishda pasaygan. Asosiy vositalar tarkibida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni aniqlash uchun ularning tarkibini tahlil qilish zarur
Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Ko’rib chiqilayotgan davr uchun asosiy vositalarning umumiy qiymati 25,3% ga o’sgan.
Ularning tarkibida o’zgarish sodir bo’lgan: mashina va uskunalar ulushi yil boshidagi 58% dan
yil oxirida 60% gacha o’sib, passiv qism ulushi qisqargan. Bunda mashina va uskunalar o’sishi
boshqa asosiy vositalarning o’sish sur’atini ortda qoldirgan