Asosiy vosiтalar hisobi


Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli



Yüklə 199,5 Kb.
səhifə9/24
tarix19.03.2023
ölçüsü199,5 Kb.
#88768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
asosiy vositalar

2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli. Ba’zi ob’ektlarni eskirishi ularning ishlatish jadalligi bilan bog’liq holda hisobga oladi, bunda ob’ektning mavjudlik davri (vaqti) e’tiborga olinmaydi. Bunda dastavval ish (maxsulot, xizmat) birligiga to’g’ri keladigan eskirishso’mmasi (A) hisoblab olinadi. Uni hisoblash eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning boshlangich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(Т)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning bajargan ishi (ishlab chiqarilgan mahsuloti, ko’rsatgan xizmati) hajmiga (I)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni


B - Т
A = ------------ .
I
Bajarilgan ish birligiga to’g’ri keladigan eskirish summasi hisoblab olin-gach, uni bir yilda bajaradigan ish hajmiga ko’paytirish yo’li bilan asosiy vo-sitaning yillik eskirish summasi aniqlanadi.
Masalan, balans qiymati 550.000 so’m, tugatish (qoldiq) qiymati 50.000 so’m bo’lgan dastgohning 5 yillik xizmat muddati mobaynida umumiy bajaradigan ish hajmi 200.000 donani tashkil qiladi. Har bir dona hisobiga to’g’ri keladigan eskirish xarajatlari summasi quyidagicha aniqlanadi:

Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (Т) 550.0000 – 50.000


A = ----------------------------------------------- = -------------------- = 2,5 so’m bir donaga
Bajarilgan ish hajmi (I) 200.000
Agar dastgohni xizmat muddatining birinchi yili 50.000 dona, ikkinchi yili – 60.000 dona, uchinchi yili – 40.000 dona, to’rtinchi yili -30.000 dona va beshinchi yili -20.000 dona mahsulot ishlab chiqarsa, u holda dastgohga hisoblangan eskirish quyidagicha bo’ladi: (so’m hisobida)

Sana


Boshlang’ich
qiymat

Bajarilgan ish hajmi, tG’km

Yillik eskirish summasi

Jamlangan
eskirish
summasi

Balans qiymati

xarid sanasi

550.000

-

-

-

550.000

1 yil oxiri

550.000

50.000

125.000

125.000

425.000

2 yil oxiri

550.000

60.000

150.000

275.000

275.000

3 yil oxiri

550.000

40.000

100.000

375.000

175.000

4 yil oxiri

550.000

30.000

75.000

450.000

100.000

5 yil oxiri

550.000

20.000

50.000

500.000

50.000

Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, yillik eskirish summasi va bajarilgan ish birligi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlik mavjud. Jam-g’arilgan eskirish har yili ish birligi hajmiga bog’langan holda o’zgarib boradi, balans qiymati esa yil sayin ish hajmiga mutanosib ravishda qoldiq qiymatga etmaguncha kamayib boradi. Bu usulga muvofiq har bir ob’ektni taxmin qilina-yotgan foydali xizmat muddatini aniqlashda qo’llaniladigan ish birligi ma’lum aktivlarga mos kelishi kerak. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori aniq bir uskunaga mos kelishi kerak, bunda ob’ektdan foydalanish soatlari miqdori boshqa uskunaga eskirish hisoblashda yaxshi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilishi mum-kin. Bu usulni ob’ektdan foydali ishlatish muddati ichida fondlar qaytimi etar-licha aniqlash mumkin bo’lgan hollarda qo’llash ma’quldir.



Yüklə 199,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin