Asosiy zahira moddalari va ularni moddalar almashinuvidagi o‘rni
Vitaminlar va ularning modda almashinuvidagi roli. Vitaminlar yoki odamlar va hayvonlar oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan organik birikmalar guruhidir. Hozirda 50-dan ortiq vitaminlar mavjudligi aniqlangan.
Ma’lumki. moddalar almashinuvining boshqarilishi uchun, juda kam miqdordagi vitaminlar talab etiladi, lekin ular hech qanday energetik ahamiyatga ega emas. Ularning ham organizmdagi roli xuddi fermentlar va garmonlardagidek, bunday deyilishga asosiy sabab juda ko‘plab vitaminlar fermentlar tarkibiga kiradi.
Vitaminlarsiz hayotning boiishi mumkin emas, shu sababli ularning tinimsiz ravishda organizmga tushib turishi zarur va ular u yerda juda tez parchalanadi.
Vitaminlarning asosiy manbai - eng avvalo o‘simliklar dunyosi ozuqalari hisoblanadi, lekin ular baliqlar va go‘shtli mahsulotlarda, sut, tuxumlarda ham mavjuddir.
Iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida vitaminlar bo‘lmaganida organizmda funksiyalarning buzilishi va kasalliklar yuzaga keladi va ular azitaminozlar deb ataladi. Singa, raxit, juda ko‘plab asablarning yallig‘lanishi, qon quyilishi, o‘sishning to‘xtashi va hakazolar avitaminozlar tufayli yuzaga keladi.
Oziqlar tarkibidagi vitaminlar yetarlicha bo‘lmaganida yoki ularning miqdori mutadil holda bo‘lganida ham organizmning vitaminga bo‘lgan talabi ortganida gipovitaminoz yuzaga keladi, bunday hollarda organizmning ish qobiliyati pasayib ketadi va kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lib qoladi.
Ayrim vitaminlar noqulay omillar ta’sirida juda tez parchalanib ketadi, shu sababli, organizm ularga taqchillik sezishi mumkin va bunday holatlarni vitaminlarga boy ovqatlar saqlanish va tayyorlanish paytlarda vitaminlari parchalanib ketgan hollarda ham kuzatish mumkin.
Vitaminlar ikki guruhga boplinadi; a) suvda eruvchi; B vitaminlargruppasi, H, inozit, folat kislotasi, pantoten kislotasi. pp, S, RP va b) yog‘da eruvchi; A, D, E, K.
Yog‘da eruvchi vitaminlar. Vitamin A (retinol, akscroftal, antikseroftalmik vitamini) o‘sish, rivojlanish, antiinfektsion, ten, ko‘z, jinsiy faoliyat vitamini va hokazo. Bu vitamin kimyoviy tuzilish jihatidan topyinmagan, bir atomli, siklik spirt bo‘lib, kislorod ishtirokida ancha tez parchalanib ketadi. Hayvon organizmida vitamin A o‘simliklarda bo‘ladigan pigment modda-karotindan hosil bo‘ladi. Demak, karotin A vitaminning provitaminidir, tabiatda juda ko‘p turli xil karotinoidlar uchraydi. Karotinning ko‘pincha uch xil koprinishi mavjud alfa, beta, gamma. Odam va hayvonlar ichagi devorining shilliq pardasida. jigarida, sut bezida karotindan karotinaza fermentining ta’sirida A vitaminga aylantiriladi. A vitaminning kriptoksantin degan yana bir provitamini aniqlangan, bu ham o‘simliklarda bo‘ladi.
Turli hayvonlar organizmining karotinga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji, 1 kg tirik vazniga nisbatan mg. hisobida: otlar 15-20, bug‘oz sigirlar 30-40, sog‘in sigirlar 20-30, nasldor buqalar 40-50, olti oygacha bo‘lgan buzoqlar 20-30, chopchqa bolalari 25-30, bug‘oz cho‘chqalar 20-30, bolasini emizadigan ona cho‘chqalar 30-35, onasidan endi ajratilgan nasldor erkak cho‘chqalar 30-35, qo‘ylar 20-30, bir yoshgacha bo‘lgan qo‘zilar 20-25 kg tashkil etadi. Hayvonlar bahor paytida yoki umuman ko‘k o‘tloqlarda haydab boqilganda organizmi karotin bilan to‘la ta’minlanadi. Karotin jigarda zahira holda yig‘ilib, karotin yetishmagan paytda organizmni uch-to‘rt oy davomida ta’minlab turishi mumkin. Karotinning hayvonlar organizmida yetishmasligi odatda qishning oxirlariga kelib kuzatiladi. Ammo sigirlar silosli oziqalar bilan yaxshi ta’minlab turilsa, organizmda karotin kamchiligi umuman kuzatilmaydi. Chunki oziqalar to‘g‘ri yaxshi siloslanganda tarkibidagi karotin parchalanib ketmaydi, buzilmaydi. Vitamin A ning yetishmasligi kasallikka olib boradi va avitaminoz deb shunga aytiladi. Bu vaqtda organizmda umuman avitaminozlar uchun xos bo‘lgan o‘zgarishlar; uning opsishdan qolishi, rivojlanishining susayishi, turli infeksion kasalliklarga chidamsizlik kabi belgilar (simptomlar) paydo bo‘lishi bilan birgalikda avitaminoz A uchun xos bo‘lgan xususiy belgilar, jumladan, Ko‘z muguz pardasining qurib qolishi, ya’ni kseroftalmiya, so‘ngra uning yumshab nekrotik yemirilishi-keratomalyatsiya kuzatiladi. Kasallik yana kuchaysa, zo‘raysa, Ko‘z ko‘r bo‘lib qoladi. Ten va shilliq pardalarda ham o‘zgarishlar kuzatiladi, namligi yo‘qolib ular orqali organizmga mikroblaming kirishi yengillashadi. Avitaminoz A ning dastlabki belgilaridan biri Ko‘zning turli darajada yorug‘likka moslashish qobiliyatining yo‘qolishidir. A vitamin Ko‘zning ko‘rish uchun zarur bo‘lgan modda Ko‘z purpurining tarkibiga kiradi. Rodopsin deb atalgan bu pigment A vitaminning aldegid shaklining o‘sin nomli oqsil bilan bergan kompleksi bo‘lib, Ko‘z to‘r pardasining yorug‘lik retseptorlaridan (fotoretseptorlardan) biri tayoqchalarda joylashgan. A vitamin yetishmaganda To‘r pardada rodopsin miqdori kamayadi, oqibatda g‘ira-shira yorug‘likda Ko‘z ko‘rolmaydi-shapko‘rlik (gemerolopiya) paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, avitaminoz paytida urg‘ochi hayvonlarda bola tashlash, erkak hayvonlarda jinsiy moyillikning pasayishi kabi hollar ham kuzatiladi. Cho‘chqalarda avitaminozning belgilari A vitaminning yetishmagan vaqtidan boshlanib, 6-8 hafta o‘tgandan keyin avjiga chiqadi, otlar, qo‘ylar, echkilarda ko‘proq, ya’ni 12-21 hafta o‘tgandan keyin paydo bo‘la boshlaydi. Vitamin A hayvon yog‘larida, jigarda, ayniqsa, ayrim baliqlarning jigarida ko‘p bo‘ladi. Ko‘k o‘tlarda karotin anchagina ko‘p bo‘ladi, lekin o‘tlar noto‘g‘ri quritilganda tarkibidagi karotin yo‘qoladi. Shuning uchun pichan, bedalarni va boshqa ko‘k o‘tlarni to‘g‘ri quritish. ya’ni o‘z vaqtida tez yig‘ib olish kerak.
D-vitamin (kalsiferol, antiraxitik). D-vitaminning bir-biriga o‘xshash 10 ga yaqin birikmalari mavjud. Ammo shulardan ikkitasi sut emizuvchilar organizmida kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir qilib katta rol o‘ynaydi. Bular vitamin D2 va D3 dir. D2 vitamin (ergokalsiyferol). Ultrabinafsha nurlarning ta’sirida o‘simliklardagi ergosterin provitamin pigmentidan hosil bo‘ladi. D3 vitamin (xolekalsiyferol) organizmda quyosh nuri ta’sirida xolesterindan sintezlanishi mumkin. Bu vaqtda oraliq modda sifatida 7-digidroxolesterin paydo bo‘ladi. Bu modda vitamin D3 ning provitamini deyiladi. Hayvonlar organizmida har ikkala vitaminning ta’sir qilishi bir-biriga yaqin.
Pichan quritish vaqtida o‘simlik tarkibidagi ergosterinning ozroq qismi quyosh nurlari ta’siri bilan D2 vitaminga aylanishi mumkin. D vitaminning manbai esa ayrim baliqlarning jigari hisoblanadi. D-guruh vitaminlari ingichka ichaklar devori orqali opt suyuqligi ishtiroki bilan so‘riladi. D vitaminning asosiy funksiyasi ichak devori orqali kalsiy va fosforning so‘rilishini tezlashtirib, organizmda suyaklanish jarayonlariga ta’sir qilishdan iborat. Ozuqa tarkibidagi kalsiy va fosfor miqdori o‘zaro to‘g‘ri nisbatda bo‘gandagina D, vitamin ularning so‘rilishi va almashinuviga ta’sir qila oladi. Yosh, o‘sayotgan hayvonlar organizmi vitamin D ga ayniqsa muhtoj, bu vitamin yetishmasligi oqibatida raxit kasalligi kelib chiqadi. Raxit kasalligiga suyak va tog‘aylarda yetarli miqdorda kalsiy yetishmay qolishi natijasida organizmda suyaklanish jarayonlari buziladi. Oqibatda suyaklar bo‘shashib yumshashadi, og‘irlik ta’sirida egiluvchan (deformatsiyalanuvchan) bo‘lib qoladi. Oyoqlar egilib, majruh shaklga kiradi.
Suyaklarning shu tariqa yumshab qolishi osteomalyatsiya deyiladi. Qonda kalsiy kamayib, suyaklanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan fosforli kalsiy tuzlarining yetishmasligi kuzatiladi. Raxit paytida hayvon o‘sishdan qoladi, anemiya-kamqonlik, ishtahaning yo‘qolishi kabi hollar kuzatiladi. Yozda organizmning D vitaminga bo‘lgan ehtiyoji hayvonlar terisidagi 7-degidroxolesterinning quyosh nuri ta’sirida D3 vitaminga aylanishi tufayli qisman qoplanadi. Shu sababli D vitaminga muhtojlik asosan qishda, hayvonlar qorong‘i joyda boqilganda, quyosh nuri kamayganida kuzatiladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining D vitaminga bo‘lgan sutkalik talabi 100kg. tirik vazniga nisbatan olganda 500-1500mg. halqaro birlikka teng. parrandalar tuxumga kirgan davrda ularga D vitamin juda zarur. D vitamin organizmga haddan tashqari ko‘p kiritilsa, unga zaharli ta’sir qiladi. Ayni vaqtda suyaklar haddan ortiq ohaklanib ba’zi ichki organlarda ham ohak topilanadi.
Eslatma: bir xalqaro birlik- 0,025mg. toza D vitaminga teng.
Ye-vitamin (tokoferol, ko‘payish vitamini), bu vitamin birinchi marta 1944 yilda Emerson va Evanslar bug‘doy doni murtagining sovunlanmaydigan fraksiyasidan ajratib olganlar va tokoferol deb nomlaganlar. Hozirgi vaqtda bu vitaminning uch xili ma’lum: alfa, beta, delta tokoferol. Bularning ichida alfa tokoferol aktivroqdir. Bu vitamin tabiatda o‘simlik va hayvonlar organizmida keng tarqalgan bo‘lib. turli tashqi ta’sir larga, jumladan qizdirishga chidamlidir. Tokoferolga ko‘p o‘simliklar boy, ayniqsa bug‘doy urug‘ining murtagida tokoferol ko‘p. Hayvonlarning organizmida Ye-vitamin jigarda, yog‘ to‘qimalarida, o‘pkada, taloqda topplanadi. Tokoferol oziqa tarkibida yetishmasa, organizmda uning kamchiligi tufayli kuzatiladigan dastlabki belgilar bir oylardan keyin bilina boshlaydi. Jumladan, hayvonlarning ko‘payish funksiyalari izdan chiqa boshlaydi. Bola ona bachadonida so‘rilib ketadi. Erkak hayvonlar urug‘donlarida spermatozoidlarning hosil boplish jarayoni izdan chiqadi, kasallik ancha zo‘rayib ketsa, spermatozoidlar mutlaqo hosil bo‘lmay qo‘yishi mumkin. parrandalarda tuxum qo‘yish kamayadi, tuxum ichidagi tmhrion opladi. Ye-vitamin organizmda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Markaziy asab tizimi jigar, biriktiruvchi to‘qimalarning faoliyati ham ma’lum darajada Ye-vitaminga bog‘liq. Hayvonlarning Ye-vitaminga bo‘lgan bir kecha kunduzlik talabi quyidagicha: (xalqaro birliklar hisobida) buzoqlarda-20-30, sigirlarda-100, cho‘chqalarda-50-100. parrandalarning iste’mol qilayotgan I kg. quruq oziqasiga 15-30 Ye-vitamin bo‘lishi kerak.
K-vitamin, antigemorrogik. O‘zining aktivligi bilan bir-biridan farq qilib ikki xilda uchraydi. Vitamin K-filloxinon va vitamin Kifarnoxinon. Bu vitamin organizm uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib. organizmda qon ivishiga ta’sir qiladi, ular organizmda yetishmasa qon ivish jarayoni uchun zarur bo‘lgan protrombin oqsilining miqdori kamayadi, ya’ni uning jigarda sintezlanishi sekinlashadi, bundan tashqari qon ivish jarayonida ishtirok etadigan boshqa bir qator oqsillar jigarda sintezlanmay qopyadi. Oqibatda qon ivish jarayoni buziladi, teri ustiga qon qopyiladi, gemorragiya deb shunga aytiladi. K vitamin oraliq almashinuvda ham ishtirok etadi va nafas olish, organizmdagi fosforlanish jarayonlariga ta’sir qiladi.
K-vitamin o‘simliklarning ko‘k qismlarida. meva-poliz ekinlaridan pomidorda. yung‘ichkada. ismoloqda uchraydi. Sut emizuvchi hayvonlarning K-vitaminga bo‘lgan ehtiyoji ichak florasining faoliyati natijasida qisman qondiriladi. Chunki ichak tayoqchalari mikroblari ichakda K-vitaminni sintezlaydi. K-vitamin ichak devori orqali o‘t kislotalari ishtirokida so‘riladi. Jigar kasalliklari paytida o‘tning ichakka kam chiqarilishi tufayli K-vitaminning qonga so‘rilishi buziladi. Oqibatda K avitaminozi yuz beradi. Organizmda K vitamin jigarda ko‘p topilanadi. K vitamin bakteriyalar, zamburug‘lar va turli suv o‘tlarining o‘sishi uchun ham katta ahamiyatga ega.
Suvda eriydigan vitaminlar qatoriga B-guruhining kompleksi, C, PP va P vitaminlari kiradi. C-vitamin yoki askorbin kislota qon tomirlari devorlarining o‘tkazuvchanligi va moprtligini kamaytiradigan. p-vitamin, ya’ni sitrin yoki flavon deb ataluvchi omil bilan birga uchraydi va fiziologik ta’siriga kopra unga yaqin turadi. B-vitaminlar guruhining kompleksiga bir qancha vitaminlar va vitaminlarga opxshash omillar kiradi. Chunonchi: tiamin (B, vitamin, aneyrin) antinevritik omil.
Bu vitaminlarning kimyoviy tuzilishi va fiziologik ahamiyatlari bir xil emas. Ularning har biri alohida vitamin deb qaraladi. Hayvonlar organizmida, ayniqsa o‘txo‘r hayvonlarda mikroorganizmlar ishtirokida B vitamin kompleksining ayrim vakillari sintezlanadi. Jumladan, pantotenat, folat kislotalar, piridoksin, vitamin Bl shular jumlasidandir va hokazo. Cho‘chqalar. itlar, mushuklar va qo‘ylar B guruh vitamini kompleksining yetishmasligiga ayniqsa sezgirdirlar. B-vitaminlarining hammasi o‘z tarkibida azot saqlaydi. Vitamin Bb( tiamin) tarkibida oltingugurt (yunoncha "tio‘ oltingugurt) va amino guruh (NH2) boyganligi uchun tiamin deb ataladi. Toza holda suvda yaxshi eriydigan, rangsiz, ignasimon shakldagi kristallar bo‘lib. o‘ziga xos hidi bor. Bu vitamin pirimidin va tiazollardan sintezlanadi. Tiamin quruq pivo achitqisi, hamirturushda, donli o‘simliklarning urug‘ murtagida, dukakli donlarda, yong‘oqda, non, ayniqsa, qora nonda yetarli miqdorda mavjuddir. Hayvon mahsulotlaridan go‘shtda, buyrakda, jigarda, miyada va tuxum sarig‘ida ko‘p uchraydi. Vitamin B organizmda moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi kokarboksilaza fermentining tarkibiga kiradi. Bu ferment uglevodlar almashinuvida ayniqsa katta rol o‘ynaydi. Organizmda uglevodlar almashinuvi jarayonida asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan pirouzum kislotasining karboksillanishi va dekarboksillanishi ana shu fermentga bog‘liqdir. Bu vitamin yetishmaganda organizmning to‘qimalarida, ayniqsa miyada pirouzum kislota to‘planib qoladi. Shu bilan birga kamroq darajada bo‘lsa ham B1 vitamin organizmda oqsil, yog‘, xolesterin, mineral moddalar va suv almashinuvida ishtirok etadi, degan dalillar ham mavjud. Nerv to‘qimalarida uglevodlarning almashinuvi ancha jadal sodir bo‘lishi tufayli bu vitamin organizm nerv faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu vitaminning yetishmasligi natijasida organizmda periferik nerv tolalari yallig‘lanib, degenerativ o‘zgarishlarga uchrashi bilan tapriflanadigan beri-beri (polinevrit) kasalligi kelib chiqadi. Beri-beri organizmda umumiy holsizlik. yurak faoliyatining izdan chiqishi, oyoqlarda og‘riq turishi, ishtaha yo‘qolishi kabi umumiy belgilar kuzatiladi. Keyinchalik tananing turli qismlari falaj bo‘lib qoladi.Odam va hayvon ozib ketadi. Organizmda suv almashinuvi buzilib. shishlar paydo bo‘ladi. Muskullarda, shilliq pardalarda degenerativ o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ichki sekretsiya bezlari, hazm organlari. yurak-tomir tizimlarining faoliyati buziladi. B) vitamin nerv mediatorlarining faoliyatida ham katta ahamiyatga ega. Uning kamchiligi natijasida xolin-esteraza fermentining ta’siri oshib, atsetilxo-linning parchalanishi tezlashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar B1 vitaminga kamroq ehtiyoj sezadi, chunki odatda ularning me’da oldi bo‘malaridagi mikroorganizmlar bu vitaminni sintezlaydi. Tiamin kislotali muhitga chidamli, biroq 120 gacha qizdirilsa, parchalanadi.
PP-vitamin(antipellargik vitamin, nikotinamid, niatsin. nikotinat kislota). Nikotinat kislota rangsiz, suvda va spirtlarda yaxshi eruvchi oq kristallardir. O‘simliklarda erkin nikotinat kislota va birikkan nikotinat kislota uchraydi. Hayvon organizmining to‘qimalarida nikotinat kislota birikkan holatda, ya’ni nikotinat kislotaning amidlari holatida uchraydi. Nikotinat kislota turli achitqilarda (25-96mg%) ko‘p bo‘ladi. Shu bilan birgalikda dukkakli donlar, bug‘doy, arpa, guruchda, hayvon mahsulotlaridan esa jigarda, muskullarda mavjud. Sutda bu kislota kam, ammo pp-vitaminning ichaklarda sintezlanishi uchun zarur bo‘lgan triptofan yyetarli miqdorda bor. Nikotinat kislotaning amidi to‘qimalar nafasini katalizlaydigan kodegidroginaza fermentlarining tarkibiga kirib. organizmdagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun ham bu vitamin yetishmay qolganida organizmda oksidlanish jarayonlari susayadi. Oqibatda moddalar almashinuvi buziladi; pp-vitamin to‘qima va hujayralar tomonidan qand o‘zlashtirilishini tezlashtirib, organizmda uglevodlar almashinuvida ham katta rol o‘ynaydi. Shuningdek organizmda oqsil, xolesterin, porfirinlarning almashinuvida ishtirok etadi, tomirlar tonusiga ta’sir ko‘rsatadi.
PP-vitamin ovqat hazm qilish tizimining, jumladan, me’daning motor, sekretor faoliyatida, jigar faoliyatining boshqarilishida qatnashadi. pp-vitamin ozuqalar tarkibida uchraydigan triptofan aminokislotadan, hazm tizimidagi mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Tarkibida triptofan aminokislota saqlamagan ozuqalar bilan hayvon uzoq vaqt oziqlantirilsa, pellagra (pellagra g‘adir-budur teri mapnosini anglatadi) degan alohida kasallik belgilari paydo bopla boshlaydi. Itlarda esa bu kasallik "qarotil" deyiladi. Kasallik paytida teri yallig‘lanadi (dermatit) va g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Me’da-ichak faoliyati buziladi va og‘iz hamda til shilliq pardalari shikastlanib, yara bo‘lib ketadi.
B3-vitamin (pantotenat kislota). Och sariq tusli, yopishqoq moyga opxshash, suvda va sirka kislotada yaxshi eruvchi modda. B3-vitamin tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchilik o‘simlik va hayvonlar organizmida uchraydi. Turli achitqilarda. bug‘doy va guruch unida hayvon mahsulotlaridan esa buyrak, jigar, tuxum sarig‘ida anchagina B3 vitamin bor. Vitamin B? toza holatda ajratib olingan. pantotenat kislotaning organizm uchun ahamiyati shundaki. u koenzim A(koferment) tarkibiga kiradi va juda murakkab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Koenzim A aktiv atsetat-atsetil KOA hosil qilib. juda muhim sintetik va transatsetillanish reaksiyalarini ta’minlaydi.
H-vitamin(biotin). Suv va spirtda yaxshi eruvchi kristallardir. Biotinning achitqilarda, dukkakli donlarda, meva-sabzavotlarda, gopshtda, jigarda, buyrakda, tuxum sarig‘ida mavjudligi aniqlangan. Biotin tuxum oqida bo‘ladigan avidin nomli zaharli glikoproteidni biriktirib me’da-ichak tizimi orqali qonga soprilmaydigan zaharsiz kompleks birikma hosil qiiadi. Biotin organizmda kechadigan karboksillanish va dekarboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Kavsh qaytaruvchilarning katta qornida. boshqa optxopr hayvonlarning yo‘g‘on ichaklarida mikroorganizmlar ishtirokida sintezlanadi. Shuning uchun ham, yirik shoxli mollar, cho‘chqalar, qopy, otlar va echkilar odatda qopshimcha ravishda biotin berilishiga muhtoj bo‘lmaydi.
Vitamin-C. (Askorbin kislota). Suvda va spirtda oson eruvchi rangsiz kristallardir. Askorbin kislota o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. U daraxtlarning kopk barglarida. karam. qalampirda, sitrus o‘simliklarda. qora smorodinada ko‘proqdir. Kartoshka tarkibida bu vitamin kamroq bo‘ladi. S vitamin organizmda moddalar almashinuvi jarayonlarida. tomirlar devorining oraliq moddasi-kollagen va prokollagenlarning sintezlanishida ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda organizmda biriktiruvchi to‘qimaning, tish dentin moddasi, suyaklarning, tog‘aylarning hosil bo‘lish jarayonlarida ishtirok etadi . Hazm tizimi, jigar, qon tizimi, nerv va endokrin tizimlarining faoliyati ham ma’lum darajada askorbin kislotaga bog‘liq. Hayvonlarning katta qorni vau yo‘g‘on ichaklarida askorbin kislota mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Shuning uchun ham hayvonlarda C-vitaminozi odatda kam uchraydi. Odamlarda askorbin kislotaning yetishmasligi natijasida Cinga (lavsha) yoki skorbut deb ataladigan kasallik kelib chiqishi ilgaridan ma’lum. Maymun va dengiz chopch-qalarini uzoq vaqt vitamin C-saqlamaydigan oziqalar bilan oziqlantirilganda, tajribada Cinga kasalligini hosil qilish mumkin. Agarda dengiz chopchqalari ikki-uch hafta davomida tarkibida vitamin S boplmagan ozuqa bilan boqilsa, ularning bug‘imlari shishadi, ular yonboshiga orqasiga og‘anab yotib qoladi. Tish milklari shishib, qonaydi, tishlar qimirlab qoladi, topkiladi va davolanmasa tez kunda opladi.
Vitamin-P. (Putin). O‘tkazuvchanlik vitamini. yetishmasligi natijasida tomirlar murtlashib o‘tkazuvchanlik xususiyati oshadi. Natijada ozgina ta’sirot ta’sirida ham tomirlardan qon kelaveradi. p-vitamini guruhiga biologik ta’siri bir-biriga o‘xshash bir qator moddalar-flavon pigmentlari kiradi. Ular ichida eng ahamiyatlisi rutindir. Bu modda odatda tabiiy mahsulotlarda C-vitamin bilan birga uchraydi.
Jigarning moddalar almashinuvidagi roli. Jigar moddalar almashinuvida benihoya katta rol opynaydi. Moddalar almashinuvida jigarning ishtiroki bir qator usullar yordamida o‘rganiladi. Keng tarqalgan usullardan biri Londonning angiostomiya usulidir. Bu usul shundan iboratki, tajriba hayvonning darvoza va jigar venalariga, bulardan kerakli vaqtda qon olib tekshirish uchun naycha-fistula oprnatiladi. Jigarga kelayotgan va undan oqib chiqayotgan qonni tekshirish yo‘li bilan u yoki bu moddaning jigarda qanday o‘zgarishlarga uchraganligini aniqlash mumkin. Jigarning moddalar almashinuvidagi ishtirokini o‘rganish uchun Ekka-pavlov usulidan foydalaniladi. Bu usul dastavval Ekka tomonidan taklif qilingan, keyinchalik pavlov tomonidan mukammallashtirilgan. Ekka-pavlov usuli tajriba hayvonning qopqa venasini keyingi kovak venasi bilan ulashdan iborat. So‘ngra qopqa venasi ulangan joyning yuqorirog‘idan jigarga yetmasdan bo‘ylab qopyiladi. Shunday qilib, bu operatsiya tufayli darvoza venasi qoni jigarga yetmasdan keyingi kovak venaga qopyiladigan bo‘ladi. Shu operatsiya hayvonning tezda oplib qolishiga sabab bo‘ladi va jigarning moddalar almashinuvida juda katta ahamiyati borligidan darak beradi. Operatsiya qilingan hayvonning halok bo‘lishiga sabab shuki, odatda normada ichaklarda oqsil va boshqa moddalarning parchalanishi tufayli hosil bo‘ladigan turli xil zaharli moddalar -indol, skatol, krezol, fenol va boshqalar qopqa venasi qoni bilan jigarga kelib, u yerda sulfat va glyukoron kislotalar bilan birikadi va zaharsizlantiriladi. Ekka-pavlov operatsiyasida qopqa venasi qoni jigarga yitmasdan, keyingi kovak venaga qopyiladigan joydan bo‘lgani sababli, qopqa venasi qoniga o‘tgan yuqoridagi zaharli moddalar zaharsizlanmay qoladi. Oqibatda hayvon ularning ta’siridan tezda zaharlanib. halok bo‘ladi. Qayd qilinganlardan koprinadiki, jigar ovqat hazm qilish tizimida hosil bo‘ladigan turli keraksiz, zaharli moddalarni zaharsizlantirib turadi shu bilan organizmni zaharlanishdan himoya qiladi. Bu jigarning liimoya. ya’ni barpyerlik vazifasidir, Jigar organizmda moddalar almashinuvining barcha xillarida ishtirok qiladi. Jumladan, ichaklardan qopqa venasi qoniga sopriladigan aminokislotalar, oqsillar boshqa mahsulotlarni, monosaharidlar, yog‘lar, yog‘ kislotalari, glitserin dastlab ii sarga keltiriladi va bu yerda tegishli o‘zgarishlarga uchrab. parchalanish va sintez jarayonlarda ishtirok etadi.