v) o’qituvchi psixologiyasi; Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
b) psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;
v) psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;
Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
b) kriminal psixologiya- jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog’liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ’ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillarni o’rganadi.
Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta'sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
San'at psixologiyasi - san'at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo bo’lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o’rganadi.