Asqarov doniyorning tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 98,14 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü98,14 Kb.
#204946
  1   2   3   4   5   6
DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASI


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali
RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI
3-BOSQICH
660.21-GURUH TALABASI
ASQAROV DONIYORNING
TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: Asqarov D.
Qabul qildi: Ibragimov N

MUNDARIJA.
Kirish.

  1. Daromat samarasi va almashtirish samarasi. 

  2. Daromad – iste’mol chizig’i. Engel chiziqlari.

  3. Normal, past sifatli va giffen tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi.

  4. Korxonalar faoliyatida daromad va almashtirish samarasining qo’llanishi.

Xulosa.
Foydalanilgan Adabiyotlar.

Kirish
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va bu bu butun tizimning o’zgarishiga olib keldi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimidan farqli o’laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o’ringa chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to’g’ri kelishini anglab yetdilar. Shunga ko’ra, iste’molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o’zgarganda bozordagi talabning qay tarzda o’zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma’lum. Ulardan tashqari iste’molchilarning daromadlari o’zgarganda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishi ham daromadga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki iste’mol uchun muhim tovarlar ( un, guruch, yog’, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar) iste’molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi. Daromadning ortishi ularning miqdorini ko’paytirishi yoki sifatliroq mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan talab yo’qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho tovarlarni sotib olishuchun daromadning ma’lum darajaga yetishi talab qilinadi. Prezidentimiz Islom Karimov 2013 –yil yakunlari va 2014 – yilga belgilangan ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida aholi daromadlari va iste’mol xarajatlariga alohida to’xtalib o’tdi. “2013 – yilda xalqimizning real daromadlari 16 % ga ortdi, o’rtacha oylik, ish haqi, pensiya va stipendiyalar 20,8 % ga ko’paydi. 2013 – yilda 2000 – yilga nisbatan aholimizning iste’mol xarajatlari 9,5 barobar ortganining o’zi ko’p narsadan dalolat beradi. So’nggi paytlarda jon boshiga to’g’ri keladigan eng muhim oziq – ovqat tovarlari bo’yicha iste’mol hajmi muttasil ortib bormoqda, ayni vaqtda nooziq – ovqat mahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchun to’lanadigan sarf – xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda ko’paymoqda.” Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda men kurs ishim uchun “Daromad va almashtirish samarasi” mavzusini tanladim. Bu mavzuda quyidagi masalalarni tahlil qilishga harakat qildim:
daromad – iste’mol chizig’i
narx – iste’mol chizig’i
Engel chiziqlari
normal, pastsifatli va giffen tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi
Bundan tashqari korxonalar faoliyatida daromad va almashtirish samarasining qay tarzda qo’llanishi ustida ham mulohazalar yuritib, bu orqali korxonaning kelgusi natijalariga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganishga harakat qildim.


Yüklə 98,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin