yana qo‘shin tortdi. Lekin Astrobodda va o ‘zga vilo- yatlarda isyon olovi burqib, lovullash uchun kuchsiz bir yelni kutmoqda edi. Davlat mahkamalaridagi eski yaralar tuzalmagan; amaldorlarning ko‘pi Majididdin- ning haqiqiy shogirdlari, merosxo‘rlari edi. Ular elni talardi. Podshoh bir-biri bilan va ota bilan taxt talash- gan axloqsiz, buzuqi o ‘g‘illarining isyonini bosmoq uchun katta mamlakatning bir burchidan ikkinchi burchiga qo‘shin tortib, xazinani sovuradi. Hadeb xalqdan mablag1 yig‘adi. 459
Navoiy butun umid-amallarining singanini sezdi. Suyukli ona tuproq uning oyoqlarini olovdek uza boshladi. Tarki vatan qilmoq, o‘zga diyorlarga bosh olib ketmoq fikriga tushdi. Bu fikr asta-asta uning bu tun ruhini to‘ldirdi. U fikran, xayolan o ‘z yurtining sa- mosi, go‘zal xiyobon va bog‘lari, san’at obidalari, uzoq- da ko‘kni o ‘pgan tog‘lari bilan xayrlasha boshladi. Bu narsa xuddi yurakni sug‘urib olganday, alambaxsh edi. Lekin yuragini go‘zal, muazzam xayollaming endigi siniqlari bilan to‘ldirishdan ko‘ra bu afzal edi. 0 ‘g‘li Abulmuhsin Mirzo bilan bir necha oydan buyon jang qilayotgan Husayn Boyqaroga vatanni tark etmoqqa qaror qilganligi haqida xat yozib, tabib Abdulhaydan Marvga berib yubordi. So‘ng X o‘ja Afzalga uzun noma yozdi. Davlat odamlarining to ‘g‘ri-haqqoniy ishlashlari kerakligi, qonunni ham- madan yuqori bilib, hammaga baravar tadbiq etishlari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lishlari, podshohdan qo‘rqmay yoki unga xushomadgo‘ylik etmay, uning xato va nuqsonlarini ochib berishlari zarurligini, juda ko‘p siyosiy, axloqiy fikrlarini uqtirdi.