Arslonqul sabrsizlanib. — Qilich? — noz bilan cho‘zib so‘radi Dildor. — Nima keragi bor sizga? Arslonqul beixtiyor ijirg‘anib, voqeani tushuntirdi. Keyin o ‘z-o‘ziga degandek: «Dunyoga kelib, qilich 463
chopmagan odam, bilmaymen, ne desam bo‘ladi», deb qo‘ydi. T o‘lishgan, orqa-beli tirsillagan go‘zal gavdasini serkillatib, Dildor dahlizdan xona ichiga kirdi. Sandiqni ochib, qilichni eriga uzatdi. Arslonqul qilich- ni bir qarichga sug‘urib, po‘latiga tikildi-da, yana suqdi. Keyin uni chaqqonlik bilan taqib, xotiniga jil- mayib qaradi. — Yarashdi! — dedi eriga suqlanib qarab Dildor.— Ammo botirlar uchun qilichdan o ‘zga qurollar ham kerak. — Albatta, qolganini qal’adan olurmen. — Erkaklar baxtiyorlar... — ko‘zlarini xayolchan suzib dedi Dildor ham aytmoqni m o‘ljallagan so‘zini til uchida qisib, orqaga burildi. — Tez boring, shahar tinch bo‘lsin. — Tashvishlanmanglar! — ko‘zlari ola-zarak bo‘lib tikilgan kampirga dedi Arslonqul. — Navoiy shaharga yovni kiritmas aslo! — Hazrat Navoiy sarkarda bo‘lsalar, erlar emas, ayollar ham jangga tayyor! — dedi Dildor. — Jonim tasadduq bo‘lsin u kishiga! — hayajon- lanib dedi kampir. Arslonqul keskin odimlari bilan ko'chaga otilar- kan, maktabdan qaytgan o ‘g‘ilchasi qiziqib, qilichga yopishdi, taqmoqchi bo‘ldi. Arslonqul uning yumshoq lo ‘ppi yuzini barmoqlari bilan asta qisib, qal’aga chop- di. U yerda unga qalqon, yoy, o ‘q berdilar. Shahami Ko‘hi Qofdek o‘ragan muazzam qo‘rg‘on oldida qurolli, qurolsiz odamlar ko‘p. Bulaming ichi-