da rangpar, noziknihol kosibbachchalar, Rustam- qomat, o'mrovli azamatlar boTganidek, qaddi bukchaygan chollar ham bor edi. Arslonqul baland, bahaybat qo‘rg‘on tagida o ‘ziga zeb berib, bir oz kezdi. Biron narsa qilish kerakligini har kim sezsa-da, lekin nimadan boshlashni hech kim bilmasdi. Mana, yuvosh, chiroyli qora yo‘rg‘a otda Navoiy keldi, olomon o ‘rtasida to‘xtadi. U sipohlarning bari pod- shoh bilan ketganligi, poytaxtni yolg‘iz xalq yordami 4 6 4
bilan mudofaa qilish mumkinligini so‘zladi. Shu ondan boshlab qo‘rg‘onni mustahkamlashga bel bog‘lamoq kerakligini uqtirdi. Xalq har yoqdan qichqirib, suyukli shoiming, mehribon otaning fikrini ma’qulladi. Xalq qo‘rg‘onni mustahkamlashga kirishdi. Olatasir ish boshlandi. Dastlab qo‘rg‘onning shikast- larini tuzatishga kirishildi. Tuproq qazigan, loy qor- gan, tosh tashigan odamlaming soni yo‘q. Borgan sari yana xalq ortadi. Yosh-qari chuw os ko‘tarib ishlaydi. Navoiy goh otda, goh piyoda bo‘lar, qilingan ishga diqqat bilan qarar, istehkomlar qurish ishida tajribali kishilar bilan so‘zlashardi. Qurama xalqning suron bilan, qo‘lni-qo‘lga tegizmay, ruhlanib ishlashidan zavqlangan kabi, uning tashvishli yuzida, soqollarida, butun vaziyatida mamnunlik jilvalanardi. Bir hafta ichida shahar qo‘rg‘oni mudofaa uchun butunlay yaroqli, mustahkam holga keldi. Shunda Ba- diuzzamon qo‘shinlarining yaqinlashgani m a’lum bo‘ldi. Bir hafta teriab-pishib ishlagan Arslonqul yuksak, kungurador qo‘rg‘on ustida, go‘yo eski qal’a begi-