da hali ko‘p sarson bo‘lasenlar! Bir ozdan keyin pastda, yaqinroqda qandaydir harakat, shovqin alomatlari sezgandek bo‘ldi-da, Arslonqul diqqat bilan pastga quloq soldi. Lekin uning yonidagi mullabachchanamo ikki o ‘spirin zo‘r berib forsiycha g‘azallar o ‘qir, qichqirib talashur edilar. — Bas, Hirot bulbullari! — o ‘dag‘ayladi Arslon qul.— Jangda ham baytbozlik! — Kimsiz, xo‘sh, g‘azal o ‘qimoq gunohmi? Sizga yoqmasa, qulog‘ingizga paxta tiqib oling! — zarda bilan qichqirdi ulardan bin. — Namoz ham vaqtida farz! — bo‘sh kelmadi Arslonqul. Keyin tashqi harakat va shovqin haqidagi gumoni behuda ekaniga ishongach, yumshabroq gapir- di. — 0 ‘qimoq, talashmoq, albatta, qaymoqdek foy- dali narsa. Ammo, o ‘zimizcha, Navoiycha, turkona shirin-shirin, ma’noli baytlardan o ‘qinglar. Bu nima, forsiy bozor?! Har ikki g‘azalxon xaxolab kulib yuborishdi. D o ‘q bilan boshlangan aloqa do‘stlikka aylandi... Oy ko‘ta- rildi. Uning yumshoq nurlarida hamma narsa, hamma yoq qandaydir mayin, nozik, mudroq bir tus oldi. Uzoqdagi katta hovuzlar kumush lagandek yaltirab ko‘rindi. Ayniqsa Bog‘i Jahon oroning shimol tarafidagi juda katta hovuz va to‘rt yonidagi to ‘rt ulug‘, serhasham imorat oy nurida shunday yaqin, shunday go ‘zal ko‘rindiki, Arslonqul ancha vaqtgacha ko‘zini uzmadi... Yarim kechaga yaqin jilla uzoq bo‘lmagan joydan birdan kuchli, vahimali shovqin ko‘tarildi. — Xuddi Darvozai Qipchoqni yov bosdi! — dedi mudofelardan biri. Arslonqul diqqat bilan quloq solib: «To‘g‘ri! Yordamga bormoq kerak, bu yer — tinch», dedi. Bu yerga, Darvozai Mulkka eng yaqin, shaharning ayni