Tadbir
Assalom Navruz.
1-chi boshlo’vchi:
Salqin saharlarda bodom gulida.
Binafsha labida qirlarda bahor.
Qushlarning ovozi,yellarning nozi.
Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.
2-chi boshlo’vchi:
1-chi boshlo’vchi:
Qish qaxratonidan bezillagan qalblar-u, go’zallikka tashna ko’zlar,
mag’rur qorli tog’lar boshidan sizayotgan sho’x jilg’alar,
ko’ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan pushtirang bodom gullari,
moviy osmon-u undagi qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahoridan darak bermoqda.
2-chi boshlo’vchi:
1-chi boshlo’vchi:
Ajib nafosatda uyg’ondi olam,
Tabiat labida xandon tabassum.
Yam-yashil qirlarda Navro’z jilvasi,
Go’dak kulgusidek quvnoq va ma’sum.
2-chi boshlo’vchi:
1-chi boshlo’vchi:
Hayotimizning go’zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz.Negaki, bahor ham yoshlik, ham go’zallik timsoli.
Ko’hna maskan,ko’hna bir diyor,
Nafosatda tengi yo’q saroy,
Unda hamon yashar bir ruxsor,
Seplari mo’l fusunkor bahor.
2-chi boshlo’vchi:
1-chi boshlo’vchi:
Dostları ilə paylaş: |