“Assalom, Yangi yil



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə1/4
tarix13.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113230
  1   2   3   4
Assalom, Yangi yil mavzusida tadbir ishlanmasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRLIGI

Samarqand viloyati Bulung’ur tumani


23-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9”B”-sinf rahbari
Boymurodova Dilbarning
Xush kelding Yangi yil!
mavzusi bo’yicha dars ishlanmasi

Xush kelding yangi yil!” mavzusida 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi.

Maqsad: a) O’quvchilarga Yangi yil bayrami haqida, Yangi yilning qaysi mamlakatlarda qanday kutib olinishi to’g’risida ma’lumot berish;


b) o’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berish, ularni ziyrak, topqir va ahil bo’lishiga chorlash;
c) bolalarning so’z boyligini, dunyoqarashini o’stirish.
Sahna Yangi yil bayramiga mos bezatilgan, zal o’rtasida Yangi yil archasi o`rnatilgan. Sharlar bilan qor parchalari xona husniga-husn qo’shilib turibdi. Zalga bayram libosidagi bolalar, mehmonlar, ertak qahramonlari kirib kelishadi va avvaldan tayyorlab qo’yilgan o’rindiqlarga o’tirishadi.
(Sahnaga suhandonlar kirib kelishadi)
1-suhandon:
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
2-suhandon:
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
1-suhandon:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, Yangi yil bayramini intiqlik bilan kutgan bolajonlar!
2-suhandon:
Barchalaringizni eshik qoqayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan qutlaymiz!
1-suhandon:
Bor bo’ling, do’stlarim, qaro ko’zlarim,
Siz bilan dil obod, yorug’ yuzlarim,
Qalblarni qamragan sehrlar oshsin,
Qayg’uni haydagan mehrlar oshsin.
2-suhandon:
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,
Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,
Davra qurib aytaylik alyor!
1-suhandon:
Azizlar! Endi e`tiboringizga bayram dasturimizni havola etamiz.
2-suhandon:
Voy, Anvarjon, nega buncha shoshasiz? Hali Qorbobo, Qorqiz, Yalmog’iz buvi tashrif buyurishmadilar-ku? Ularsiz bayram qandoq o’tarkin-a?
1-suhandon:
Qizishmang, Nafosatxon, Qorbobo bilan Qorqiz mening qo’l telefonimga SMS yubordilar.Ular biroz kechikib kelarkanlar. Yalmog’iz buvi hammadan oldin yetib kelar edilar, negadir kechikyaptilar.
Bolalardan biri: Bolalar, qaranglar, Yalmog’iz buvimiz kelyaptilar.
Bolalar (xor bo’lib): Urra!
(Shu payt Yalmog’iz buvi supurgisini minib, ikki xizmatkorini ergashtirib, ikki bolani oldiga solib, quvib davraga kirib keladi).
Yalmog’iz: To’xta, to’xta deyapman senlarga!Tut,bezori,o’g’rilarni!
Nasiba: Yalmog’iz buvi, o’zimning buvijonim! Nega jahlingiz chiqyapti? Nima bo’ldi? Biroz charchagan ko’rinasiz, keling salgina dam oling.
Sanobar: Avvalo, Assalomu alaykum, Yalmog’iz buvi!
Yalmog’iz: Vaalaykum assalommas.
To’polonchilar: Namaste, unaqa emas-de.
Yalmog’iz : Pishtay, pishtay, Namaste emish-a, Namaste pamastelaringni ko’zingga ko’rsataman. Agar saloming bo’lmaganda, ikki yalmab, bir yutardim.
Laziz: Yalmog’iz buvijonim! Aylanib ketay o’zim sizdan. Avlod-ajdodlaringizdan o’zim aylanay!
Yalmog’iz : O! Mening avlod-ajdodimga til tekkizma! Enangni Uchqurg’ondan ko’rsataman-a! Dadam rahmatlining dadalarining dadasi xo’jalardan bo’lganlar. Ti etogo ponimaysh?
Odiljon: Ha, buvijon, ponimat qilamiz!
Zilola: Buvijon, tinchlaning, axir siz bizning mehmonimiz-ku! Aytganlaringizning barchasini bir pasda muhayyo qilamiz.
Kamola: Buvijon, nega bizning sinfdoshlarimizni quvib yuribsiz?
Yalmog’iz : Hali bular sizlarning maktabingizda o`qishadimi? Bular sonixonaning oldida lanka tepishayotgan ekan. Qo’llarida sotka, kimlar bilandir yarim soatlab gaplashib turishdi. O’zimcha bular darsdan qochgan bo’lsa kerak deb o’yladim-u, quvlab kelaverdim. Menimcha, bular “ikki”chilar bo’lsa kerak-a?
To’polonchilar: Yalmog’iz buvi! Bizni hadeb yerga uravermang, biz har doim “ikki” olavermaymiz, onda-sonda “uch” ham olib turamiz!
Zarina: Yalmog’iz buvi, sinfdoshlarimizni nega o’g’ri deyapsiz?
Yalmog’iz: Bularning ko’zlari olazirak,hoynahoy ular Qorqizning sehrli sandiqchasining kalitini olib qochganlar.
To’polonchilar: Biz o’g’rilik qilmadik!
Yalmog’iz : O’chir ovozingni! Bo’lmasa, tilingni yulib, ko’zingni o’yib olaman.
Kamol: Buvijon, bularni kechiring, bugun bayram. Bu xatolarini boshqa takrorlashmaydi.
Yalmog’iz : Ho, kechiraymi? Bo’lmasa, bularga hozir mantiqiy topishmoq beraman, maylimi?
To’polonchilar: Mayli, buvijon!
Yalmog’iz : Sharning o’rtasida nima bor?
1-to’polonchi: Havo bor.
Yalmog’iz : Bekor gap! Topolmagan kal-kal , topolmagan kal-kal.
2-to’polonchi:Yalmog’iz buvi, sharning o’rtasida a harfi bor.
Yalmog’iz : Barrakalla, bular mard bolalar ekan, mayli kechiramiz.
Nargiza: Yalmog’iz buvi, mehmonlarni tanishtirmadingiz?
Yalmog’iz : Ho,men bularning malayi emasman. Kerak bo’lsa, o’zlari tanishtirishsin!
1-shayton Shayton Adiz ibn Yusuf al-Navoiy
2-shayton Shayton Xurshid ibn Boboqul al-Navoiy
Yalmog’iz : Shaytonlar, Bayramni qiziqtirish uchun tayyor bo’l!
Shaytonlar Yest! Shaytonlar bayramni qizdirishga tayyor!
Yalmog’iz : Volno, Shalpaying!
Salimjon: Keling, Yalmog’iz buvi! Shaytonlaringiz bilan bayramimizni tomosha qiling (Stullarga o’tirishadi)
1-suhandon:
Navbat raqqosa qizlarimizga. “Qor parchalari” raqsini tomosha qiling

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin