Muammoli vaziyat. Anvar matematikadan birinchi marta uch baho oldi. U kundalikn o’qituvchi qo’lidan olib, rostdan ham uch olganiga ishondi. Joyiga borib o’tirdi.
U bu muvaffaqqiyatdan juda xursand edi. Endi boshqa fanlardan ham ikkisini to’g’rilashni, «tarbiyasi og’ir» degan nomdan qutilishni, onasini xursand qilishni o’ylardi. U shirin xayollar bilan darsning yarmi o’tib ketganini sezmay qoldi. U kundalikdagi bahosiga qarab to’ymasdi. Shu payt o’qituvchi: Nima uchun kundalik o’ynab o’tiribsan? Qani mening savolimni takrorlachi!, deb qoldi. Anvar savolni takrorlay olmadi.
Kundaligingni menga ber!, -dedi o’qituvchi.
Anvar kundalikni stol tagiga yashirdi. Bu olovga moy sepgandek bo’ldi.
Anvar e`tiroz bildirmoqchi bo’ldi, lekin o’qituvchi bola katta orzular bilan eslayotgan uch bahoni ikkiga o’zgartirib qo’ydi.
O’qituvchi xatoga yo’l qo’yganini tushundimi? Bu holda qanday yo’l tutish kerak edi? O’qituvchi qo’llashi mumkin bo’lgan holatlar variantlarini bering.