Yerning ichki va tashqi (koinot) omillari va jarayonlari yer po‘stining yuza qismida to‘qnashib va o‘zaro ta’sirlashib sayyoramizning boshqa hech bir qismida uchramaydigan o‘ziga xos tabiiy tizim – geografik qobiqni vujudga keltirgan.

Geografik qobiqning mohiyati shundaki, faqat undagina suv uch xil holatda uchraydi, hayvonlar va o‘simliklar yashaydi, tuproq qoplami hosil bo‘ladi, turli tog‘ jinslari va relyef shakllari vujudga keladi, quyosh energiyasi to‘planadi va xususiyatlarini o‘zgartiradi. Eng asosiysi, hayot mavjud, kishilik jamiyati faqat shu qobiqda paydo bo‘lib yashamoqda va rivojlanmoqda.
Geografik qobiq juda murakkab tuzilgan bo‘lib, unda 3 tarkibiy tuzilish darajalari ajratiladi: geokomponentli, geosferali, geotizimli.
Geokomponentli eng sodda tuzilish darajasi. Geokomponentlar yer yuzidagi bir xil holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalardir. Bular tog‘ jinslari, tuproq, suv, havo, o‘simlik va hayvonlar.
Geotizimli tuzilish geografik qobiqning gorizontal tuzilishini ifodalaydi. Geotizimlar barcha komponentlarni qamrab olib, ularning o‘zaro ta’sir va aloqalaridan hosil bo‘lgan murakkab tizimlardir.
Geosferali tuzilish bitta geokomponentdan tashkil topgan geosferalardan iborat. Geosferalar geografik qobiqning vertikal tuzilishini belgilaydi, ular solishtirma og‘irligi bo‘yicha vertikal tabaqalanib joylashgan: litosfera, gidrosferaatmosfera va biosfera. Litosfera,gidrosferava atmosfera deyarli bir xil moddalardan tarkib topgan va uzluksiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik moddalar tarqalgan qobiq bo‘lib, yaxlit qobiq hosil qilmaydi. U boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi.

Geografik qobiqning chegaralari haqida quyi sinfl ardan bilasiz. Geografik qobiqning o‘lchamlari, pastki va yuqori chegaralari haqida turli olimlarning fikrlari turlicha. Uning chegarasini barcha geokomponentlar o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan va geografik qonuniyatlar namoyon bo‘ladigan yuzadan, sathdan o‘tkaziladi. Bu chegara Yer yuzining turli qismlarida har xil qalinlikka ega.