Astanova charos normurodovnaning



Yüklə 286,06 Kb.
səhifə11/26
tarix31.03.2023
ölçüsü286,06 Kb.
#91721
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bo\'linish alomatlari

2.Ayirish. Agar a kesma b va c kesmalardan iborat bo’lib, a va b kesmalarning uzunliklari m va n natural sonlar bilan ifodalansa (bir xil uzunlik birligida), c kesma uzunligining qiymati a va b kesmalar uzunliklari qiymatlarining ayirmasiga teng: c=(m-n)e, ya’ni natural sonlarning m-n ayirmasini uzunliklari mos ravishda m va n natural sonlar bilan ifodalangan a va b kesmalar ayirmasi bo’lgan c kesma o’zunligining qiymati sifatida qarash mumkin ekan.
Boshlang’ich sinflar uchun matematika darsliklarida turli kattaliklar va ular ustida amallar qaraladigan masalalar ko’p. Kattaliklarning qiymatlari bo’lgan natural sonlarni qo’shish va ayirishning ma’nosini aniqlash bunday masalalarni yechishda amallarni tanlashni asoslashga imkon beradi.
Masalan, quyidagi masalani qaraylik: Bog’dan 3 kg olcha va 4 kg olma terishdi. Hammasi bo’lib necha kg meva terishgan? Masala qo’shish amali bilan echiladi. Nima uchun? Terilgan olchalar massasini a kesma ko’rinishida, terilgan olmalar massasini b kesma ko’rinishida tasvirlaymiz.(8-rasm) U holda terilgan hamma mevalar massasini AB kesmadan va BC kesmadan AC kesma yordamida tasvirlash mumkin. AC kesma uzunligining son qiymati AB va BC kesmalar son qiymatlarining yig’indisiga teng bo’lgani uchun terilgan mevalar massasini qo’shish amali bilan topamiz: 3+4=7(kg).
23
Sanoq sistemalari.
Son tushunchasi bu juda qadimiy tushunchalardan biridir. Sonlarning nomlanishi, joylashishi, yozilishi turli davrlarda, turli mamlakatlarda turlicha bo’lgan.
Matematikada sonlarning o’qilishi, yozilishi, ular ustida bajariladigan amallar tiliga sanoq sistemalari deb ataymiz. Barcha sanoq sistemalari o’zining “Grammatik qurilishi” jihatidan pozitsion bo’lmagan (nepozitsion) va pozitsion sanoq sistemalariga bo’linadi.
Dastlab pozitsion bo’lmagan sanoq sistemalar to’g’risida fikr yuritaylik.
So’zimizni eng qadimgi sanoq sistemalardan biri- Misr sanoq sistemasidan boshlaymiz. U ehtimol bundan 5000 yil muqqaddam paydo bo’lgandir. Misr sanoq sistemasida son ishoralari qanday tasvir etilgan va ular yordamida qanday qilib sonlar yozilgan, shuni ko’rib o’taylik.
Misr sanoq sistemasida bir, o’n, yuz, ming, o’n ming, yuz ming, million sonlari uchun maxsus ishoralar (ierogliflar) bo’lgan.
Bular quyidagilardir.
1/
1 10 100 1000
10000
100000
24
Masalan, butun son 23145 ni qadimgi Misr sanoq sistemasida ifodalaylik:
Buni yozish uchun o’n minglikni ifodalovchi ikkita ieroglifni, so’ngra mingni ifodalovchi uchta ieroglifni yuzlikni ifodalovchi 1 ta ieroglif, o’nlikni ifodalovchi 4 ta, birni ifodalovchi 5 ta ieroglifni qator qilib yozganlar .
Shunday qilib son yozishda har bir ieroglif ko’pi bilan to’qqiz marta takrorlanishi mumkin edi. Misr sanoq sistemasida nol uchun ishora bo’lmagan.Qadimgi sanoq sistemalaridan yana biri bu qadimgi Grek sanoq sistemasidir.Qadimgi Gretsiyada foydalanilgan, Attik yoki Gerodian sistemasi deb atalgan sanoq sistemasidagi ba’zi sonlarni quyidagicha belgilardan foydalanganlar.
1 2 3 4 5 6 7 8 9
10 20 3 0 40 50
N G X G M 100 500 1000 5000 10000
-belgi 47 sonini
25
Bu ikki ko’rinishdagi sanoq sistemalardan shu narsani ko’rish mumkinki, har bir raqam qaysi o’rinda kelishidan qat’iy nazar doim bitta sonni ifodalaydi.
Pozitsion bo’lmagan sanoq sistemalaridan yana biri va hozir ham qo’llaniladigan sistema bu Rim sanoq sistemasidir.
Rim raqamlari bilan butun sonlarni yozish uchun quyidagi 7 ta asosiy sonlarning tasvirlarini esda saqlash kerak.
I V X L C D M
1 5 10 50 100 500 1000
Shu sonlar bilan 4000 gacha istalgan butun sonni yoza olamiz. Shu bilan birga, bir sonda bu raqamlardan ba’zilari (I, X, C, M) uch martagacha takrorlanishi mumkin. Sonlarni rim raqamlarida yozishda kichikroq raqam katta raqamning o’ng tomonida turishi mumkin. Bu holda kichik raqam katta raqamga qo’shiladi. Masalan, 283 soni rim raqamlarida CCLXXXIII Misolimizda yuzlikni ifodalovchi raqam 2 marta o’nlik va birlikni ifodalovchi raqamlar 3 martadan takrorlangan. Bu sanoq sistemasida kichik raqam katta raqamning chap tomoniga yozilishi mumkin. Bunday hollarda kichik raqamni katta raqamdan ayirish kerak bo’ladi. Masalan:XCIV=100-10+5-1=94 ni ifodalaydi. Bu sistemada ham nolni ifodalovchi ishora yuq. Masalan: 1809 ni MDCCCIX belgi ishlatish mumkin. Rim raqamlari yordamida katta raqamlarni ham yozish mumkin. Buning uchun ming sonini yozgan o’ng tomondan pastga lotin m harfi qo’yiladi. Pozitsion bo’lmagan sanoq sistemasi shu bilan xarakterlanadiki, berilgan sistemada sonlarni belgilash uchun qabul qilingan belgilar to’plamining har bir belgisi sonning yozuvida bu belgining qanday joylashishiga bog’liq bo’lmagan holda hamma vaqt bitta va faqat bitta sonni ifodalaydi.
Birinchi pozitsion sanoq sistemalari qadimgi Vavilionda vujudga kelgan bo’lib, ular 60 lik sanoq sistemalaridir.
26
Vavilionliklar asosan 2 ta ishora ( 1ni ifodalovchi V pona va o’nni bildiruvchi gorizontal < pona) yordamida sonlarni ifodalashgan.
Eng ko’p tarqalgan sanoq sistemasi bu 10 lik sanoq sistemasidir. Bu birinchi bo’lib Hindistonda asrda vujudga kelib , keyin arablar orqali Yevropaga tarqalgan. Hozirgi paytda ham jahonda 10 lik sanoq sistemasidan keng foydalanilyapti.
Bu sistemaning dastlabki sonlari ;
[ 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9] lar Bu to’plam o’nlik sanoq sistemasining “alfavit”idir.
Ta’rif: n natural sonning n=nk*10k+nk-1*10k-1+...+n1*10+n0 ko’rinishdagi yozuviga sonning 10 lik sanoq sistemasidagi yozuvi deb aytiladi. Bunda nk, nk-1, ...n0 , -lar manfiy bo’lmagan butun sonlar bo’lib, 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9
raqamlaridan birortasini ifodalovchi sonlardir.
Sonning unli sanoq sistemasidagi yozuvini qisqacha
n= nk, nk-1, .. .n0 , deb yozadilar.
Masalan: 3 749=3 1 03+7 1 02+4 1 0+9
Xuddi sonning o’nlik sanoq sistemasidagi yozuvi singari istalgan natural sonni q lik sanoq sistemasida quyidagi yig’indi shaklida ifodalash mumkin: N=nk*qk+nk-1*qk-1+...+n1*q+n0 (n^0) , bunda
0< nk< q-1
0 0Bu yozuvni qisqacha quyidagicha yozish ham mumkin:
n nknk-1.. .n0 (q)
Masalan: n=475(8)-bu son sakkizlik sanoq sistemasida berilgan.
27
Bir sanoq sistemasidan ikkinchi bir sanoq sistemasiga o’tish uchun oldin birinchi sanoq sistemasidan o’nlikka o’tib, undan esa izlangan sanoq sistemasiga o’tish mumkin va bir sanoq sistemasidan ikkinchi bir sanoq sistemasiga to’g’ridan-to’g’ri o’tish mumkin. Hozir quyida shu 2 masalani qarab chiqamiz:
1- masala: n sonining q lik sanoq sistemasidagi yozuvi n nknk-1.. .n0 (q)
bo’lsin. Bu sonning o’nlik sanoq sistemasidagi yozuvini toping.
Ta’rifga ko’ra n=nknk-1...n0 (q)=nk*qk+nk-1qk-1+.. .+m*q+no Bu sonlar ustida amallarni bajarib, hosil qilgan son izlangan son bo’ladi.
Masalan: 1) n=362(7) sonni o’nlik sanoq sistemasidagi yozuvini toping. 362(7) = 3 72+6 7+2=191. Demak, 362(7)=191
2- masala: Berilgan o’nli sanoq sistemasidagi sonni q lik sanoq sistemasidagi yozuvini topaylik,
n= nk*qk+nk-1qk-1+...+m*q+no berilgan bo’lsin. Bu sonni
quyidagicha yozish mumkin; N=q*(nkqk-1+nk-1*qk-2+...+m)+no , bu erda 0Bu yozuvdan ko’rinadiki, no-n sonini q soniga bo’lganda bo’lishdan chiqqan qoldiqdir. Xuddi shunday n qoldiq topiladi va hokazo.
Natijada bu jarayon to bo’linma nolga teng bo’lguncha davom ettiriladi, so’ngra qoldiqlar qator qilib oxiridan yozib chiqilsa, hosil bo’luvchi son q lik sanoq sistemasida sonning yozuvi bo’ladi.
Masalan: 1) 46 sonining 2 lik sanoq sistemasidagi yozuvini toping.
28
Demak, 46=101110(2) natijani to’g’riligini tekshiramiz: 101110(2)=1-25+0-24+1-23+1-22+1-2+0=46

Yüklə 286,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin