B1+ fizika qonunlarini boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
B1 o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda fizika va texnikaning amaliy mohiyatini ifodalay oladi;
o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirib bora oladi.
B1+ o‘z xatti-harakatini adekvat baholay oladi va mustaqil qaror qabul qila oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
B1 sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qila oladi;
atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunadi;
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini biladi va unga rioya qila oladi.
B1+ boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
B1 Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi;
Fizik olimlarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalarini qadrlay oladi;
orasta kiyinish va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi;
fizikaning har bir shaxs va jamiyatni asrashdagi o‘rnini tushuntira oladi.
B1+ fan sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini o‘rganib va tahlil qila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
B1 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza oladi, formulalardan foydalanib, masalalar yecha oladi;
inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalana oladi.
kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘la oladi.
B1+ fizikadan masala yechish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda aniq mantiqiy ketma-ketlikka amal qila oladi.