7-Bo’lim. Yulduzlar (6 soat) O’quv axborot mazmuni. Yulduzlar - Koinotda keng tarqalgan jismlardir. Yillik parallaks. Yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Nurlanish qonunlari (Vinning siljish qonuni, Stefan - Bolsman qonuni) asosida yulduzlarning temperaturalarini hisoblash. Absolyut yulduz kattaligi. Yulduzlarning spektrlari, temperaturalari, yorqinlik-lari va ular orasida bog’lanish. Spektr – yorqinlik diagrammasi. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash haqida tushuncha. Yulduzlarga tegishli kattaliklar - yorqinlik, radius va massa orasidagi bog’lanish. Gigant va mitti yulduzlar. qo’shaloq yulduzlar. o’zgaruvchi, nostansionar yulduzlar. Yulduzlarning ichki tuzilishi va energiya manbalari haqida tushuncha. yulduzlarning evolyutsiyasi. Neytron yulduzlar (pulsarlar) va “qora o’ralar” haqida tushuncha.
Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar xamda foydalaniladigan jihozlar 1. Тurli spektral sinflarga kiruvchi yulduzlarning spektrlari (fotografiyalarda).
2. Spektr – yorqinlik diagrammasi (plakatda yoki diapozitivda).
3. Qo’shaloq yulduzlarning ravshanlik egriliklari (chizmada).
4. Тurli tipdagi o’zgaruvchi yulduzlarning ravshanlik, nuriy tezlik va temperaturalarning vaqt bo’yicha o’zgarish grafiklari (chizma).
5. O’tayangi yulduzning portlash jarayoni, qoldig’i (qisqichbaqasimon tumanlik - fotografiya).
6. Kodoskop.
Тavsiya etiladigan adabiyotlar. 1. M.M.Mamadazimov Astronomiya,Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari uchun darslik, Т.: «O’qituvchi » 2003 yil 172-195 betlar.
2. Mursalimova G., Raximov A. Umumiy astronomiya kursi. Т.: O’qituvchi, 1976 125-138 betlar.
3. Nuritdinov S. N. Somon yuli .Т.: Fan 1989 119-133 betlar.
O’quvchilar erishishi kerak bo’lgan bilim va malakalar O’quvchilar quyidagilarni bilishi zarur: - yulduzlargacha masofalarni aniqlash usullari, astronomiyada asosiy uzunlik birligi;
- galaktikamizdagi eng yaqin va eng uzoq yulduzlargacha bo’lgan taxminiy birligi;
-yulduzlarning asosiy fizik xarakteristikalari (spektri, rangi, temperaturasi, radius va massalari) va ularning Quyosh bilan taqqoslash;
- nurlanish qonunlarining (Stefan-Bolsman, Vin) mohiyati va ulardan yulduzlarga tegishli fizik kattaliklarni aniqlashda foydalanish;
- yulduzlar energiyasining manbai;
-yulduzlar evolyutsiyasi haqida tushunchalar.
O’quvchilar egallashi zarur bo’lgan malakalar: - yulduzlarning ma’lum parallakslariga ko’ra masofalarni hisoblash;
- spektr-yorqinlik diagrammasidan foydalanib, yulduzlarga tegishli xarakteristik kattaliklarni taxminiy aniqlash;
- yulduzlarning o’lchamlari, yorqinliklari (yoki absolyut yulduz kattaliklari) va temperaturalari orasidagi munosabatlardan foydalanib masalalar yechish.