Parlament 1911-yili 1871-yilgi qonunga qo‘shimchada «Lloyd»ga barcha boshqa sug‘urta turlarini ham, jumladan kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalarni ham amalga oshirishga ruxsat berdi
Abdurashidov ABDURAXMONNING Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
Parlament 1911-yili 1871-yilgi qonunga qo‘shimchada «Lloyd»ga barcha boshqa sug‘urta turlarini ham, jumladan kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalarni ham amalga oshirishga ruxsat berdi.
Parlament 1911-yili 1871-yilgi qonunga qo‘shimchada «Lloyd»ga barcha boshqa sug‘urta turlarini ham, jumladan kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalarni ham amalga oshirishga ruxsat berdi.
Sug‘urta ishining yangi xo‘jalik-tashkiliy tuzilmalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Konsernlar – korxonalar birlashmasi, jumladan sug‘urta tashkilotlari.
Xo‘jalik assotsiatsiyalari – korxonalar va sug‘urta kompaniyalarining shartnomaviy birlashmalari (misol uchun, ma’muriy birlashmalar: harbiy-sug‘urta kompaniyasi, agrar-sanoat birlashmalari va boshqalar).
Konsorsium – ishlab chiqarish korxonalari va sug‘urta kompaniyalarining konkret masalalarni xal qilish, yirik maqsadli dastur va loyixalarni amalga oshirish uchun tashkil qilinadigan vaqtincha shartnomaviy birlashmalar.
Sug‘urta tashkilotlarida ikki xil toifadagi xodimlar mehnatidan foydalaniladi:
Boshqaruv, iqtisodiy, maslahat-uslubiy va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi malakali shtatli mutaxassislar;
Akvizitsion va inkassatorlik funksiyalarini bajaruvchi shtatsiz xodimlar.
Shtatli xodimlarga sug‘urta kompaniyasining prezidenti, vitse-prezident (bosh iqtisodchi), bosh direktor, ijrochi direktor (menejer), bosh hisobchi, referentlar, ekspertlar, bo‘lim boshliqlari, inspektorlar, hisoblash markazining xodimlari, bo‘limlar xodimlari, xizmat ko‘rsatish personali (umumiy bo‘lim, kotib-referent va boshqalar).
Shtatsiz xodimlarga sug‘urta agentlari, brokerlari (maklerlar), sug‘urta kompaniyasining vakillari (vositachilar), tibbiy ekspertlar va boshqalar.
Shtatli xodimlarning asosiy funksional majburiyati sug‘urta kompaniyasini barqaror faoliyat ko‘rsatishini, yuqori rentabellikni, to‘lovga qobiliyatlilikni, raqobatbardoshlikni ta’minlash hisoblanadi.
Shtatsiz xodimlarning asosiy funksional majburiyatlari tashkilotlar, korxona, firmalar va aholi o‘rtasida ularni sug‘urtaga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, shartnomalarni rasmiylashtirish hamda sug‘urtalanuvchilar tomonidan sug‘urta badallarini o‘z vaqtida to‘lanishini va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta qoplamalarini amalga oshirilishini nazorat qilish hisoblanadi, ya’ni boshqacha so‘z bilan aytganda shtatsiz xodimlarning bosh vazifasi sug‘urta xizmatlarini sug‘urtalovchilardan sug‘urtalanuvchilarga harakatlantirish hisoblanadi.