At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə7/9
tarix29.05.2022
ölçüsü57,69 Kb.
#59976
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xushboqova Yulduz yangi kurs ishi chala

1-savol. “O`ylab top” didaktik o`yini
O`yinning sharti. Detalning berilgan ikkita qirqimi berilishiga qarab uchinchi ko`rinishini topish.
Maqsad. O`quvchilarga chizmalarni o`qish, kesim va qirqimlarni bilish hamda uning ko`rinishlarini tahlil qilish, ziyraklik va topqirlikni o`rganish. Ularda chizmalarni o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish.
Jihozlar. Detallarning ikkitadan ko`rinishlari sinfdagi hamma o`quvchilarga yaqqol ko`rinadigan kattalikda tasvirlangan plakat-chizmalar orqali ko`rsatiladi. Har bir bosh ko`rinishlar yoniga uchinchi ko`rinishni joylashtirish uchun moslamalar (karmonchalar). Mazkur detallarning uchinchi ko`rinishlari chizlib aralashtirib qo`yiladi. O`quvchilar detallarning uchinchi ko`rinishini aniqlash paytida ularga ko`maklashish maqsadida, shu detallarning yaqqol tasvirlari yoki modellari tayyor qilinib, yashirib qo`yiladi.
O`yinning tafsiloti. Detallarning ikkita ko`rinishlari tasvirlangan chizma doskaga ilib qo`yiladi. O`qituvchi birini chaqirib, chizmalar ichidan bitta detalning uchinchi ko`rinishini tez topib berishini so`raydi. O`quvchi esa chizmalar ichidan detalning ikkita ko`rinishini o`qib, unga uchinchi ko`rinishini topadi va chizmadagi moslamaga joylashtiradi. O`yin shu tartibda davom ettiriladi. O`yin paytida o`quvchilar detallarning uchinchi ko`rinishini topishda qiylansalar, ularga oldin yashirib qo`yilgan yaqqol tasvirlar yoki modellar ko`rsatiladi va bular ichidan shu ikkita ko`rinishga mos keladigan detalni ko`rsatish so`raladi. Agar o`quvchi to`g`ri topa olsa, detalning uchinchi ko`rinishini aniqlash osonlashadi.
O`qituvchi vazifani tez va to`g`ri bajargan o`quvchilarni g`oliblar deb e’lon qiladi.
Eslatma. O`yinni baholashdan oldin bir-biridan katta farq qiladigan detallar tanlanib, ularning ikkitadan ko`rinishlari orqali uchinchi ko`rinishlarini aniqlash mashq qilinsa, keyinchalik detallarning farqi kamaytirib boriladi va detalning uchinchi ko`rinishini topish osonlashadi. Mashq uchun tanlangan detallarni asta-sekin murakkablashtirib borishga e’tibor berish tavsiya etiladi.

Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin