Tayanch manfaat shaxsning boshqa shaxslar, guruhlar bilan uzoq sotsial ta’sirlashuv jarayonida shakllangan va turli shaxslararo, guruhlararo munsabatlarda ma’lum bir faoliyatda yoki ijtimoiy munosabatlarda shakllanadi va sotsial dinamik xususiyatga ega bo’ladi. Tayanch manfaat shaxsda o’zining imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda, unda stereotiplarning shakllanishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Yo’nalish manfaat manfaatlar ichida murakkab hisoblanadi, chunki shaxs manfaatlaridan birinchi, ya’ni o’zi uchun muhimini tanlashini talab qiladi. Shaxs manfaatlari ma’lum bir ijtimoiy muhitda shakllanadi va sotsial dinamik xususiyatga ega bo’ladi. Ijtimoiy muhitning o’zgarishi shaxsdan o’z manfaatlarini o’zgartirishni talab qiladi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxsning ijtimoiylashuvi ya’ni ijtimoiy shakllanshi va rivojlanishi bu juda murakkab, ko’p qirrali jarayondir, u ob’ektiv muhit ta’siri ostida ham, maxsus tashkil etilgan va ongli yo’naltirilgan tarbiya ishlari ta’siri ostida ham yuzaga keladi.
«Sotsial muhitning» shaxsga ta’siri jarayoni ko’p qirralidir, chunki, u sotsial sistemaning barcha tomonlari, jarayonlarining majmuasini ifodalaydi: moddiy elementlar, individni o’rab turgan, o’z konkret sotsial roli, pozitsiyasi, qarashlari va o’rganishlariga ega bo’lgan odamlar, individ tomonidan o’zlashtiriladigan, qabul sotsial hulq-atvor normalar, shuningdek, jamiyatda obe’ktiv mavjud bo’lgan sotsial imkoniyatlar, sotsial «ko’nikmalar», talablar strukturasi.
Insonning ijtimoiylashuv va tarbiya asosidagi shaxsga xos xususiyatlarining shakllanish jarayonini qator ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar bilan asoslash mumkin: 1•sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar 2 •sotsial yo’nalishalr va pozitsiyalar 3 •hulq-atvorni strategik tashkil etish 4•sotsial aktivlik
Sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar tizimi, ilgari aytib o’tganimizdek, shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi asosini tashkil etadi. Ehtiyojlar inson faoliyatining va hulq-atvorining birlamchi, asosidir, ularni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Shaxsning sotsial yo’nalishi va dunyoqarashi sistemasiga programmalar, maqsadlar, ishonch-e’tiqodlar va baholovchi kriteriylar yig’indisi kiritiladi. Ular shaxsning afzalroq va majburiy fe’latvorini belgilaydi