MAVZUNING BERILISHI…………….. 3.1.Mavzuni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar……………………….. 3.2. Dars ishlanmasi……………………………. XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH BITIRUV MALAKAVIY ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot-komil inson tarbiyachisi. Boshqa oʻquv mashgʻulotlarida bilim berish ustuvor boʻlsa, adabiyotda insonning koʻngli bilan, tuygʻulari bilan ishlanadi. Chunki chinakam insonlikning asosiy belgisi boshqa odamlarning holatini tushunish, ularga tuygʻudosh boʻla bilishdan iboratdir. Shu ma’noda, olamdagi biror san’at turi, biror oʻquv predmeti adabiyotning oʻrnini bosa olmaydi. Badiiy adabiyot oʻquvchilarning hissiyotlarini shakllantirib, tuygʻularini noziklashtirib, kechinmalarini teranlashtiradi. Adabiyotning ayni vazifasi shu- da!..
Yoshlarning milliy-ma’naviy dunyoqarashini oʻstirish,ularni keng fikrli shaxs qilib tarbiyalash, xalqparvarlik,vatanparvarlik,doʻstlik va ezgulikga sadoqat,milliy qadriyat va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Ibroyim Yusopovning hayoiy faoliyatiga oid ma’lumotlar shoir shaxsining ijodiy faoliyati asarlari va undagi janrlarning xilma-xilligi,she’rlaridagi ma’no va mazmunning chuqur va terangligi haqida soʻz yurtiladi. “Ibroyim Yusupov ijodining asosini she’rlar tashkil qiladi.Shoir she’riyatining ma’vzusi va janrlari rang-barang xarakterga ega.Vatan xalqlar doʻstligi,muhabbat mavzusidagi she’rlari poetik maharot bilan bitilgan. Shuningdek,shoirning liro-epik va nasriy asarlari, dramalari adabiyotshunoslikka oid ilmiy-nazariy,adabiy qarashlari qoraqalpoq adabiyotida alohida ahamiyatga ega”.1 Shoirning hayoti va ijodini oʻrganishning zaruryatini tushintirish, Ibroyim Yusupovning bugungi milliy ma’naviyatimiz,moddiy va nomoddiy merosimiz xazinasida tutgan oʻrinni qadr-qimmatini toʻgʻri baholay olish oʻquvchilarga tushintirishdan iborat.
Adabiy ta’sir deganda odatda badiiy asarda dunyoqarash, gʻoyalar, janr va uslub xususiyatlari, yozuvchining ba’zan passiv va mexanik, ba’zan ijodiy va tashabbuskor, syujetlar, motivlar, matn bo‘laklari, nutq naqshlari va boshqalardan foydalanish, badiiy tamoyillarning ta’siri tushuniladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda hozir biz Ibroyim Yusupovning har xil janrda yozilgan asarlari ulardagi obrazlarning xilma-xilligi, shoir she’riyatidagi badiiy soʻz rangbarangligi va poetik obrazlardan foydalanish,uning asarlaridagi xalq obrazi va uning talqini xususida gaplashamiz.
“Men qoraqalpoq xalqini va uning buyuk oʻgʻloni Ibroyim Yusupovni sevaman. She'riyat juda murakkab narsa. Uni qaysi tilda yozilgan boʻlsa, oʻsha tilda his etish kerak. Men Ibroyim Yusupov she'rlarining tarjimalarini oʻqiyman. Bu insonning she’rlari hatto tarjimada ham hayratga soladi va zavqlantiradi. Afsuski, ularni asliyatda oʻqiy olmayman...Agar Ibroyim Yusupov oʻz omadini nasrda sinab koʻrsa, bu inson nimalarga qodirligini Tangrigina bilgan boʻlardi. Agar qachonlardir u bunga azm qilsa, buyuk daholar ernest Xeminguey va Robindranat Tagor kabi yuksaklarga parvoz qila olardi” deb yuksak tarif bergan edi Qirgʻizlarning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov haqiqatdan ham Ibroyim Yusupov buyuk mahorat egasi , sehrli soʻz va buyuk istedod egasi ekanligiga hech shubhamiz yoʻq.
Jahon badiiy madaniyati uchun turli mamlakatlar va xalqlar adabiyotlari o‘rtasida keng va ko‘p qirrali aloqalar muhim ahamiyatga ega, biroq ayni paytda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan adabiyotlarning “madaniy va adabiy gegemonizmi” noqulaydir. Shu bilan birga, zamonaviy tarixiy taraqqiyotning keskin burilishlarida u yoki bu adabiyotga xorijiy badiiy adabiyotning jadal kiritilishi ba’zan yot ta’sirlarga bo‘ysunish, madaniy va badiiy assimilyatsiya xavfini oshiradi. Milliy adabiyotning o‘z madaniy tajribasi orqali o‘zganikiga oson “o‘tib ketishi” yuksak va umuminsoniy narsa sifatida qabul qilinishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Adabiy-madaniy ijod cho‘qqisida, faylasuf va madaniyatshunos N.S.Arsenievning fikriga ko‘ra, “ma’naviy ochiqlik” bilan milliy ruhiy ildizlarning uygʻunligini buzish imkoniyatin oshiradi. Bu fikrlar ayniqsa, Gʻarb madaniyatnining Sharq madaniyatiga, Gʻarb adabiyotining milliy adabiyotlarga ta’sirida ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
Ehtimol, hozirgi zamon xalqaro adabiy aloqalari sohasidagi eng yirik hodisa Gʻarbiy Yevropa tajribasining boshqa mintaqalarga (Sharqiy Yevropa, noevropa mamlakatlari va xalqlariga) kuchli ta’siridir. Yevropalashuv yoki gʻarblashuv yoki modernizatsiya deb ataladigan bu global ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy hodisa turli yo‘llar bilan talqin qilinadi va baholanadi, cheksiz munozaralar va bahslar mavzusiga aylangan.
Hozirgi zamon olimlari yevropalashuvning inqirozi va hatto salbiy tomonlariga ham, uning “gʻarbiy bo‘lmagan” madaniyat va adabiyotlar uchun ijobiy hamda salbiy ahamiyatiga ham katta e’tibor qaratmoqdalar. Bu borada zamonaviy madaniyatshunos olimlardan G.S.Pomeransning “Sharqdagi adabiy jarayonning ba’zi xususiyatlari” maqolasi o‘ta mulohazalidir. Olimning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa davlatlarida “yevropalik bo‘lmagan millat va xalqlar” haqidagi gʻoyalar deformatsiya qilinmoqda. Birovning tajribasidan nusxa ko‘chirish natijasida “siyosiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy tartibsizlik” paydo qilish modernizatsiyaning oqibati “anklav” (fokal) madaniyatdir. Bu namuna (ssenariy) bo‘yicha yangi “orollar” paydo qilish an’anaviy va barqaror dunyoga qarama-qarshi bo‘lib, chunki bunda millat va davlatning o‘z yaxlitlikligini, mustaqilligini yo‘qotish xavfi mavjud. Zero, ularning barchasi ijtimoiy fikr sohasida bo‘linish sodir qiladi.2