Atlaslar va jadvallarga asoslangan holda odam va hayvonlarning virusli kasalliklari alomatlarini o
provirusdan i-RNK transkripsiya qilinadi. i-RNK virus oqsillarini ishlab chiqarish uchun oʻqiladi, shuningdek, hujayrada toʻplanib, hosil boʻladigan yangi virus zarralari uchun genom sifatida xizmat qilishi mumkin.
Quyidagi diagrammada OIV-1 virusining hayot siklidagi asosiy bosqichlar, OIV infeksiyasining koʻp holatlari uchun javobgar boʻlgan shtamm tasvirlangan.
OpenStax College, Biology (aslida NIAID, NIH), CC BY 4.0 ga tegishli “Prevention and treatment of viral infections: Figure 4” (Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash: 4-rasm) nomli grafik material oʻzgartirib olindi.
OIVga qarshi dorilar OIV siklining turli fazalarida viruslarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi. Ushbu dorilarga quyidagilar kiradi:
OIV konvert qobigʻining xoʻjayin hujayra plazmatik membranasiga birikishini bloklaydigan, qoʻshilishiga toʻsqinlik qiluvchi ingibitorlar.
Virus DNKsining xoʻjayin hujayra genomiga qoʻshilishiga toʻsqinlik qiluvchi integraza ingibitorlari.
Virus oqsillarining protsessing jarayonlarini oʻtashiga toʻsqinlik qiluvchi proteaza ingibitorlari
Bir nechta dorilarni oʻz ichiga olgan “kokteyllar” odatda infeksiyaning rivojlanishini sekinlashtiradi hamda virus darajasini past ushlashda eng samarali hisoblanadi. Siz nimaga bunday boʻlishini virus evolyutsiyasi maqolasidan bilib olishingiz mumkin.