6-rasm. Basketbol to’pi.
Maydon egasi bo’lgan jamoa yuqorida aytib o’tilgan shartlarga javob beradigan, kamida bitta avval ishlatilgan to’p bilan ta’minlanishi lozim. Katta hakam to’pning yaroqliligini aniqlab beruvchi yagona shaxs bo’lib hisoblanadi va u mehmon jamoa taqdim qilgan to’pni o’yin uchun tanlab olishi mumkin.
Quyidagi texnik jihozlar maydon egalari tomonidan tayyorlangan bo’lishi va hakamlar hamda ularning yordamchilari ixtiyoriga havola qilinishi kerak:
O’yin vaqtini belgilovchi soat va tanaffuslarni hisoblaydigan soat; soniyahisoblovchi, hech bo’lmaganda bitta o’yin vaqtini belgilovchi soat yoki bitta soniya o’lchagich bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. O’yin bo’limlarini va ular orasidagi tanaffuslarni hisoblashda ishlatiladigan soat hamda tanaffus vaqtini belgilashda ishlatiladigan soniya o’lchagich shunday joylashgan bo’lishi kerakki, ularni ham soniya hisoblovchi, ham kotib aniq va ravshan ko’rib turishlari lozim;
24 soniya qoidasiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun barchao’yinchilar va tomoshabinlarga ko’rinadigan tegishli moslama bo’lishi kerak. Uni 24 soniya vaqtini belgilovchi operator boshqaradi.
v) Xalqaro Basketbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnoma rasmiy hisoblanib, undagi qoidalarga asosan o’yin boshlanishidan oldin va o’yin davomida kotib tomonidan to’ldirib boriladi;
g) Juda bo’lmaganda ushbu qoidalarda ko’zda tutilgan uchta signal uchun
moslamalar bo’lishi lozim.
O’yinchilar, tomoshabinlar va kotibga ko’rinadigan qo’shimcha hisob
tablochi bo’lishi kerak;
1-raqamdan 5-raqamgacha bo’lgan ko’rsatkichlar kotib ixtiyorida bo’lishizarur. Har safar u yoki bu o’yinchi fol qilganida, kotib o’yinchi nechanchi fol olganligiga qarab shu raqamli ko’rsatkichni har ikkala murabbiy ko’ra oladigan darajada yuqoriga ko’taradi. Ko’rsatkichlar oq rangda bo’lishi, raqamlari o’lchov bo’yicha 2 sm va eniga 1 sm, hamda 1-dan 4-raqamgacha qora rangda, 5-qizil rangda bo’lishi kerak;
Kotib jamoa follarini belgilovchi ikkita ko’rsatkichlar bilan ta’minlanganbo’lishi shart. Ko’rsatkichlar qizil rangda va shunday tayyorlangan bo’lishi kerakki, kotib stoli ustida turganida o’yinchilar, murabbiylar va hakamlar yaqqol ko’rib turishsin; to’p jamoa o’yinchisi beshinchi fol qilinganidan so’ng o’yinga kirgan vaqtda, ko’rsatkich kotib stoli ustiga, ya’ni o’yinchisi beshinchi fol qilgan jamoa o’rindig’i yaqinidagi chekkaga qo’yilishi kerak;
j) Jamoa follarini belgilash uchun ishlatiladigan munosib moslama.