1. Muhiddinov M. Shaxmat. O`quv qo`llanma. T. 2007.
2.
16-Mavzu. Shaxmat taxtasi va donalari.
Shaxmat o‘yinida ikki tomonning kuchlari bir-biri bilan kurashadi. Tomonlarning biri oq, ikkinchisi esa qora donalar bilan o‘ynaydi.
S haxmat taxtasi 64 ta teng xonalarga bo'lingan bo‘lib, uning har bir tomoni 8 tadan xonani (katakchani) tashkil etadi. Xonalarni bir-biridan osonroq ajratish maqsadida ular navbati bilan och va to‘q rangga bo‘yalgan bo`ladi.
Och rangdagi xonalar oq va to‘q rangdagilari esa qora xonalar deb ataladi. O‘yin uchun taxta shunday turishi kerakki, o'ynovchilarning o‘ng tomonidagi burchakda xona oq bo`lsin.
Donalarning yurishi. Donaning bir xonadan ikkinchi xonaga olib qokyilishini yurish deyiladi. O‘yinda tomonlar galma-gal yuradilar, avval oqlar, keyin qoralar yuradi. Demak, shaxmat o‘yini (partiyasi) yurishlar yig`indisidan iboratdir.
Shohning yurishini ko‘rib chiqaylik. Shoh gorizontal, vertikal va diagonal bo`ylab yonidagi xonalardan biriga, ya’ni bir xonagagina yura oladi. Diagrammalardagi T-belgilari shoh yura oladigan xonalarni ko`rsatadi. Taxtaning chekkasida va ayniqsa, burchagida turgan shohning harakat doirasi qisqaradi.