Nazorat savollari: 1. Shaxmat novellasi kimning asari hisoblanadi? 2. Shaxmatda taktik tayyorgarlikni tushuntiring?
Shaxmatda kombinatsiya deganda nimani tushunasiz?
Buyuk nemis shoiri Gyote shaxmatni nima deb atagan.
XIV—XV asrlarda Temur saroyida yashagan qaysi inson shatranj nazariyachilaridan bo`lgan?
G'arbiy Yevropada nechanchi asrlarga kelib, ayrim shaxmat donalarining nomlari va yurishlari o‘zgara boshladi?
Oqsuyaklar o‘q-yoy otish, qilichbozlik, ov qilish, she’r yozish va hokazolar qatorida nimani yaxshi bilishlari kerak edi?
Shatrang tez orada qaysi mamlakatlarga yoyila boshlagan?
Adabiyotlar
1.Muhiddinov M. Shaxmat. O`quv qo`llanma. T. 2007.
18-Mavzu. Gimnastika sport turning kelib chiqishi va rivojlanishi. Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum oʼzgarish bilan odam xaqidagi fanning rivojlanishi bilan bogʼliq boʼlgan. Bular gimnastikaning mazmunan oʼzgarishiga, uning oʼqitish uslubiyati va mashqlarning bajarish texnikasining oʼzgarishiga ham muxim taʼsir koʼrsatgan.
Gimnastikaga kirgan ayrim mashqlar qadimgi Rimda ham bir qancha gʼarbiy Yevropa mamlakatlaridagi oʼrta asrlar davridanoq xarbiy jismoniy tayyorgarlik koʼrishda qoʼllangan edi. Yogʼoch otda narvon raqib qalʼalariga xujum qilishni oʼrganishda qoʼllanilgan boshqa inshootlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar.
Uygʼonish davridagi gumanistlar yoshlarni har yoqlama tarbiyalashga katta ahamiyat bera boshladilar.
Gimnastika mashgʼulotlarini ular insonning sogʼligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirishni yeng yaxshi vositasi deb bilardilar. Qadimgi asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha asarlar paydo boʼladi. Bulardan yeng mashhuri I.Merkurialisning gimnastika sanʼati xaqidagi asari yedi. Muallif gimnastikani: xarbiy gimnastika, davolash gimnastikasi va atletik gimnastikadan iborat 3 turga ajratdi. Sogʼlomlashtirish gimnastikasini yaʼni raqibdan ustun chiqish xissi bilan bogʼliq boʼlmagan gimnastikani u asosiy jismoniy tarbiya vositasi deb xisoblagan edi.
Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yoʼnalish rivojlanayotgan boʼlib, bu yoʼnalish asosini shugʼullanuvchilarni chaqqonlikning egallab olishlari tashkil yetgan. Frantsuz gumanist yozuvchisi Frantsiya Rablening (1494-1553 yilar atrofida) «Gargantua va Pantagruel» asari tarbiyalanuvchilar turli mashqlar bilan shu jumladan turnikda, yogʼoch konda mashq qilganliklari, arqonda tirmashib chiqqanliklari, akrobatik mashqlar qilganliklari xaqidagi maʼlumot berilgan. Shu sababli dvoryan yoshlar maktablarida ayrim gimnastika asboblari va mashqlaridan foydalanilgan va ular keyinchalik sport gimnastikasiga asos boʼlgan deb xisoblash oʼrinlidir.
Jan-Jak Russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi. Kuch va harakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi. Yashash uchun tayyorlaydi, aqliy kamol topishga hamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, deb xisoblagan.
Petstallotsi bolalardan mavjud boʼlgan kuch va qobiliyatni mashq orqali rivojlantirishni jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi deb bilgan.
U fikrlash va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishni ham keyingi oʼringa qoʼyish muhim deb xisoblagan. Buning uchun boʼgʼinlardagi yeng oddiy harakatlar, yeng yaxshi mashqlar boʼladi, chunki har qanday murakkab harakat anna shunday oddiy harakatlardan tarkib topadi, deb aytdi.
XVIII-asrning 70 yillarida ayrim shaharlarda yangi tipdagi maktablar filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi, Fit (1763-1836 yillar) va Guts-Mutslar (1759-1839) filantropinlardagi gimnastikaning mashhur rahbarlari yedilar. Ular maʼlum boʼlgan jismoniy mashqlarning hammasidan foydalanardilar. Fit 3 tomlik asarida gimnastika xaqidagi nazariy va amaliy maʼlumotlarni bayon qilib bergan. U mashgʼulotlardan maqsad salomatlikni mustahkamlash kuch va harakat tezligini rivojlantirish qomatning chiroyli boʼlishiga yerishish, aqLiy rivojlanish va psixik faoliyatga koʼmak berishdir, deb xisoblardi. Fit oʼz asarida bir qancha qimmatli uslubiy koʼrsatmalar beradiki, ular xanuzgacha amaliyotini yoʼqotmagan (bular mashqlarning ketma-ketligi, yengil mashqlardan asta-sekin qiyinlariga oʼta borish xaqidagi oʼquvchilarning aktivligi. Ularning mashgʼulotga qiziqishi, individual xususiyatlarini xisobga olish va boshqalar toʼgʼrisidagi koʼrsatmalar).
Jismoniy tarbiyaning mamlakat sohasida gimnastika yetakchi oʼrinni egallaydi. Uning vosita va usullarining keng doirasi deyarli barcha insonlarni: bolalar va oʼsmirlar, katta yoshlilar va qariyalar, ayollar va erkaklar, sogʼlom kishilar va bemorlarai qamrab olishga imkon beradi. Gimnastika har taraflama jismoniy rivojlanish va insonning harakat qobiliyatlarini takomillashtirishni taʼminlab, uni mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlaydi. Ayniqsa, oʼsib borayotgan avlodning jismoniy takomillashuvida gimnastikaning ahamiyati kattadir. Gimnastika bilan muntazam shugʼullanish boshlangʼich jismoniy tarbiya masalalarini yanada muvaffaqiyatli hal qiladi, jismoniy fazilat va qobilyatlarning rivojlanishi uchun mustahkam asos soladi, kelishgan gavda va qaddi-qomatni shakllantiradi, yurak qon-tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish aʼzolari va inson organizmining boshqa tizimlari bir marom va tartibda ishlashiga imkon yaratadi. Gimnastikaning alohida ahamiyati uning ilm olish imkoniyatlarining oʼz ichiga olganligidadir.
Odam gavdasi harakatlarining tahlili va xulosasini egallab olish, oʼrganilayotgan harakat mashqlarini sekin-asta murakkablashtirib borish, gimnastika mashqlarining cheksiz koʼrinishlari (ularning shakli ,tuzilishi, bajarish ketma-ketligi)dan foydalanish imkoniyati gimnastika bilan shugʼullanuvchilarda tasavvurlarini koʼrgazmali kengaytirish, ularning umumiy qonuniyatlarini bilib olish va shunday qilib, aqliy bilim va jismoniy tarbiya oʼrtasida amaliy aloqa oʼrnatish imkonini beradi.
Gimnastikaning pedagogik ahamiyati kattadir. Oʼquv mashqlari-ni qatʼiy belgilash shugʼullanuvchilar harakatini aniq tashkil qilish boʼyicha turlicha boʼlgan mashqlarni oʼrganishdagi muayyan ketma-ketlik, ular oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik tartibi jismoniy yuklamalarning sekin-asta ortib borishi, yangi harakat mahorati va koʼnikmalarini yegallashdagi sharoit va talablarining turli-tumanligi odamlarda insonparvarlik tarbiyasi masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.
Gimnastika mashqlarini bajarishdagi aniqlik, ifodalilik va his-hayajon, ularning texnik takomillashuvi yestetik tarbiyaga ham yordam beradi.
Gimnastika toʼgʼri yugurish, sakrash, turli toʼsiqlarni yengib oʼtish, ogʼir yuk tashish va boshqa shu kabi mehnat va jangovor faoliyatda qoʼllaniladigan koʼpgina amaliy, hayotiy zarur koʼnikma va mahoratini shakllantirishga yordam beradi. Nihoyat, gimnastika vositalaridan yuqori sport natijalariga yerishishda foydalaniladi.
Vatanimiz tashqarisidan ancha uzoqda gimnastikachilarimiz shuhrati ovoza boʼlgan. Xalqaro maydonlarda G. Shamray, S. Diomidov, Ye.Saadi, G. Yakunin,
O. Aybinder, S. Baxridinova, Ye.Levochkina, A.Ataxanov, R.Galiyeva, O.Chusovitina, A.Dz-yundzyak, Ye. Valiyev, A.Fokin va boshqalar vatanimiz sporti sharafini bir necha bor gʼalabalari bilan mamlakatimizda gimnastika rivojining yuqori darajasini ishonarli qilib amalda koʼrsatdilar. Shunday qilib, Oʼzbekiston xalqining hayotida gimnastikaning ahamiyatini ortiqcha baholash qiyindir.
Fanning soʼnggi yutuqlari va amaliy ishning ilgʼor tajribasiga tayanuvchi gimnastika, uning vositalari va usullari inson hayot faoliyatining koʼpgina sohalariga kirib bormoqda, uning shaxsiyati shakllanishiga ijobiy taʼsir oʼtkazmoqda.
Gimnastikaning asosiy vositalari boʼlib, gimnastika usullari talablari va xususiyatlariga mos bajariluvchi va barkamol jismoniy rivojlanish va inson tarbiyasi masalalarini yechishga yoʼnaltirilgan, tarixan yuzaga kelgan va maxsus ishlab chiqilgan harakatlar hisoblanadi.
Inson faoliyatining mehnat, jangovor va maishiy amaliyoti (yurish, yugurish, toʼsiqlarni yengib oʼtish va h.k.lar) dan oʼzlashtirib olingan mashqlar bilan bir qatorda gimnastika vositalari xazinasida inson tanasining boʼlishi mumkin boʼlgan barcha anatomik harakatlarga mos keluvchi, maxsus yaratilgan jismoniy mashqlarning anchasi toʼplangan. Gimnastika mashqlari quyidagi asosiy guruhlarga boʼlinadi: safdagi, umumrivojlantiruvchi, erkin mashqlar, sakrashlar (oddiy va tayanib), amaliy, gimnastik anjomlar bilan mashqlar, akrobatik, badiiy gimnastika va aerobika mashqlari. Shugʼullanuvchilarga boʼlgan pedagogik taʼsir va har tomonlama jismoniy taʼsirlarga mos ravishda gimnastika mashqlari quyidagicha tavsiflanadi.
Har xil turdagi saflanishlar, qayta saflanishlar va safda shugʼullanuvchilarning birgalikdagi yoki yakka holdagi harakatlaridan iborat safdagi mashqlar hamjihatlilik va tartib-in-tizom tarbiyasida yordam beradi, jamoa boʼlib harakat qilishga oʼrgatadi, maromni his qilishni rivojlantiradi, qaddiqomatni toʼgʼri tutish va safdagi qaddi rostlikni shakllantiradi.
2.Umumrivojlantiruvchi mashqlardan har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, organizmning funktsional imkoniyatlarini rivojlantirish, qaddi-qomatni toʼgʼri ushlashni shakllantirish maqsadlarida foydalaniladi. Ular asosiy gimnastika harakatlari maktabini yaratishga imkon beradi, harakat koʼnikmalari va mahoratini yegallashni yengillashtiradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar gavdaning ayrim qismlari bilan buyumsiz va buyum bilan, shuningdek, turli gimnastika anjomlari bilan bajariladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarning alohida ahamiyati uning ayrim muskullar, muskullar guruhlari, gavda qismlari va odamning butun tayanch harakat tizimiga turlicha taʼsir koʼrsatish imkoniyati mavjudligidadir.
3.Erkin mashqlar bir butun kompleksga kompozitsion bogʼlangan har tomonlama jismoniy tayyorgarlik talablariga mos qoʼl, oyoq, gavda, boshlarning oddiy va murakkab harakatlari, sakrash, burilish, muvozanat, akrobatik va xoreografik mashq tizimlarining turli-tuman dinamik birikmalaridan iborat. Erkin mashqlarni bajarishdan asosiy maqsad gimnastik harakat maktabini shakllantirish va ishlab chiqish, shugʼullanuvchilarda harakatlarni moslashtirish qobiliyati, egiluvchanlik va nafosatni rivojlantirish hamda takomillashtirish, maromni his qilish va harakatlar goʼzalligini tarbiyalashdir.
Erkin mashqlar qiyinligini boshqarib turish imkoniyati har qanday kontingentdagi shugʼullanuvchilar bilan mashgʼulot olib borishda keng foydalanish imkonini beradi.
4.Amaliy mashqlar harakatning turli-tuman tabiiy turlari (yurish, yugurish, sakrash, irgʼitish, tirmashish, oshib oʼtish, toʼsiqlarni yengib oʼtish, yuk tashish, muvozanat)dan iborat. Ular turli-tuman jismoniy rivojlanishda yaxshi vosita boʼlib xizmat qiladi, hayot uchun zarur asosiy harakat koʼnikmalarni egallash imkonini beradi, odamning jismoniy sifatlari (kuch, tezlik, chidamlilik, epchillik)ni takomillashtiradi.
Amaliy mashqlar harakat tuzilishining oddiyligi shugʼullanuvchilarning har qanday kontingenti uchun qulaydir. Bu mashqlaming anchagina qismi qator jismoniy toʼgʼrilash vositasi hisoblanadi va oʼquvchi yoshlar jismoniy tarbiya amaliyotida keng foydalaniladi.
5.Gimnastikada foydalaniladigan sakrashlar shugʼullanuvchilarning muhim jismoniy (epchillik, sakrovchanlik, tirishqoqlik) sifatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi, shuningdek, ularda amaliy va sport koʼnikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Gimnastikada oddiy (tayanchsiz) va tayanib sakrashlar qoʼllaniladi. Oddiy sakrashlar: chuqurlikka, turli gimnastika anjomlari bilan uzunlikka, turgan joyida va yugurib kelib, yuqoriga argʼamchi bilan va boshqalar bajariladi. Tayanib sakrashlar turli gimnastika anjomlari (ot, dastakli ot, uzunasiga qoʼyilgan ot) orqali qoʼllarning anjomga qoʼshimcha tayanish orqali bajariladi. Gimnastik sakrashlar shugʼullanuvchilar organizmining barcha aʼzo va tizimlariga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Sakrashlarning turli-tumanligi uchun ular turli yosh, jins va har xil jismoniy tayyorgarlikdagi shaxslar uchun qulaydir.
6.Gimnastik anjomlar (turnik, qoʼshpoya, halqalar, ot va boshqalar) bilan boʼladigan mashqlar tayanchning turli-tuman sharoitlaridagi gavdaning turli-tuman holat va harakatlaridan iborat boʼladi. Gimnastik anjomlarning tuzilishi va tayanchning turli sharoitlari shugʼullanuvchilar gavdasi koʼchishidagi asosiy usullarni bajarishga imkon beradi va butun organizm rivojlanishiga tez taʼsir koʼrsatadi.
7.Akrobatik mashqlar gimnastikada umumiy jismoniy tayyorgarlik, topqirlik va fazoda moʼljalga olishda eng yaxshi vositalardan biri sifatida foydalanuvchi sunʼiy yaratilgan va maxsus tanlab olingan mashqlaming katta gumhini birlashtiradi. Gimnastikada, asosan, akrobatik sakrashlar va turgʼun holatdagi akrobatik mashqlardan foydalaniladi.
Ular bolalar, oʼsmirlar va kattalar bilan boʼladigan mashgʼulotlarda qoʼllaniladi. Akrobatika mashqlaridan gimnastik anjomlar bilan boʼladigan mashqlarni egallab olishda erkin va keltiruvchi mashqlar sifatida keng foydalaniladi.
8.Badiiy gimnastika mashqlari harakatlaming yaxlitligi, joʼshqinligi va raqs tabiatliligi bilan tavsiflanadi. Ular harakatlarda egiluvchanlik, yerkinlik va nafosatni tarbiyalash vositasi boʼlib xizmat qiladi.
Gimnastika mashqlarini oʼrganishdan maqsad har qanday pedagogik jarayon singari, harakat koʼnikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun shugʼullanuvchilarning oʼqituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir.
Gimnastika mashqlarini oʼrgatish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal yetiladi:
-shugʼullanuvchilarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi uchun ahamiyatli boʼlgan harakat koʼnikmalarini shakllantirish;
-kuch, tezkorlik, qayishqoqlik, yepchillik, chidamlilik singari jismoniy hislatlarni tarbiyalash;
Kasbiy - pedagogik koʼnikmalarni (maxsus oʼquv yurtlari talabalarida) shakllantirish.
Gimnastika mashqlarini oʼrgatish jarayonida hal yetiladigan alohida vazifalar har bir konkret holda harakat tuzilishini,uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va oʼquvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi.
Gimnastika mashgʼulotlarida oʼzlashtiriladigan mashqlar xilma-xil boʼlib, ular gavda alohida qismlarining oddiy harakatlari, sodda, turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan) to jismoniy va harakat qobiliyatlarini maksimal ishga solish bilan bogʼliq boʼlgan murakkab harakat faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda qoʼllarni ikki yonga uzatib tayanish- chalishtirish, turnikdagi yoki erkin mashqlardagi uchlama salto) harakatlarini oʼz ichiga oladi. Shuning uchun baʼzi bir mashqlarai oʼrganish oson koʼchadi. Bu mashqlarni oʼzlashtirib olish uchun ularning bajarilishini koʼrish yoki nomlarini eslab qolishning oʼzigina kifoya qiladi. Boshqa mashqlarni oʼrganish yesa uzoq muddat mashq qilish bilan bogʼliq boʼladi.
Konkret gimnastika mashqini oʼrgatishni shartli suratda oʼzaro nihoyatda bogʼliq boʼlgan uch bosqichga boʼlish mumkin.
Birinchi bosqich - harakat haqida umumiy dastlabki tasawur hosil qilish (boshlangʼich taʼlimot)dan iborat boʼlib, bunday tasavvur har qanday harakat faoliyatini ongli oʼzlashtirish zaminida yotadi. Yangi harakat (uning shakli, koʼlami, taʼsir yoʼnalishi, alohida holatlari va hokazolar) toʼgʼrisidagi dastlabki maʼlumotlar va oʼquvchi xotirasida jamlangan harakat tajribasi natijasida boʼlajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini taʼminlovchi umumiy bogʼlanishlar qaror topadi.
Ikkinchi bosqich - bevosita harakat texnikasi asoslarini yegallash (mashqni juda puxta oʼrganish). Bu bosqichda oʼqituvchi bilan oʼquvchining birgalikda faol ishlashi natijasi oʼlaroq mashq haqidagi tasavvur aniqlanadi, xatolarga barham beriladi, mashqlarni qattiq nazorat ostida mustaqil bajarish taʼminlanadi.
Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini muqarrar avtomatlashtirilgan koʼnikma darajasiga yetkazib, shu tufayli shugʼullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajarib yura oladi.
Mashqni oʼrgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat oʼzlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga; ilgarigi mashqdagiga oʼxshash detallari bor, texnikasi murakkabroq mashqlarni bajarishga; ijro sharoitini oʼzgartirishga, masalan, boshqa mashqlar bilan birlashtirib bajarishga qaratilishi mumkin.
Gimnastika mashqlarini oʼrgatishning uslubiy usullari nihoyatda xilma-xil. Quyidagilar eng samarali va oʼrgatish tajribasida koʼp foydalaniladigan usullar qatoriga kiradi.
Harakat texnikasi haqidagi tasavvurni hosil qiladigan va aniqlaydigan usullar:
-oʼqituvchining oʼquvchilar bilan nutq orqali munosabatda boʼlishini soʼzlab berish, suhbatlashish, tushuntirish, muhokama qilish va boshqa shakllari har bir soʼz aniq va obrazli, iboralar yesa qisqa va tushunarli boʼlgan vaqtidagina ancha samarali va taʼsirli chiqadi; shunday holda oʼqituvchi bevosita yangi mashq oʼrganish oldidan tayyorgarlik ishini muvaffaqiyat bilan oʼtkazishi hamda oʼrgatish jarayonini boshqara olishi mumkin;
koʼrgazmali qurollar (konturogrammalar, jadvallar, kinokoltsovkalar, odamgavdasining yassi simdan yasalgan va boshqa modellari, multiplikatsion rasmlar va hokazolar);
koʼrsatish, namoyish qiluvchi kishi mashqni bajarib koʼrsatish, turlimoʼljallardan foydalanish lozim;
mashq texnikasi elementlarini grafik tasvir koʼrinishida modellashtirishketma - ket harakatlarni sportchi gavdasi modelida qayta tasvirlab koʼrsatish, harakat texnikasini ogʼzaki yoki yozma tasvirlab berish, texnika vositalari yordamida harakatning ayrim parametrlarini qayta tasvirlab koʼrsatish - bu oʼquvchi faoliyatini faollashtiradi va oʼrgatishning asosiy vazifasi boʼlgan harakat koʼnikmasi shakllanishini hal qilishga yordam beradi.
Koʼmaklashish va ehtiyotlash usullari. Oʼqituvchining oʼquvchiga koʼmaklashishining xilma- xil usullari bor. Masalan, mashq ijrosi paytida nima qilishni aytib turish, harakat vazifasining nati-jasi yoki bajarish usuli haqida oldindan yoʼl- yoʼriq koʼrsatish va hokazolar.
Koʼmaklashish va ehtiyotlash usullarining maxsus bir guruhi oʼqituvchi bilan oʼquvchining birgalikdagi faoliyati vaziyati bilan bogʼliq. Masalan, oʼquvchi harakat vazifalarini amalda bajarish-ga kirishar yekan unga xatoni tuzatish, texnika detallarini aniqlash yoki xavfsizlikni taʼminlash uchun jismoniy koʼmak zarur boʼladi. Shu maqsadda oʼqituvchi alohida bir turish holatini qayd etishda, harakatlar ketma - ketligini bafurja takrorlashda, mashqni yaxlit taqlid qilib chiqishda oʼquvchiga yordam beradi. Bunda oʼqituvchi oʼquvchining harakatini sekinlatib, sunʼiy qarshilik hosil qiladi, ehtiyotlashni taʼminlab turadi.
Oʼrgatish vaqtida bu usullarni qoʼllanish samaradorligi koʼp ji-hatdan oʼqituvchining qobiliyatiga bogʼliq boʼlib, u ayni shu paytda zarur boʼlgan eng yaxshi usulni, oʼquvchining qaysi tomonidan turishni va birgalikdagi faoliyati usulini tanlay bilishi kerak. Shuning uchun oʼqituvchi oʼzining amaliy faoliyati davomida hamma usullarni maxsus oʼrganib, takomillashtirib borishi kerak.
Qoʼshimcha moʼljallar qoʼllanishi avvalo yangi gimnastika mashqlaming oʼzlashtirishni osonlashtiradi. Bunday moʼljallar harakat parametrlari haqidagi tasavvurni aniqlashtirib, harakat faoliyatini toʼgʼri bajarishga, bajarilgan harakat natijalarini aniq baholashga yordam beradi.
Koʼrinadigan moʼljallar sifatida, odatda, quyidagilardan foy-dalaniladi: snaryadlarning ayrim qismlari, oʼquvchi gavdasining ayrim qismlari, tabiiy oriyentirlar (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi buyumlar), qoʼshimchabuyumlar (toʼplar, tayoqchalar, argʼamchi va hokazolar), shuningdek, maxsus chizilgan (masshtabli va oddiy) belgilar.