Atmosfera holati o'zgarishi bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish



Yüklə 38,89 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü38,89 Kb.
#167642
  1   2   3
Atmosfera holati o\'zgarishi bilan bog\'liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish


Atmosfera holati o'zgarishi bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish

Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb yuritiladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.


Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining buyruq va topshiriqlari asosida ish olib boradi.
Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining barcha tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya epidemologiya nazorati, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l Harakati Xavfsizligi boshqarmasining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi jamoat tashkilotlari va aholi bilan o‘zaro aloqada bo‘lib ularga metodik yordam beradi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi inspektorlarning ishlarini birgalikda tashkil qiladi va amaliy yordam beradi.

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi xalqaro kelishuvlar O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokolida ko‘rsatib o‘tilgan ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi majburiyatlarini bajarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi BMTning «Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Vena Konventsiyasining tarafi hisoblanadi. Vena Konventsiyasini imzolash orqali O‘zbekiston Respublikasi quyidagi majburiyatlarni qabul qildi:
– ozon qatlamining holatini tizimli muntazam kuzatish va boshqa tegishli parametrlar;
– ozon qatlamining holatini o‘zgartirish yoki o‘zgartirish imkoniyatini yaratib, ushbu faoliyat salbiy ta’sirga ega ekanligi aniqlansa, o‘z yurisdiktsiyasiga kiradigan inson faoliyatini nazorat qilish, cheklash, kamaytirish yoki oldini olish uchun tegishli qonuniy yoki ma’muriy choralar ko‘rish;
– Ushbu Konventsiya protokol va ilovalarni amalga oshirish uchun kelishilgan chora tadbirlar, protseduralar va standartlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish;
– Ushbu Konventsiya va protokollarni samarali bajarish maqsadida vakolatli xalqaro organlar bilan hamkorlik qilish.
«Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risida»gi Vena Konventsiyasi ko‘p tomonlama ekologik kelishuvdir. 1985 yilda Vena konferentsiyasida kelishib olindi va 1988 yildan kuchga kirdi, bu ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha xalqaro harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoli ozon qatlamini iste’mol qilishni cheklash orqali ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Vena konventsiyasiga oid xalqaro protokoldir.
Monreal protokoliga ko‘ra, quyidagi tuzatishlar imzolandi va ratifikatsiya qilindi: London (10 iyun 1998 yil), Kopengagen (10 iyun 1998yil),Moneal (31 oktyabr 2006 yil), Pekin(31oktyabr 2006 yil).





Yüklə 38,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin