Atmosfera yer yuzida yashovchi tirik organizmlarni kislorod va boshqa zaruriy gazlar bilan ta’minlaydi, turli ultrabinafsha nurlardan, samodagi meteorit zarrachalaridan va haroratning keskin o’zgarishidan himoya qiladi. Atmosfera Yer sharida o’ziga xos termoregulyator vazifasini ham bajaradi, ya’ni agarda atmosfera havosi bo’lmaganda edi, yer yuzasi kechalari – 170°S sovib, kunduz kunlari +150°S gacha isib ketardi, ya’ni Yer ham xudi oy kabi hayotsiz planetaga aylanardi. Kislorod o’simliklarning fotosintezi natijasida hosil bo’ladi. Hayotda barcha tirik mavjudodlar kislorod bilan nafas oladi. Uning miqdorini kamayishi inson organizmi funksiyasini buzilishiga sabab bo’ladi, hatto o’limgacha olib kelishi mumkin. Masalan inson suvsiz, oziq-ovqatsiz bir-necha kun xattoki oylab yashay olsa, atmosfera havosisiz esa bin-necha minutgina yashay oladi. Inson va boshqa tirik mavjudodlar organizmi mavjud havoga, moslashgan hayot uchun zarur hisoblangan havo qatlami atmosferaning pastki, ya’ni troposfera qismida joylashgandir.