Atmosvera havosining doimiy tarkibi


Havo va uning organizm uchun ahamiyati



Yüklə 28,34 Kb.
səhifə2/3
tarix31.01.2023
ölçüsü28,34 Kb.
#81925
1   2   3
Atmosvera havosining doimiy tarkibi

Havo va uning organizm uchun ahamiyati
Havo — atmosferadagi gazlarning aralashmasi bo'lib, balandlikning
o'zgarishiga qarab uning tarkibi ham o'zgarib turadi. Havo organizmlar
uchun yashash muhitigina bo'lib qolmasdan, balki ekologik oqsil sifatida
ham uning ahamiyati beqiyosdir. Atmosferadagi havo tarkibida 78,1 %
azot, 21 % kislorod, 0,9 % aigon, 0,03 % uglerod oksidi bo'ladi. Bulardan
tashqari, oz miqdorda neon, geliy, krepton, kselion, ammiak, vodorod
radiy ham tony kabi radioaktiv moddalar qoldig'i, shuningdek, har xil azot
oksidlari, xlor va boshqa elementlar bor. Havoning quyi qatlamlarida 0,2 —
4,0 %gacha suv bug'i bo'lib, shuning 9/10 qismi 5 km balandlikkacha
bo'lgan pastki qismida uchraydi. Havoning quyi qatlamlarida gazsimon
tabiiy zarrachalardan tashqari tabiiy aralashmalar ham uchraydi. Ular
chang va tutunlar, qurum, ba'zan dengiz tuzlarining kristallari, har xil organik
zarrachalar bo'lishi mumkin.
Havo tarkibidagi gazlar orasida kislorod muhim ahamiyatga ega. U
barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun kerak. Atmosferada taxminan
1015 tonna kislorod bor. U organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog',
uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirishi uchun zarur
bo'lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi. Tabiatda sarflangan kislorod
o'rnini yashil o'simliklar to'ldirib turadi.
Uglerod (IV) oksidi tabiatda katta ahamiyatga ega bo'lib, u yashil
o'simliklarning oziqlanishi uchun zarurdir. Shuningdek, u boshqa issiqxona
gazlari bilan birgalikda yerning issiqlik balansini tartibga solib turadi.
Uglerod (IV) oksidi deyarli doimiy bo'lib, faqatgina yirik shaharlarda
uning miqdori ortiq bo'lishi mumkin.
Azot elementi havoning tarkibida ko'p bo'lishiga qaramay, uni organizmlar
to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtira olmaydi. Organizmlar uni faqatgina
azot birikmalari holida o'zlashtirishi mumkin. Biroq havodagi erkin azot
tuganak bakteriyalar, azotabkteriyalar, aktenomitsidlar va ko'k-yashil
suvo'tlari uchun ozuqa manbayi bo'lib xizmat qiladi. Havoning tarkibidagi
sulfit angidrid, azot oksidlari, galogen vodorodlar, ammiak va boshqalar
zararU moddalar hisoblanib, uning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Havodagi
ana shunday zaharli moddalarni yutgan o'simlik barglari, hujayralari
o'la boshlaydi. Daraxtlaring suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari
to'kiladi. O'simlikning uchki shoxlari esa quriydi.
Havo tarkibidagi turli xil gazlar miqdorining ortib ketish hollari
dunyoning turli nuqtalarida turli darajadadir. O'zbekiston shahar va qishloqlarining
deyarli hamma joyida ham havoning ifloslanish darajasi sanitariya
talablariga javob bermaydi. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda 1989-
yilda sanovat korxonalari tomonidan havoga 1337 ming tonna, avtotransportlardan
2,2 mm tonna zaharli chiqindi moddalar ajralib chiqqan. Toshkent, Andijon, Samaiqand, Qo'qon, Navoiy, Olmaliq, Chircbiq, Farg'ona
va boshqa shaharlaida ifloslanish darajasi juda yuqori bo'lib qolmoqda.
Samaiqand shahari doirasida o'nlab korxonalar chiqindilari havoni
ifloslantirishda qatnashmoqda. Ulaiga «Kimyo zavodi», «KpacHHft flBHra-
Tam>, «Nafis», paxta tozalash zavodlari, mebel fabrikasi va boshqalar kiradi.
Shahar havosining ifloslanishida avtomashinalarning hissasi salmoqli
bo'lib, ular shahar havosi ifloslanishini 70-80 %ni tashkil etadi
(A.Raxmatullayev, X.Xusayenov, 1998). Yu.V.Novekov va Beknazarovlarning
yozishicha avtomobillar havoga 200 dan ortiq turli aerazol zarrachalarni
chiqaradi.
Avtomobillar ko'p yuradigan katta ko'chalar atrofida uglerod oksidining
miqdori ruxsat etilgan me'yordan (REM) 2 - 3 marta, azot oksidi 2 — 2,5
marta ortiqligi kuzatilgan. Shaharda A.A.Rudakiy, Yu.A.Gagarin, Y.Oxunboboyev,
«Universitet hiyobomV, A.Ikromov, ATemur, Sh.Rashidov,
V.Abdullayev ko'chalarida gazlar bilan ifloslanish juda kuchli.
Qishloq joylarda esa ekin maydonlarining o'ta «nashavand» bo'lib
qolganligi, ya'ni yerga haddan tashqari mineral o'g'itlar va 70 ga yaqin
turli xil kimyoviy moddalar (gerbitsid va pistitsidlar)ning ishlatilganligi
havoning buzilishiga olib keldi.
O'sirnliklarning havodagi turli zaharli moddalarga nisbatan sezgjrligi turlichadir.
Masalan, sebarga sulfid angidridga, lola va gladiolislar vodorod ftoridga,
mox, lishayniklar va ba'zi zambrug'lar CO2, HF, HC1 larga nihoyatda sezgirdir.
Shubhasiz, o'simliklar havoni ma'lum darajada tozalaydilar. Havoning
harakati — shamol ham ekologik omil sifatida organizmlarga katta ta'sir
ko'rsatadi. Chunonchi, shamol ta'sirida o'simliklarda suv bug'lanib turadi,
havoda gazlar oqimi, shu jumladan, uglerod (II) oksidi oqimi vujudga keladi.
Bir qism o'simliklarda changlaiiish bo'lib o'tadi, o'sirnliklarning sporalari,
urug' va mevalari yon — atrofga tarqaladi va hokazo.
Shamol ta'sirida hayvonlarda suv va harorat almashinuvi amalga
oshadi, kuchli shamollar ayrim hayvon pat va junlarini qalinlashuviga olib
keladi, ko'pgina hasharotlar (o'tloq kapalagi, choi chightkasi, bezgak
pashshasi va hokazolar) va mikroorganizmlar shamol yordamida migratsiya
qiladi, ya'ni tarqaladi. Ayrim qushlar va hasharotlar qanotining qisqaroq
bo'lishi yoki mutlaqo yo'qligi ham shamollar darajasiga bog'liq bo'ladi.
6. Tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar
Tabiatning eng ajoyib xususiyatlaridan biri uning mavsumiy o'zgarib
turishidadir. Yil davomida harorat, namlik va boshqa xil ekologik omillar
davriy o'zgaruvchanlikka egadir. Abiotik, ekologik omillaming mavsumiy
o'zgarishlari o'z navbatida tirik organizmlar hayot faoliyatiga katta ta'sir
ko'rsatadi. Har xil regionlarda hayot uchun qulay davr turlicha bo'ladi.
Haroratning pasayishi, vegetatsion davrning tugallanishi natijasida
ko'pchilik o'simliklarda moddalar almashinishi susayadi, o'simliklar baruni
to'kadi. Qishki tinim davri hasharotlarda, suvda ham quruqlikda yashovcbilarda, sudralib yuruvchilarda va boshqa hayvonlarda kuzatiladi.
Ko'pgina quslilar issiq mamlakatlarga migratsiya qiladi.
O'simlik va hayvonlarning o'sishi va rivojlanishi kun uzunligiga
bog'liqdir. Bu hodisa fotoperiodizm deyiladi. Fototoperiodizm — tirik organizmlardagi
fiziologik jarayonlar faolligining yorug' kun uzunligiga
bog'liqligidir. Fotoperiodizm o'shnliklardagi fotosintez jarayoniga ham
bog'liq. Kun uzunligining o'zgarishi yil davomida haroratning o'zgarishiga
ham bog'liq, shu tufayh kun uzunligi mavsumiy o'zgarishlar belgi omili
bo'lib xizmat qiladi. Kun uzunligiga javob reaksiyasiga qarab, o'simliklar

Yüklə 28,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin