Atom massasi nisbiy atom massasi


n(x)=N(X)/N(A) shuni e'tiborga olingki, N



Yüklə 49,11 Kb.
səhifə3/5
tarix26.04.2022
ölçüsü49,11 Kb.
#56368
1   2   3   4   5
Mavzu KIMYO111

n(x)=N(X)/N(A)

shuni e'tiborga olingki, N(x) - o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.



"Modda miqdori" so‘zidagi "modda" so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta'kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan Vodorod xlorid HCl miqdori, yoki Benzol C6H6 miqdori kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta'kidlab aytish muhim (Mol ta'rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi "miqdori" so‘zining asosiy lug‘aviy ma'nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni "modda miqdori" so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, "modda konsentratsiyaning miqdori" kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki "konsentratsiya miqdori" sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida, "modda konsentratsiyasi miqdori" nomi, "modda konstentratsiyasi"gacha qisqartirib olingan.

Atom og‘irligi – atom massalarining atom massasi birli-klarida ifodalangan nisbiy qiymati. Atom massasi ifodasini ingliz ki-myogari J.Dalton 19-asr boshida fanga kiritgan. 1961-yilda qabul qilingan nisbiy atom massalari birliklari shkalasiga asosan atom massasi birligi (atm.m.b.) uglerod izotopi atomi 12S massasining 1/12 qismiga teng. Xalqaro belgisi – U. Ele-mentar zarralar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar massasi birligi sifatida qo‘llaniladi. Atom massasi kimyoviy elementlarning eng muhim ko‘rsatkichidir. Kimyoviy elementlar atomlarining tuzilishi va xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari Atom massasi bilan o‘zaro bog‘liq. Bir kimyoviy element izotoplarining Atom massasi qiymati turlicha bo‘ladi. Izotoplar aralashma-sidan tashkil topgan elementlarning Atom massasi sifatida aralashma tarkibidagi izotoplarning protsent miqdorlarini hisobga olgan holda shu izotoplar Atom massasining o‘rtacha qiymati qabul qilinadi. Ushbu qiymatlar elementlar davriy sistemasida (massa soni keltirilgan transuran elementlar bundan mustasno) keltirilgan. Atom massasi turli fizik va kimyo-viy usullar bilan aniqlanadi; ulardan eng aniqrog‘i – mass-spektroskopiyadir. Bu usulda element ionlari nisbiy zaryadlarning qiymatlari, boshqacha aytganda, zaryad kattaligining ion massasiga nis-batan aniqlanadi. Buning uchun ionlarning elektr yoki magnit maydonida to‘g‘ri chiziqli harakatdan chetga chiqishi tek-shiriladi. Fizik usullardan yana biri yadro reaksiyasiga asoslangan. Bunda yadroda bo‘ladigan o‘zgarishlar natija-sida bir atom yadrosining ikkinchi atom yadrosiga aylanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Kimyoviy usullardan biri – elementning bir necha kimyoviy birikmalari mo-lekulyar massasini va bu birikmalarning kimyoviy tarkibini aniqlashga asoslangan. Atom massasini taqriban aniqlash usullari ham bor. Mas, ulardan biri Dyulong va Pti qoidasiga asoslangan; bu qoidaga ko‘ra, element Atom massasining o‘sha elementning solishtirma issiqlik sig‘imi (S)ga ko‘paytmasi o‘zgarmas miqdor bo‘lib, u taxminan 6,3 ga teng: AS~6,3.

Quyidagi jadvalda, yer sharoitida mavjud elementlarning, shuningdek, sun'iy usulda olingan elementlarning ham nisbiy atom massalarining tavsiya etiladigan qiymatlari keltirilgan. Ko‘plab elementlarning atom massaslarining qiymatlari, natijaviy moddaning kelib chiqishi yoki, uning qayta ishlash usuliga bog‘liq. Shu sababdan, "izoh" ustunida quyidagi harfiy belgilar qo‘llanildi:

"a" harfi bilan - kelib chiqishi turlicha bo'lgan moddalardagi izotop tarkibining turlicha ekanligi sababli, nisbiy atom massasining yanada aniqroq o‘rnatish uchun qiyinchilik tug‘diradigan moddalar; jadvaldagi shunday belgi bilan izohlangan barcha elementlar uchun keltirilgan qiymatlarni, kelib chiqishi yerga oid bo'lgan barcha moddalar uchun tadbiq etish mumkin;


Yüklə 49,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin