Atom tuzilishi


Atomlarda elektron bulutlarning strukturasi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə8/8
tarix28.09.2023
ölçüsü200,5 Kb.
#150344
1   2   3   4   5   6   7   8
ATOM TUZILISHI

Atomlarda elektron bulutlarning strukturasi.
Energiyaning minimumga intilish (afzallik) prinsipi.
Energetik pogonachalari yacheykalarining elektronlar bilan to'lishi ideal tartibda, ya'ni yadroga yaqin orbital oldin, yadrodan uzoqdagi orbital keyin tulganday bo'lib kurinadi. Masalan:
1s 2s 2p 3s3p3d 4s4p4d4f va xokazo.
Lekin, amalda, spektroskopik analiz, ximiyaviy va rentgenoskopik ma'lumotlarga kura boshqacha tartibda joylashishi aniqlangan, ya'ni elektronlar minimal energiya zapasiga ega bo'lishga, yadro bilan maksimal bog'lanishda bo'lishga intiladi, buni energiyaning minimumga intilish (afzallik) prinsipi deyiladi. Bu prinsipga kura agar pastki pogonadagi (yadroga yaqin) energiyasi kichik bo'lgan energetik yacheyka bush bulsa, energiya zapasi kichik bo'lgan elektronga yuqori energetik pogonada urin yuk, ya'ni ular yacheykalarda kuyidagi tartibda to'lib boradi:



11-rasm. Energetik pogonalarda atom orbitallar energiyasi

Bu pogonachalar gruppalari D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasiga tugri keladigan davr ichidagi orbitallarni elektron bilan to'lishish tartibini ifodalaydi. Pastidagi sonlar (2, 8, 18, 32) esa shu davrdagi element atomi orbitallarini to'lishidagi elektronlar sonining yigindisidir.
Yukoridagi formo'ladan va kuyidagi rasmdan kurinib turibdiki, 3r pogonachadan keyin orbitallarda elektronlarning tartibsiz joylashishi kuzatiladi, ya'ni 3r pogonachadan keyin 3d-orbital tulmasdan 4s-orbital to'ladi. Buning sababi shundaki, argonning elektron konfigurasiyasiga ega bo'lgan 4s- va 3d- elektronlarni atom yadrosida bir xilda ekranlashmaganligidir.
4s-orbital atom yadroga utuvchi, shuning uchun u ichki elektronlar bilan kam utuvchan 3d-orbitalga qaraganda kam darajada ekranlashgan bo'ladi.
4s-elektronlarni kam ekranlanishi ularning yadro bilan mustaxkam bog'lanishda bo'lishini, 3d-elektronlarning ekranlanishining kuchayishi, ularning stabilligini kamaytiradi. Natijada 4s-elektronlar 3d pogonachadagi elektronlarga nisbatan kam energiya zapasiga (energetik kulay sharoitga) ega bo'ladi. Birok ular energetik pogonada bir-biridan kam farq qiladi. Elekron energiyasi kam farq qiladigan pogonachalar orbitallarini konkurent pogonachalar deyiladi (yuqoridagi formo'lada kavs ichida berilgan).
Xar bir pogona orbitallari bosh va orbital kvant sonlari yigindisining (n+1) ortib borishi tartibida to'lib boradi. (V.M.Klechkovskiy koidasi). Agar bosh va orbital kvant sonlar yigindisi bir xil bo'lgan turli pogonachalar bulsa, oldin bosh kvant soni kichik bo'lgan pogonacha, keyin orbital kvant soni katta bo'lgan pogonacha to'ladi.
Yukorida aytib utilganidek, D.I.Mendeleyev davriy sistemasining xar bir davr elementlarining tashki qavati ns2 yoki ns2np6 elektronlar bilan to'ladi. Kup elektronli atomlarning elektron qavatlari Klechkovskiy koidasiga muvofiq ravishda to'lib boradi. Demak, ayrim pogonadagi elektronlarning maksimal soni kuyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Nmak = 2Nn = 2n2
bu yerda: Nmak -pogonadagi mumkin bo'lgan elektronlarni maksimal soni,
Nn-orbitalning umumiy soni, n-bosh kvant soni.
Shunday qilib, birinchi kvant pogona K -qavatda (nq1) 2 ta, L-qavatda (nq2) 8 ta, M-qavatda (nq3) 18 ta va N-qavatda (nq4) 32 ta elektron bo'ladi.
Tayanch iboralar:
1. Atom
2. Katod nurlari
3. Rentgen nurlar
4. Radioaktivlik
5. Yarim yemirilish davri.
Nazorat savolari:
1. Kumush, osmiy, simob, vismut elementlarini elektron formo'lalarini yozing
2. Pauli prinsipi, Xund koidasi
3. Yadro massasining defekti
4. Sun'iy yadro reaksiyalari
5. Kvant nazariyasi
6 Atomlarning elektron formo'lalari
7. Bosh kvant soni
8. Orbital kvant soni
9. Magnit kvant soni
10. Spin kvant soni
Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin