Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Ekvivalent doza. Kishi organizmiga nurlanishlarning ta‟siri nafaqat yutilgan 
energiya bilan, balki ionlashtiruvchi nurlanishlarning birlik masofada hosil qilgan 
ionlar jufti soni, ionlashish zichligi bilan ham aniqlanadi. Ya‟ni ionlashtiruvchi 
zarraning moddada birlik masofada hosil qilgan ionlar jufti miqdori bilan ham 
aniqlanadi. Turli xildagi radioaktiv nurlanishlarning biologik ta‟sirini baholash 
uchun nisbiy biologik effekt koeffitsienti (η) ishlatiladi. Bu koeffitsient gamma-
nurlanish va berilgan biror xil nurlanishning modda yutgan energiyalari teng 
bo‟lganda berilgan nurlanishning biologik ta‟siri gamma-nurlanishning biologik 
ta‟siridan necha marta kuchli ekanligini ko‟rsatadi. Namuna qabul qilgan doza 
ekvivalent doza deyiladi. Ekvivalent doza kishilarning surunkali nurlanishining 
radiatsion xavfini baholash uchun kiritilgan.
Ekvivalent doza (D
ekv
) alohida turdagi nurlanishlarning yutilgan dozalarining 
(D
i
) har bir nurlanishga tegishli bo‟lgan nisbiy biologik effekt koeffitsientlariga 

i
) ko‟paytmalarining yig‟indisiga teng, ya‟ni: 

Ekvivalent dozaning (
) birligi sifatida rentgenning biologik ekvivalenti 
ber qabul qilingan (бер-биологический эквивалент рентгена).


Ber-
rentgen yoki gamma-nurlarning 1 rad yutilgan dozasi beradigan biologik 
ta‟sirga teng bo‟lgan biologik ta‟sirni beradigan har qanday nurlanishning 1 g 
moddada yutilgan energiyasidir.
СU sistemasida ekvivalent doza birligi sifatida Zivert (Zv) qabul qilingan. 
Zivert-1 kg biologik namunada yutilgan har qanday nurlanishning energiyasi 
bo‟lib, uning hosil qiladigan biologik effekti (ta‟siri) rentgen yoki gamma-
kvantlarning 1 Grey yutilgan dozasi hosil qiladigan biologik effektga teng 
bo‟lgandagi ekvivalent doza birligidir.
 
 
Quyidagi jadvalda turli xildagi nurlanishlar dozasining biologik ekvivalentlari 
keltirilgan 
Nurlanish turi 
Nurlanish turi 
𝛾-nurlanish 

Neytronlar (20 keV) 

Rentgen nurlanishi 

Neytronlar (100 
keV) 

𝛽-nurlanish 

Neytronlar (1 MeV) 
10,5 
𝛼-nurlanish (≤10MeV) 
10 
Neytronlar (5 MeV) 

Protonlar (10 MeV) 
10 
Neytronlar (10 MeV) 
6,5 
Og‟ir tepki yadrolar 
20 
Neytronlar (5 keV) 
2,5 
Issiq netronlar 

Jadvalda ko‟rsatilgan nurlanishlar va gamma kvantlar energiyalari moddada 
bir xil kattalikda yutilganligida 
-ning jadvalda keltirilgan qiymatlari to‟g‟ri 
bo‟ladi. Ekvivalent doza quvvati Zv/sek birlikda o‟lchanadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin