Atomlarning chiziqli spektrlari. Bor pastulatlari


MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə6/13
tarix02.01.2022
ölçüsü140,5 Kb.
#46416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
10-amaliy mash. 7be8409d81943121fd4e6aea6ba5308a

MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR

26. De-Broyl to‘lqin uzunligi Nuklonning o‘lchami bilan bir xil, d=10-15 m bo‘lgan protonning kinetik energiyasi (MeV) larda qanday bo‘lishi kerak? Proton massasini tezlikkaga bog‘liqligi e`tiborga olinsin.

27. Zaryadlangan zarrachaning tezligi yorug‘lik tezligini 0.8 ga va De-Broyl to‘lqin uzunligi =10-15 m teng. Uning tinch holatdagi massasi topilsin. U qanday zarracha?

28. Qo‘zg‘atilmagan vodorod atomida elektronni radiusi r=0.053 nm. Bor nazariyasidan foydalanib birinchi orbitada harakatlanayotgan elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi va uning chiziqli tezligini toping.

29. Elektron nur dastasi =30о burchak ostida monokristallning tabiiy qirrasi yuzasiga tushmoqda. Kristallning panjara doimiysi d=0.24 nm. Tushish burchagiga teng bo‘lgandagi qaytish burchagida elektronning maksimal sochilishi qanday (minimal) eng kichik tezshaltiruvchi potensialda sodir bo‘ladi? (Elektronning tezligi ortganda massasini o‘zgarishi e`tiborga olinmasin).

30. Nikel kristallini sirtiga =60о burchak ostida bir-biriga parallel bo‘lgan elektron nur dastasi tushmoqda. Agarda birinchi tartibli interferension qaytish hosil bo‘layotgan bo‘lsa, tushayotgan elektronlarning tezlgini toping. Kristallning panjara doimiysi d=0.24 nm. (Elektron massasini tezlikka qarab o‘zgarishi e`tiborga olinmasin).

31. Issiqlik neytronlari (Т=300 К) uchun De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin. neytronning kristall bilan ta`sirlashishida to‘lqin xususiyatlari e`tiborga olish kerakmi? Kristallda atomlar orasidagi masofa d=0.5 nm.

32. Kislorod molekulalari va radiusi r=0,1 mkm va zichligi =2000 kg/ м3bo‘lgan zarrachalarning De-Broyl to‘lqin uzunligi =100 nm bo‘lsa bu molekula va zarrachadagi elektronning kinetik energiyasi topilsin.

33. Potensiallar farqi U=40 кV bo‘lgan trubkada hosil bo‘ladigan rentgen nurlarining to‘lqin uzunligi De-Broyl to‘lqin uzunligiga teng bo‘lgan protonning kinetik energiyasi topilsin.

34. Elektron nur dastasi nikel monokristalini sirtiga normal ravishda tushmoqda. Kristall sitriga o‘tkazilgan normal bilan =55о hosil qilgan burchakda elektronlarning tezligi =8 Мм/s bo‘lgan qaytgan elektronning to‘rtinchi tartibli maksimumi kuzatilmoqda. Bu qaytishga mos keluvchi tekisliklar orasidagi masofa topilsin.

35. U=10 kV tezlashtiruvchi potensialdan o‘tgan ingichka elektron nur dastasi yupqa polikristall alyumin folgadan o‘tib ekranga difraksion manzarani hosil qilgan. Kristall sitridan qaytgan uchinchi tartib radiusi r=1.6 sm halqaga mos keladi. Folgadan elektrongacha bo‘lgan masofa l=10 sm. alyuminning kristall panjara doimiysi d - topilsin.

36. Ingichka neytron nur dastasi alyumin monokristallini tabiiy qirrasiga =5о burchak ostida tushmoqda. Shu qirraga parallel bo‘lgan atom tekisliklarini orasidagi masofa d=0.20 nm. Shu yo‘nalishda birinchi tartibli maksimum hosil qiluvchi neytronlarning energiyasi hisoblansin.

37. Eni a=1 mkm bo‘lgan ingichka tirqishga tezligi =3.65 Mkm/s parallel elektron nur dastasi yo‘naltirilgan. Elektronni to‘lqin xususiyatlarini nazarda tutib. Difraksion manzarada birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa X - topilsin. Tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa L=10 sm.

38. Kengligi v=0.10 mm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli ingichka tirqishga diafragramaga normal yo‘nalishda monoenergiyali elektronlar nur dastasi tushmoqda. Tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa l=50 sm va markaziy difraksion manzaraning kengligi x=8.0 mkm bo‘lsa, elektronlarning tezligi topilsin.

39. Potensiallar farqi U=25 V gacha tezlishtirilgan parallel elektron nur dastasi ikki tirqishli to‘g‘ri burchakli diafragramaga tushmoqda. Tirqishlar orasidagi masofa d=50 mkm. Tirqishdan l=100 sm masofa bo‘lgan ekranda hosil bo‘ladigan difraksion maksimumlar orasidagi masofa x - topilsin.


Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin