Vorislikning patriarxal udumi Yer, boyliklar va boshqa mulklar oilada doimo otadan o'g'ilga yoki nabiraga beriladigan udum.
Xavfli kimyoviy moddalar Alangalanuvchanligi yoki portlovchanligi sababli zararli ta'sir ko'rsatuvchi yoki terini, o'pkani shikastlantiruvchi (konsentrlangan kislotalar yoki ishqorlar kabi) yoxud organizm himoya tizimini allergik reaksiyalariga sabab bo'luvchi kimyoviy moddalar. Xavfli chiqindilarga qarang.
Xavfli chiqindilar/Zaharli chiqindilar Inson sog'lig'i yoki atrof muhitga zarar yetkazuvchi har qanday chiqindilar. Eng xavfli chiqindilar hosil qiladigan moddalar: o'yuvchi smolalar, mishyak, qo'rg'oshin va simob birikmalari, organik erituvchilar, pestitsidlar va radioaktiv materiallar. Xavfli chiqindilarni zararsizlantirish va utilizatsiyalashning bir necha usullari ishlab chiqilgan, ular xavfsizlik darajasi va zarur xarajatlarga ko'ra farqlanadi. Bu usullar - chiqindilarni ko'mish, yoqish va biologik organizmlar bilan zararsizlantirishdir. Eng ko'p qo'llaniladigan usul - chiqindilarni yerga yoki dengizga ko'mish bo'lib, kamxarjligi sababli rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Xavfli chiqindilar uzoq vaqt davomida xavf tug'dirishi mumkin. Ko'milgan chiqindilar tarkibidagi turg'un kimyoviy birikmalar yer usti va yer osti suvlarini hamda tuproqni ifloslantirishi, shuningdek, tarkibidagi zaharli moddalar tufayli butun tirik organizmlarga xavf solishi mumkin. Agar chiqindilarni yetarli darajada qayta ishlansa, ularni zararsizlantirish mumkin. Biroq, eng maqbul yechim ularni hosil bo'lishini kamaytirishdir. Xavfli kimyoviy moddalarga qarang.
Xat orqali do'stlar Xat orqali paydo bo'lgan va davom etayotgan do'stlik. Dunyodagi ko'plab odamlar bu mashg'ulotni o'z sevgan mashg'ulotlariga (xobbiga) aylantirishgan va masofalarning uzoqligi va pochta xizmati muammolariga qaramasdan boshqa odamlar bilan do'stlashish imkoniga egalar.
Xatarlarni boshqarish Xatarlarni boshqarish - kundalik turmushimiz bilan bog'liq xatarlarni aniqlash, baholash va oldini olishdir. Masalan, ko'pincha ochiq havoda mashg'ulotlar o'tkazayotganda kutilmagan hodisalar sodir bo'lishi xavfi bo'ladi. Demak, xatarlarni boshqarish sinf xonasidan tashqarida mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirayotganda va tayyorlayotganda o'quvchilar xavfsizligini ta'minlashning muhim shartidir.