O`simliklar-ulug`vor ko`zagul,tillarang sug`uro`t,ajoyib bo`zbosh,sharq chinori,safsan xurmo,O`zbekiston chinniguli,Buxoro otostegiyasi,qora sirttan,Ugom badani,Qo`ng`ir qumuzum,qizil lola,oshlovchi totim ( sirka daraxti) oq parpi,nor kovrak,yovvoyi anor.
Hayvonlar-lochin,burgut,laylak,jayron,xongul,( Buxor bug`usi) sirtlon,Turkiston silovsini,ilvirs,qo`ng`ir ayiq,O`rta Osiyo qunduzi,Ustyurt qo`yi.
Tabiatshunoslik 4-sinf 120 bet 2020-yil
Mamlakatimiz kunchiqar tomoni baland tog`lar bilan qoplangan,baland tog` cho`qqisidagi qorlar yozda ham erimaydi.
Yulduz bizdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir.Yulduzdan taralayotgan nurlar 1 sekundda 300 000 km masofani bosib o`tadi.Nurning tezligi shunday katta bo`lsa ham,eng yaqin yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi,ba`zi yulduzlar esa 100 yilda yetib keladi.Ayrim yulduzlar oqish-ko`kimtir,ular qaynoq yulduz hisoblanadi.Bunday yulduz sirtidagi harorat +10 000 0 dan +100 000 0gacha.
Yulduzlar orasida sarg`ishlari ham bor,sirtidagi harorat +3000 0dan,+10 000 0gacha,qizg`ish tusdagilari + 2000 0 dan + 3 000 0gacha,bulutsiz osmonda 3000 tagacha yulduzni ko`rish mumkin,ko`rinadigan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz yulduzlar mavjud.Mirzo Ulug`bek ( 1394-1449) yulduzlarni o`rganish uchun Samarqandda maxsus rasadxona qurdirgan,rasadxonadagi asboblar yordamida yulduzlarni joylashish jadvalini tuzgan,yulduzlarni o`rganish natijalarini to`plab,alohida kitob yozgan,bu kitobda 1018 ta yulduz haqida yozilgan.
Quyosh Yerga nisbatan bir joyda turadi.Yer esa Quyosh atrofida aylanadi.Quyoshning diametri Yer sharinikidan 109 marta katta,massasi Yerdan 330 000 marta katta.Agar Quyoshni koptok deb tasavvur qilsak,Yer moshdek.Quyosh tunlari osmonda yog`du sochib turgan yulduzlardan biri.Yulduzlar osmonda qanday holatda bo`lsa,Quyosh ham shunday holatda bo`ladi.Quyosh sarg`ish rangli,o`rtacha kattalikdagi yulduz hisoblanadi.Yulduzlar bizdan nihoyatda olisda bo`lgani uchun,nuri bizga kelguncha bir necha o`n yil ketadi,quyosh esa bizga juda yaqin,uning nuri 8 minutda yetib keladi.Quyosh yerga eng yaqin bo`lgan yulduz.Quyosh yadrosida,marzazida harorat +14 000 000 0,sirti tomon harorat pasayib boradi,+ 6 0000 atrofida bo`ladi.Yerdan Quyoshgacha masofa 150 000 000 km ga yaqin.Faraz qisak,har sekundda 12 km yo`l bosadigan tezyurar raketa Yerdan Quyosh tomon uchsa 5 oyda yetib boradi.
Quyosh bepoyon olamga tinimsiz yorg`lik tarqatib turadi,bu yorug`likning bir qismigina bizgacha yetib keladi.Yedagi barcha mavjudod Quyosh yorug`ligi tufayli mavjuddir.Farazqilaylik,Quyosh birdan go`yib
bo`ldi.Hammo yoqni qorong`ulik bosadi,Oyning yorug`ligi ham yo`qoladi,chunki Oy o`zidan yorug`lik taratmaydi,u Quyosh nurini ko`zgu kabi bizga qaytaradi xolos.Yer yuzi tez sovub ketadi,hamma yoq qor-muzliklar bilan qoplanadi.Quyosh- Yerdagi hayot manbayidir.
Dostları ilə paylaş: |