3.Ba`zan ayrim so`zlar oxirgi tovushi aytilmasa ham,yoziladi: musht..
4.Yozuvlar faqat harflar ko`rinishida emas,balki turli belgilar va rasmlar shaklida ham bo`ladi.
5.Gap tugallangan fikrni bildiradi. Gapda so`zlar bir-biri bilan bog`lanadi.Gapning birinchi so`zi bosh harf bilan boshlanadi.
6.Atrofdagi tovushlarni yozuvda ifodalash uchun ishlatadigan so`zlarimiz taqlid so`zlar deyiladi.
7.Sahxs va narsalarning harakatini bildirgan so`zlar nima qildi?nima qildilar?nima qilyapti?nima qilyaptilar?nima qiladi? nima qiladilar? so`roqlariga javob bo`ladi.
8.Ixtiro-foyda keltiradigan yangilik,kashfiyot.Odamlar biror nimani o`ylab topib,yangi narsa yasasa,o`sha narsani ixtiro qilgan bo`ladi.
3-sinf Ona tili S.Fuzailov,M.Xudoyberganova,Sh.Yo`ldosheva 1.Takrorlash 2.Gap 3.So`z tarkibi 4.So`z turkumlariGapning maqsadga ko`ra turlari;darak,so`roq,buyruq,his-hayajon gap,gap bo`laklari,bosh va ikkinchi darajali bo`laklar,gapda so`zlarning bog`lanishi,asos va asosdosh so`zlar,so`z yasovchi va so`zlarni o`zaro bog`lovchi qo`shimchalar,ot,otlarda birlik va ko`plik,ot yasovchi qo`shimchalar,sifat,sifat yasovchi qo`shimchalar,son,fe`l,bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar,fe`l yasovchi qo`shimchalar.
Mashqlardagi ma`lumotlar-A.Navoiy 10-12 yoshidanoq ilk she`rlari bilan shoir va olimlarni hayratga soldi,1476-yil vazirlik vazifasidan iste`fo bergach,o`zining o`lmas asarlarini yaratdi,1501-yil 3-yanvarda Hirotda vafot etdi.Yomg`irdan so`ng uzoq vaqt suv tomchilari bo`ladi,bu tomchilar quyosh nur sochishi bilan turli ranglarda tovlanadi,kamalak ranglari doim bir tartibda:qizil,zarg`aldoq,sariq,yashil,havorang,ko`k va binafsharang.Mustaqillik maydonidagi arkaning uzunligi 150 metr,o`rta peshtoq qismi balandligi 12 metr,16 qator marmar ustunlardan iborat.Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Qodiriy,Cho`lpon,Tavallo,Fitrat,Avloniy kabilarning kitoblari bor.Taniqli haykaltarosh Gulsara Rajapova bolalar ijodiyot uyini tashkil qildi,Meksika,Gretsiya,Hindiston,Rossiya,Ispaniya,Misrda korgazmalari namoyish etilgan.Kenguru yer yuzidagi eng qadimiy va g`alati jonivor,katta
kenguru 2 metr,bolasi mitti,pushti rangli,yungsiz bo`ladi,mittivoy 6 oylik bo`lgach kuchuk bolasiday bo`ladi,oyoqlari uzun,o`n-o`n uch metrgacha sakraydi.Chigirtkalar to`da bo`lib,bir yerdan ikkinchi yerga uchganlarida bo`yiga to`qson,eniga sakson km kenglikdagi osmonni egallaydi,ekin maydoniga tushib qolsalar 5 million kishiga yetadigan donni yeydi,mushaklari yaxshi rivojlangan,shu mushak odamda bo`lsa 6 tonna yukni ko`tara olardi.
Dostları ilə paylaş: |