At&t bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup



Yüklə 42,75 Kb.
səhifə5/6
tarix29.04.2023
ölçüsü42,75 Kb.
#104924
1   2   3   4   5   6
loyiha ishi matni

float a[5];

  • int m[6];

  • bool b[10];

    1) a elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo`lgan, 5 ta elementdan tashkil topgan
    massiv. Indekslari esa 0 dan 4 gacha bo`lgan sonlar float a[5]; Massiv a[0] a[1] a[2] a[3] a[4] elementilari qiymati 4 -7 15 5.5 3
    2) m elementlari butun sonlardan iborat bo`lgan, 6 ta elementdan tashkil topgan
    massiv. Indekslari esa 0 dan 5 gacha bo`lgan sonlar.
    int m[6]; Massiv m[0] m[1] m[2] m[3] mas2[4] mas2[5] elementilari qiymati 2 -17 6 7 13 -3
    3) b elementlari mantiqiy qiymatlardan (true, false ) iborat bo`lgan 10 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 9 gacha bo`lgan sonlar.
    Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o`zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farq qiladi. Massiv elementiga murojaat qilish uning indeksi orqali bo`ladi.
    a[1] = 10; a massivining 1 – elementi 10 qiymat o’ zlashtirsin;
    cin >> a[2]; a massivining 2 – elementi kirtilsin; cout << a[3]; a massivining 3 – elementi ekranga chiqarilsin; Massivni e'lon qilishda uning elementlariga boshlang'ich qiymat berish mumkin va buning bir nechta usuli mavjud.
    1) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liq initsializatsiyalash. int k[5] = { 2, 3, 7, 8, 6}; Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning
    barcha elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan.
    2)O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liqmas initsializatsiyalash. int k[5] = { 2, 3, 7 }; Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning
    dastlabki 3 ta elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan.
    3)O'lchami ko'rsatilmagan massivni to'liq initsializatsiyalash.
    int k[] = { 2, 3, 7, 8, 6}; Shuni takidlash lozimki, agar massiv o'lchami ko'rsatilmasa, uni to'liq initsializatsiyalash shart. Bu xolda massiv o'lchami kompilyatsiya jarayonida massiv elementlari soniga qarab aniqlanadi. Bu yerda massiv o'lchami 5 ga teng.
    4)O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0
    berish: int k[5] = { 0 }; O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0 berish.
    Class:
    S ++ tilining ajoyib hususiyatlaridan biri standart amallarni yangi ma'lumotlar turlariga kullash imkoniyatidir. Masalan satrlani ulashni S1=S2 kurinishda belgilash ancha ulaydir. Bu amalni simvolli massivlarga yoki satrli konstantalarga qo’llashning iloji yo’q. Lekin S1 va S2 ni biror sinf ob'ektlari sifatida (masalan Stroka sinf) tavsiflansab ular uchun amalini kiritish mumkin bo’ladi. Amalni ma'lumotlarning yangi tipiga qo’llash uchun dasturchi “ operatsiya – funktsiya “ deb ataluvchi mahsus funktsiyani kiritishi lozim. Operatsiya – funktsiya ta'rifi qo’yidagicha. Qaytariluvchi_ma'lumot_tini operator operatsiya_belgisi
    (operatsiya-funktsiya-parametrlari-spetsifikatsiyasi)
    {operatsiya-funktsiya-tanasi-operatorlari}
    Kerak bo’lganda bu funktsiya operator prototipini kiritish mumkin. Qaytariluvchi-ma'lumot-tipi+operator operatsiya-belgisi
    {operatsiya-funktsiya-parametrlari-spetsifikatsiyasi}
    Misol uchun * amalni biror T sinfga tegishli ob'ektlarga qo’llash uchun qo’yidagicha funktsiya e'lon qilishi mumkin: T operator * ( Tx,Ty ) Bu usulda ta'riflangan operatsiya qo’shimcha yuklangan (inglizchasiga-overload) deb ataladi. Agar T sinf uchun yuqorida keltirilgan turdagi funktsiya e'lon qilingan bo’lsa, A*V ifoda operator (A,V) sifatida qaraladi. Sinf ob'ektlariga funktsiya-operatorni qo’llash uchun operatsiya-funktsiya yoki sinf kompanenta funktsiyasi yoki do’stona funktsiya bo’lishi, eki parametrlardan birortasi sinf tipiga ega bo’lishi kerak. Qo’yidagi misolda amalini satrlarga qo’llash usuli kursatilgan. Buning uchun len – satr uzunligi , ch-simvolli massivga ko’rsatkich parametrlardan iborat. Streko sinfidan foydalanamiz. Bu sinfda ikki konstruktor mavjuddir. Birinchisi yaratilaetgan ob'ekt uchun hotiradan satr sifatida joy ajratadi. Ikkinchisi haqiqiy parametr asosida ob'ekt yaratadi. Sinfdan tashkarida operatsiya-funktsiyani qo’yidagicha S bilan aniqlaymiz: Strka & operator + (stroka & A, stroka & B), Bu operatsiya-funktsiya ‘+’ amalini stroka sinfiga tegishli ob'ektlarga qo’llash uchun ishlatiladi. Funktsiya operatsiya tanasi asosiy dasturdan keyin keltirilgan, shuning uchun asosiy dasturda bu funktsiyaning prototipi joylashtirilgan.

    Yüklə 42,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin